1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini predmetstrreplA



Yüklə 487,15 Kb.
səhifə6/92
tarix07.01.2024
ölçüsü487,15 Kb.
#209417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasin-fayllar.org

1.Talimi
2. Tarbiya
3.Amaliy
Talimiy maqsad 3 ga bo’linadi
  1. O’quvchilarga ma’lum bir dastur asosida matematik bilim berish.


  2. O’quvchilarning og’zaki va yozma matematik bilimlarini shakllantirish


  3. O’quvchlarni matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga o’rgatish




Tarbiyaviy maqsad
  1. O’quvchilarda ilmiy dunyo qarashni shakllantirish


  2. O’quvchilarning matematikaga qiziqishlarini tarbiyalash


  3. O’quvchlarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni shakllantirish




Amaliy maqsad
1.O’quvchilar olgan bilimlarini kundalik hayotida va amaliy faoliyatida qullau olishga o’rgatish

2. Matematika o’qitishda texnik vosita va ko’rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish


3. O’quvchilarni mustaqil ravishda matematik bill imlarni egallashni o’rgatish
2 - § . Boshlang`ich matematika kursi tuzilishi mazmuni.

Maktablarning I-IV sinflarida o`rganiladigan matematika kursi maktab matematika kursining ajralmas tarkibiy qismidir. Shu sababli boshlang`ich matematikani muvaffaqiyatli o`zlashtirish maktabda butun matematik ta'limni to`g`ri yo`lga qo`yishga asos bo`lishi tushunarli bo`lib qoladi.


Amaldagi boshlang`ich matematika dasturi tuzilishi va mazmuni ham oldingi dasturlardagi metodik myerosdan va ilg`or o`qituvchilarning tajribalaridan kelib chiqib, o`qitishning an’anaviy tizimidagi izchillikni saqlagan holda yaratiladi.
Matematika boshlang`ich kursining tuzilishi o`ziga xos xususiyatlariga ega.
1. Boshlang`ich kursning asosiy o`zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat bo`lib, bu o`zak atrofida algebra va geometriya elementlari birlashadi, bu elementlari arifmetik bilimlar sistemasiga tarkiban qo`shilib son, arifmetik amallar va matematik munosabatlar haqidagi tushunchalarning yuqoriroq darajada o`zlashtirishiga imkon beradi.
2. Boshlang`ich kurs materiali konsentrik kiritiladi. Dastlab birinchi o`nlik sonlarini nomerlash o`rganiladi, bu sonlarni yozish uchun raqamlar kiritiladi, qo `shish va ayirish amallari o`rganiladi, so`ngra 100 ichida sonlarni nomerlash qaraladi, xona tushunchasi, o`nli xonalarga ajratish mumkin bo`lgan sonlarni yozishning pozitsion printsipi ochib beriladi, 2 xonali sonlarni qo`shish va ayirish o`rganiladi, ko`paytirish va bo`lish amallari kiritiladi. Keyin, 1000 ichida sonlarni nomerlash o`rganiladi, bu yerda ko`p xonali sonlarni nomerlashning asosi bo`lgan 3 ta xona (birlar, o`nlar, yuzlar) qaraladi, arifmetik amallar to`g`risidagi bilimlar umumlashtiriladi, yozma qo`shish va ayirish usullari kiritiladi va nihoyat, ko`p xonali sonlarni nomerlash o`rganiladi, sinf tushunchasi qaraladi, raqamlarning egallagan o`rniga, ko`ra qiymatini bilish
umumlashtiriladi, yozma hisoblash algoritmlari kiritiladi. Shunday qilib, boshlang`ich kursda 4 ta konsentr o`rganiladi: 10, 100, 1000, (k.x.s), bu konsentrlarda kattaliklar, kasrlar, Algebraik va geometrik materiallar ham birgalikda o`rganiladi, bu sxematik tasviri:

Tajribalarning ko`rsatishicha, kurs bunday tuzilganda sistematik takrorlanib, ilgari o`rganilgan bilim, ko`nikma va malakalar sonlarning yangi sohasida o`z rivojini topadi. Natijada kursni o`zlashtirishga yaxshi imkoniyat yaratiladi.


3. Nazariy va amaliy xarakterdagi masalalar o`zaro uzviy bog`lanadi. Ko`pgina nazariy masalalar induktiv ravishda kiritiladi, ular asosida esa amaliy xarakterdagi masalalar ochib beriladi. Masalan, ko`paytirishning taqsimot xossasi xususiy faktlarni umumlashtirish asosida kiritiladi, bu xossadan foydalanib, ushbu ko`paytirish usuli ochib beriladi:
17x3=(10+7)x3=10x3+7x3=30+21=51
  1. Kursda matematik tushunchalar, qonuniyatlar va xossalar o`zaro bog`lanishda ochib beriladi. Masalan, arifmetik amallarni o`rganishda ularning xossalari orasidagi bog`lanishlar va aloqalar ochib beriladi. Bu ma'lum qonuniyatlarga ega bo`lgan amallar tushunchasini chuqur ochib berishga, bolalarni funktsional tas


  2. avvurlar bilan boyitishga imkon beradi.


5. Matematika kursini o`rganish jarayonida har qaysi tushuncha o`z rivojini topadi. Masalan, arifmetik amallarni o`rganishda, dastlab ularning konkreti ma'nosi, so`ngra amallarning xossalari, komponentalar va amallar natijalari orasidagi bog`lanishlar birgalikda ochib beriladi. Tushunchalarni o`rganishga bunday yondashish o`quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladi.


6. Tajribalarning ko`rsatishia, o`xshash yoki o`zaro bog`liq masalalarni taqqoslab o`rgani sh maqsadga muvoffiqdir. Bu holda muhim o`xshash va muhim farq qiladigan tomonlarni darhol ajratib ko`rsatish mumkin, bu esa o`quvchilarning o`xshash masalalarni aralashtirib yuborishi kabi xatolarini olidin oladi. Shuning uchun dasturda ba'zi masalalar bir vaqtda kiritiladi (masalan, + va - amallari), shuningdek, ilgari o`rganilgan va shunga o`xshash masalalarga taqqoslagan holda yangi masalalarni kiritish ko`zda tutilgan.
Endi matematika kursi har bir tarkibiy qismi mazmunini qaraymiz.
Boshlang`ich sinflar dasturida arifmetikadan elementar ma'lumotlarning ushbu uyushmasi berilgan: natural son, nol ular ustida to`rt arifmetik amalni bajarish, kasrlar, ismli sonlar va ustida amallar. Bu ma'lumotlarni o`rganish o`quvchilarni matematik tushunchalar sistemasini o`zlashtirishga, shuningdek puxta va ongli hisoblash ko`nikmalari va malakalarini egallashga olib kelishi kerak.
Natural son to`plamlar sinfining miqdoriy tavsifi kabi talqin etiladi. Bu tushuncha to`plamlar ustida amallar va kattaliklarni o`lchash natijalari asosida o`rganiladi. Predmetlarni o`lchash jarayonida o`quvchilarning amaliy faoliyatlari bilan ularning son haqidagi tasavvurlari bog`lanadi. Nomerlashni o`rganishda natural son tartiblangan to`plam elementi yoki natural ketma – ketlik hadi sifatida qaraladi.
Boshlang`ich kursda nol soni bo`sh to`plamlar sinfining miqdoriy tavsifi sifatida talqin etiladi. Nol – son va raqam sifatida 1 sinfda kiritiladi. Dastlab nolni chizg’ichning boshlang’ich nuqtasini bildiruvchi raqami sifatida so`ngra 2-2, 3-3 kabi ayirish natijasi sifatida qaraladi. So`ngra nol amallarning komponenti sifatida: 5+0, 0+8, 6-0, 0x4, 4x0, 0:4 qaraladi. Bu yerda nolga bo`lish mumkin emasligi ham eslatiladi. Nol raqamidan sonning yozuvida u yoki bu xona birliklari yo`qligini belgilashda foydalaniladi. (70, 3000, 204).
Bundan tashqarii, qo`shish va ko`paytirishning o`rin almashtirish xossasi, taqsimot qonunidan kelib chiqadigan natijalar: sonni yig`indiga qo`shish, sonni yig`indidan ayirish, yig`indini sondan ayirish, sonni yig`indiga (ko`paytmaga) ko`paytirish, yig`indini songa bo`lish kabi hisoblash usullarini ongli o`zlashtirish dasturga kiritilgan. 2+6= 54-20=
Hisoblashlarning og`zaki usullari bilan bir qatorda yozma usullarga ham katta e'tibor beriladi. Yozma hisoblash usullarini o`rganish «Minglik» ichda qo`shish va ayirish usullarini o`rganishdan boshlanadi. Keyinroq, 900-345, 802-368 hollar qaraladi.
Matematika sistematik kursini o`rganishga tayyorlash maqsadida kasrlar haqida dastlabki tasavvurlar beriladi. Ulush tushunchasi butun (doira, to`g`ri 4 burchak) teng qismlardan biri sifatida kiritiladi, shuningdek, yozuvi, almashtirish va taqqoslash Ko`rsatmalilik asosida beriladi.
Arifmetik amallar matematika boshlang`ich kursida markaziy o`rinni egallaydi. Arifmetik amal konkreti asosida to`plamlar ustida amallar bajarish jarayonida: qo`shish – umumiy elementlariga ega bo`lmagan to`plamlarning birlashtirish amali, ayirish – to`plamlarni biror qismini olib tashlash amali, ko`paytirish – bir xil sondagi elementlaridan tuzilgan to`plamlarni birlashtirish amali, bo`lish – to`plamlarni o`zaro kesishmaydigan teng elementlaridan tuzilgan bir nechta to`plamlarga ajratish amali asosida ochib beriladi. Bunday yondashish bolalarning tajribasiga tayanish va shakllantirilayotgan bilimning ko`rgazmali asosini tashkil etishga imkon beradi. Har bir amalning belgisi, nomi, komponentalari va amal natijalarining nomlari kiritiladi. Sodda va murakkab ifodalar qaraladi.
Boshlang`ich matematika kursida o`quvchilarning hisoblash malakalarini shakllantirishga mo`ljallangan turli mashqlar sistemasi qaraladi: ayrim misollarning yechilishi, jadvallarni to`ldirish, harflarning sonli qiymatini qo`yish, ifodaning sonli qiymatini topish….. Jadval hollarda qo`shish, ko`paytirish, ayirish, bo`lish to`la avtomatizm darajasiga yetkazilishi kerak.
Arifmetik amallarning xossalarini o`rganish hamda amallarni bajarish asosida komponentalar va amal natijalari orasidagi bog`lanish; komponentalarning birining o`zgarishi bilan arifmetik amallar natijalarining o`zgarishi o`rganiladi.
Algebra elementlarini kiritish chuqur, umumlashgan o`zlashtirish maqsadlarini ko`zlaydi. Konkret misollar asosida tenglik, tengsizlik, tenglama o`zgaruvchi tushunchalari ochib beriladi.
1- sinfdan boshlab sonli tenglik va tengsizliklar (2=2, 4=1+3, 2<3, 5+2>5, 8-4<8-3….) qaraladi va murakkablashib boradi. Ularni o`rganish arifmetik amallarni o`rganish bilan bog`lanadi va uni chuqurroq o`zlashtirishga yordam beradi. Dastlab, x+2=5, 7-x=4 kabi eng sodda keyinroq (x+5)-3=10 ko`rinishdagi murakkabroq tenglamalar o`rganiladi, tenglamalarni yechish olidn tanlash usuli bilan, so`ngra esa amal natijalari bilan komponentalari orasidagi bog`lanishga asoslangan holda yechiladi. Tenglamalarni yechish bilan bir paytda masalalarni tengla ma tuzish bilan yechishga o`rgatiladi.
Harf o`zgaruvchini belgilovchi simvol (a+v, 15-R) sifatida o`zgaruvchili tengsizliklar (8-s>5) kiritiladi; va ular tanlash yo`li bilan yechiladi. O`zgaruvchi bilan amaliy tanishtirish o`quvchilarning funktsional tasavvurlarini shakllanishiga imkon yaratadi.

Yüklə 487,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin