1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasin-fayllar.org
Qoldiqli bo`lish. Bu mavzuni o`zlashtirishda oldin o`rganilgan bo`lishi, bo`lishning jadval hollari muhim ahamiyatga ega.
Qoldiqli bo`lishning ma'nosi bilan tanishtirish quyidagicha amaliy mashqlar misolida tushuntirish maqsadga muvofiq. O`qituvchi 3 o`quvchini chaqirib, ularning biriga 12 ta daftarni berib, qolgan 2 o`quvchiga teng bo`lib berishni taklif qiladi. Natija yoziladi. 12:2=6
So`ngra shu o`quvchining o`zi 13 ta daftarni 2 o`quvchiga bo`lganda 1 ta daftar ortib qolishini tushuntiradi. Natija yoziladi. 13:2=6 (1 qoldiq). Mustahkamlash uchun shunga o`xshash mashqlar bajariladi, bunda o`quvchilar bo`lish natijasida hosil bo`ladigan qoldiq bo`luvchidan kichik bo`lishi kerak, degan xulosaga kelishadi.
-10, 11, 12, 13, 4, 15 sonlarini 2 ga, 3 ga, 4 ga bo`ling.
-agar bo`luvchi 5, 7, 9 bo`lsa, qanday qoldiqlar hosil bo`lishi mumkin?
-7 ga. 8 ga bo`lganda eng katta qoldiq qanday songa teng bo`ladi?
-misollar orasidan qoldiq 4 dan katta bo`lmaganlarini tanlang. 16:6, 25:8, 22:3, 28:5 o`quvchilar bunday mashqlarni o`qish va yozish bilan qancha borib qoldiqli bo`lish algoritmini o`zlashtiradilar: 60:8
1. Bo`linuvchidan kichik va bo`luvchiga qoldiqsiz bo`linadigan, bo`linuvchiga eng yaqin sonni topish kerak. Bu 56 soni.
2. 56:8=7
3. qoldiqni bilamiz. Buning uchun 60-56=4 ni topamiz, demak qoldiq-4
4. qoldiqni bo`luvchi bilan taqqoslaymiz. qoldiq bo`luvchidan kichik. Demak, bo`luvchi to`g`ri.
Yechilishi: 60 : 8 = 7(qold - 4)
- 56
4
Bu yyerda ko`paytirish jadvalini bilish juda zarur. qoldiqni bo`luvchi bilan taqqoslash ham ancha qiyindir. Ular nima uchun bo`linuvchiga eng yaqin songa bo`lish mumkinligini tushunishlari kerak. Agar o`quvchilar mustaqil bajarishga, o`rgatilsa, bo`lishni bajarishdagi ko`p xatolarning oldi olinadi.
Shunday qilib, qoldiqli bo`lishni o`rganish bo`lish haqidagi tushunchani kengaytirishga olib keladi, o`quvchilar ko`p xonali sonlarni bo`lishga tayyorlaydi. Bundan tashqari, bu mavzu bolalarni matematik bilimlarni turli xil amaliy masalalarni yechishga tatbiq etish va o`qitishni turmush bilan bog`lash imkonini beradi.