1. Ijara shartnomasi va oldi-sotdi shartnomasi o’rtasidagi farq
10.Ijara majburiyatlarini muddatidan oldin tugatish uchun qanday asoslar mavjud? 552-modda. Ijaraga oluvchining talabi bilan mulk ijarasi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish Ijaraga oluvchining talabi bilan mulk ijarasi shartnomasi sud tomonidan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin, agar:
ijaraga beruvchi mol-mulkni foydalanish uchun ijaraga oluvchiga bermasa yoki mol-mulkdan shartnoma shartlariga yoxud mol-mulkning vazifasiga muvofiq foydalanishga to‘sqinlik qilsa;
ijaraga oluvchiga topshirilgan mol-mulkda undan foydalanishga to‘sqinlik qiladigan kamchiliklar bo‘lib, ularni ijaraga beruvchi shartnoma tuzish vaqtida aytib o‘tmagan, ijaraga oluvchiga oldindan ma’lum bo‘lmagan va shartnoma tuzayotganda mol-mulkni ko‘zdan kechirish yoxud uning sozligini tekshirish vaqtida aniqlanishi mumkin bo‘lmagan bo‘lsa;
ijaraga beruvchi shartnomada belgilangan muddatlarda, agarda shartnomada muddat belgilangan bo‘lmasa, oqilona muddatlarda o‘z zimmasidagi mol-mulkni kapital ta’mirlash majburiyatini bajarmasa;
ijaraga oluvchi javobgar bo‘lmagan holatlar tufayli mol-mulk foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolsa.
Mulk ijarasi shartnomasida ushbu Kodeks 382-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq ijaraga oluvchining talabi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin.
382-модда. Шартномани ўзгартириш ва бекор қилиш асослари
Агар ушбу Кодексда, бошқа қонунларда ёки шартномада бошқача тартиб назарда тутилган бўлмаса, шартнома тарафларнинг келишувига мувофиқ ўзгартирилиши ва бекор қилиниши мумкин.
Тарафлардан бирининг талаби билан шартнома суд томонидан фақат қуйидаги ҳолларда ўзгартирилиши ёки бекор қилиниши мумкин:
иккинчи тараф шартномани жиддий равишда бузса;
ушбу Кодекс, бошқа қонунлар ва шартномада назарда тутилган ўзга ҳолларда.
Тарафлардан бирининг шартномани бузиши иккинчи тарафга у шартнома тузишда умид қилишга ҳақли бўлган нарсадан кўп даражада маҳрум бўладиган қилиб зарар етказиши шартномани жиддий бузиш ҳисобланади.
Бир тараф шартномани бажаришдан тўла ёки қисман бош тортиб, қонун ёҳуд тарафларнинг келишувида бунга йўл қўйилса, шартнома тегишлича бекор қилинган ёки ўзгартирилган ҳисобланади.