554-modda. Mol-mulkni ijaraga beruvchiga qaytarish Mulk ijarasi shartnomasi bekor bo‘lganidan keyin ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga mol-mulkni o‘ziga topshirilgan holatda, normal eskirishni hisobga olib yoki shartnomada kelishilgan holatda qaytarishi lozim.Agar ijaraga oluvchi ijaraga olgan mol-mulkni qaytarmasa yoki kechiktirib qaytarsa, ijaraga beruvchi kechiktirilgan barcha vaqt davomida mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to‘lashni talab qilishga haqli. Bu haq ijaraga beruvchi ko‘rgan zararni qoplamagan taqdirda zararni to‘lashni talab qilishga haqli.Ijaraga olingan mol-mulk o‘z vaqtida qaytarilmaganligi uchun shartnomada neustoyka undirish nazarda tutilgan taqdirda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, neustoykadan tashqari zarar to‘liq miqdorda undirilishi mumkin.
4.Ijara shartnomasining muhim shartlari nimalardan iborat? 5-modda. Ijara shartnomasi Tomonlarning ixtiyoriyligi va to‘la teng huquqliligi asosida ma’lum muddatga tuziladigan ijara shartnomasi ijara munosabatlarining yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Bunda qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanish uchun yerni, boshqa tabiiy resurslarni ijaraga olish uzoq muddatga — kamida 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
Ijara shartnomasi tanlov asosida tuzilishi mumkin.
2.Ijara shartnomasining shakli va uni tuzish paytiga qanday talablar qo’yiladi? Ijara shartnomasida:
539-modda. Mulk ijarasi shartnomasining shakli
Mulk ijarasi shartnomasi bir yildan ortiq muddatga mo‘ljallangan bo‘lsa, taraflardan birontasi yuridik shaxs bo‘lgan hollarda esa, muddatidan qat’i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.
Ko‘chmas mulk ijarasi shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Mulk huquqining kelgusida ijarachiga o‘tishini nazarda tutuvchi mulk ijarasi shartnomasi, bunday mulkning oldi-sotdi shartnomasi uchun nazarda tutilgan shaklda tuziladi. ijaraga berilayotgan mol-mulkning tarkibi va qiymati, uni ijaraga berish tartibi;
ijara muddati;
ijara haqi shartlari va miqdori, uni to‘lash muddatlari;
ijaraga beruvchi ijarachiga berishi kerak bo‘lgan mol-mulkning holati;
ijarachining mol-mulkdan foydalanish shartlari;
shartnomaning amal qilishi to‘xtatilganidan keyin ijarachining mol-mulkni ijaraga beruvchiga qanday holatda va qay tartibda qaytarishi;
ijaraga berilgan mol-mulkni tiklash va ta’mirlash yuzasidan tomonning majburiyati;
to‘la amortizatsiyadan so‘ng mol-mulk kimga qarashli bo‘lish shartlari;
agar ijaraga olingan mol-mulk keyinchalik sotib olish sharti bilan topshirilayotgan bo‘lsa, uni sotib olish shartlari, tartibi va muddati;
ijaraga olingan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga berish sharti, tartibi va imkoniyati;
ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga taqdim etadigan axborotning ko‘lami va axborotni berish muddatlari;
tomonlarning mas’uliyati ko‘zda tutiladi.
Yerni va boshqa tabiiy resurslarni ijaraga olish shartnomasiga tabiiy obyektdan mo‘ljallangan maqsadga muvofiq holda oqilona foydalanish yuzasidan ijarachining majburiyatlari ko‘zda tutilgan qoidalar ham kiritiladi.
Ijara shartnomasida ijaraga beruvchining noishlab chiqarish sohasiga taalluqli mol-mulk obyektlari va ularning qiymati alohida ajratib ko‘rsatiladi, tomonlarning ushbu obyektlarga nisbatan majburiyatlari (ularni asrash va saqlab turish) ham aytib o‘tiladi.
Ijara shartnomasiga boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin