2.Qanday mulklar ijara shartnomasining obyekti bo’la oladi? 537-modda. Mulk ijarasining obyektlari Yer uchastkalari, yer osti boyliklari joylashgan uchastkalar va boshqa alohida tabiiy obyektlar, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari va foydalanish jarayonida o‘zining tabiiy xususiyatlarini yo‘qotmaydigan boshqa ashyolar (iste’mol qilinmaydigan ashyolar) mulk ijarasiga berilishi mumkin.
3.Mulkni ijaraga berish, subijara va qayta ijaraga berish majburiyatlari qanday farq qiladi?
Sub-ijara - bu ijaraga oluvchining o'zi tomonidan ijaraga olingan mol-mulkka yoki uning bir qismiga huquqlarning vaqtincha berilishi. Sub-ijaraga beruvchi lizing shartnomasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarni oladi. Bu ijaraga oluvchining ijara haqini kamaytirishning yaxshi usuli, agar ular ijaraga olingan mulkning bir qismidan foydalanmasa. Sub ijaraga berish - amaldagi qonunchilik bilan tartibga solinadigan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning to'liq rasmiy shakli.
Mulk ijarasi — haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun topshirish. Ushbu munosabatda 2 mustaqil taraf — ijaraga beruvchi (yaʼni, mol-mulk egasi yoki u vakil qilgan shaxs) va ijaraga oluvchi qatnashadi. Ular oʻrtasida Mulk ijarasi shartnomasi tuziladi. Mulk ijarasidan ijaraga beruvchi ham, ijaraga oluvchi ham manfaatdordir. Ijaraga beruvchi muayyan xaq (daromad) oladi, ijaraga oluvchi ham undan maqsadga muvofiq ravishda foydalanib, daromad oladi. Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga mol-mulkni shartnoma shartlari va mol-mulkning vazifasiga muvofiq holda topshirishi lozim. Molmulkni topshirishga tayyorlash, topshirish dalolatnomasini tuzish va imzolashga takdim etish ijaraga beruvchining burchi boʻlib, uning hisobidan amalga oshiriladi. Ijaraga oluvchi mol-mulkni yaxshi holda saqlashi, oʻz hisobidan joriy taʼmirlashi va saqlash boʻyicha boshqa harajatlarni qilishi lozim (agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa). Mulk ijarasi shartnomada koʻzda tutilgan muddatga tuziladi. Agar shartnomada muddat koʻrsatilmasa, u nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda taraflardan har biri boshqa tarafni 1 oy oldin, koʻchmas mulk ijarasida esa — 3 oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istalgan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. Mulk ijarasi shartnomasi bekor boʻlgandan keyin ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga mol-mulkni oʻziga topshirilgan holatda, normal eskirishini hisobga olib yoki shartnomada kelishilgan holatda qaytarishi lozim. Ayni vaqtda ijaraga olingan mol-mulkni ijaraga oluvchi shartnomada kelishilgan sotib olish bahosini toʻlagan holda mulk huquqini ham qoʻlga kiritishi mumkin. Mulk ijarasining prokat, transport vositalari, binolar va inshootlar ijarasi, korxonalar ijarasi, lizing (moliya ijarasi) kabi turlari farqlanadi.