2030-YILGACHA BO‘LGAN DAVRDA BARQAROR RIVOJLANISH SOHASIDAGI MILLIY MAQSAD VA VAZIFALARNI AMALGA OSHIRISHNI JADALLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
12.7-vazifa. Davlat xaridlarini amalga oshirish davomida ekologik standartlarning qo‘llanishini kengaytirish.
Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Atrof muhit
12.8-vazifa.2030-yilgacha aholini barqaror rivojlanish va tabiat bilan uyg‘un turmush tarzi haqida tegishli ma’lumot bilan ta’minlash.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar ag�ntligi (kelishuv asosida)
Atrof muhit
12.b-vazifa.Ish o‘rinlarini tashkil etish, mahalliy madaniyat va mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishga ko‘maklashuvchi barqaror turizm tomonidan barqaror rivojlanishga ko‘rsatiladigan ta’sir monitoringining vositalarini ishlab chiqish va joriy etish.
Turizm va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Iqtisodiy farovonlik
12.c-vazifa.Qazilma yoqilg‘ining behuda sarflanishiga olib keladigan samarasiz foydalanishga subsidiyalar ajratishni — milliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda bozor nomutanosibliklarini, jumladan, soliqqa tortish tizimini isloh qilish orqali bartaraf etish va ular mavjud bo‘lgan joylarda zararli subsidiyalardan asta-sekin voz kechish, bunda ularning ekologik oqibatlari hisobini yuritish, ayni paytda aholining muhtoj va ijtimoiy zaif qatlamlari manfaatlarini himoya qilish uchun ular rivojlanishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni eng kam darajaga keltirish orqali optimallashtirish.
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi