2030-YILGACHA BO‘LGAN DAVRDA BARQAROR RIVOJLANISH SOHASIDAGI MILLIY MAQSAD VA VAZIFALARNI AMALGA OSHIRISHNI JADALLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
15.7-vazifa. Brakonyerlik hamda flora va faunaning qo‘riqlanadigan turlarining kontrabanda savdosini tugatish uchun shoshilinch choralar ko‘rish, jonli tabiatning noqonuniy mahsulotlariga talab, shuningdek, ularni taklif qilishga oid muammolarni hal qilish.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
Atrof muhit
15.8-vazifa.Begona invaziv turlar kirib kelishining oldini olish va ularning yer usti va suv ekotizimlariga ta’sirini jiddiy qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, ustuvor turlar miqdorining qisqarishi yoki yo‘q qilinishining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Atrof muhit
15.9-vazifa.Iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini rivojlantirishning milliy strategiyalari va dasturlarini ishlab chiqishda ekotizim va biologik xilma-xillik qiymatining hisobga olinishini ta’minlash.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Atrof muhit
15.a-vazifa.Biologik xilma-xillik va ekotizimlarni saqlash hamda ulardan oqilona foydalanish maqsadida moliyaviy resurslarning barcha manbalarini safarbar etish va jiddiy ravishda ko‘paytirish.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi