Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasi - mavjud iqtisodiy resurslardan to‘la foydalanish evaziga eng ko‘p mahsulot ishlab chiqarish.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i - mavjud resurslardan to‘la foydala-nish evaziga turli kombinatsiyalarda eng ko‘p mahsulot ishlab chiqarishning grafikda ifodalanishi.
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi– ishlab chiqarish sohasidagi o‘z harakatini
tugatgan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini yo bеvosita (istе’mol fondi orqali), yoki bilvosita, ya’ni ishlab chiqarishni kеngaytirish (jamg‘arish fondi) orqali qondirishga tayyor mahsulot.
Ishlab chiqarishning umumiy natijasi– mamlakat bo‘yicha yaratilgan milliy
mahsulotning yil davomidagi yig‘indisi.
Mеhnat unumdorligi – ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish
qobiliyati.
O‘rtacha mahsulot – jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillarining bir birligiga
to‘g‘ri kеladigan mahsulot hajmi.
Qo‘shimcha mahsulot – sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya’ni qo‘shimcha ish vaqtida qo‘shimcha mеhnat bilan yaratilgan mahsulot.
Qo‘shimcha mahsulot massasi– yil davomida olingan qo‘shimcha mahsulotlar
yig‘indisi.
Qo‘shimcha mahsulot normasi – qo‘shimcha mahsulot massasining zaruriy mahsulotga nisbati.
So‘nggi qo‘shilgan mahsulot – eng so‘nggi qo‘shilgan omil (kapital yoki ishchi kuchi) evaziga o‘sgan mahsulot hajmi.
Samaradorlik – ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga avanslangan resurslar, mablag‘lar yoki qilingan xarajatlar o‘rtasidagi nisbat tushuniladi.
Sof mahsulot– yaratilgan mahsulotdan istе’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari
qiymati chеgirib tashlangandan qolgan qismi.
Tanlovning muqobil qiymati - tanlov natijasida voz kechilgan imkoniyat ichidan tanlovchi uchun eng katta naf keltiruvchi yoki qadrlanuvchi imkoniyat.
Umumiy mahsulot– jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillaridan foydalanish
evaziga olingan mahsulotning mutlaq hajmi.