16. Quyidagi keltirilgan javoblar ichidan har xil ishlab chiqarish omillariga misollar ko‘rsatilganini tanlang:
a) neft, neftchi, neft firmasining egasi, gaz;
b) konveyer ishchisi, konveyer, avtomobil;
c) yer, traktor, brigadir, fermer;
d) haydovchi, neft, yer, tadbirkor.
17. Quyidagi uchliklarning qaysi birida ishlab chiqarishning barcha uchchala (yer, mehnat va kapital resurslari) omillariga misollar keltirilgan?
a) Dastgoh, fermer, gaz;
b) O‘qituvchi, injener, traktor;
c) Geolog, mashinasoz, banker;
d) Oltin kon, ko‘mir, brigadir.
3 - Amaliy mashg‘ulot.
Mavzu. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va samaradorligi
Reja
1. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari. Yalpi va ichki milliy mahsulot.
2. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi va uning ko‘rsatkichlari.
3. Ishlab chiqarish funksiyasi. Ishlab chiqarish imkoniyatilari va uning o‘sishi.
Bu amaliy mashg`ulotda ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalar to`g`risida bilimlar shakllanadi. Jumladan, sof mahsulot, zaruriy mahsulot iqtisodiy kategoriyalarning mazmun mohiyati va roli o`rganiladi. Shu bilan birgalikda ishlab chiqarish samaradorligi va uni tavsiflovchi ko`rsatkichlar ko`rib chiqiladi. Xususan, mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish rentabelligi, kapital unundorligi ko`rsatkichlarni aniqlash bo`yicha ko`nikmalar shakllanadi.
Ishlab chiqarish jarayoni ma`lum bir funksiyaga ega bo`lishi, ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig`i va uni grafikda hamda jadval orqali tasvirlash ko`nikmalari shakllanadi. Mavzuning oxirida keyingi qo‘shilgan mahsulot va uning kamayib borishi, keyingi qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borishi qonunining mazmuniga tegishli marjinalistik g'oyalar bilan tanishtiriladi.
Asosiy tayanch tushunchalar
Ishlab chiqarish funktsiyasi – ishlab chiqarish omillari bilan uning samarasi o‘rtasidagi bog‘liqlik.
Dostları ilə paylaş: |