10. Iqtisodiy rivojlanish nima? a) moddiy ne’matlar ishlab chiqarish;
b) ehtiyojlarni qondirish;
c) bozorga tovarlar yetkazib berish;
d) ishlab chiqarish jarayonining doimiy ravishda takrorlanishi;
e) ishlab chiqarish natijalarining to‘xtovsiz ortib borishi.
11.Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy resurslar tarkibini to‘liq aks ettiradi? a) Mehnat vositalari va ishchi kuchi; b) Kapital, yer, ishchi kuchi va tadbirkorlik layoqati; c) Tabiiy va mehnat resurslari; d) Ishlab chiqarishning moddiy omillari; e) Kapital va ishchi kuchi.
12. Iqtisodiy faoliyat turlaridan qaysi birining natijasi tarzida moddiy - ashyoviy ko‘rinishdagi ne’matlar chiqadi? a) Xizmat ko‘rsatishda; b) Iste’molda; c) Iqtisodiy nafli ish bajarishda; d) Ishlab chiqarishda; e) Ayirboshlashda.
13. Jamiyat ehtiyojlarining miqdoran o‘sib va tarkiban yangilanib borishiga ta’sir etuvchi omillarni ko‘rsating: a) Aholi sonining o‘sishi; b) Fan - texnika taraqqiyoti; c) Reklama va aloqa kommunikatsiyasining rivojlanishi; d) Milliy va xalqaro bozorlarning rivojlanishi; e) Yuqoridagilarning barchasi.
14. Ishchi kuchi tushunchasining mazmunini aniqlang: a) Moddiy ne’matlar yaratishda qatnashuvchi shaxs; b) Bilim va malakaga ega bo‘lgan kishi; c) Ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi shaxs; d) O‘z ehtiyojini qondira oladigan kishi; e) Insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlari yig‘indisi.
15. Ishlab chiqarish jarayoni nima? a) Ishlab chiqarish vositalarini iste’mol qilinishi; b) Moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyat; c) Mehnat predmetlaridan foydalanish jarayoni; d) Ishchi kuchidan samarali foydalanish jarayoni; e) Hamma javoblar to‘g‘ri.