4. Quyidagi keltirilgan qaysi iqtisodiy tushunchalar ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig‘ni ifodalaydi. a) talab va taklif;
b) yalpi talab va yalpi taklif;
c) ishlab chiqarish resurslari cheklanganligi, murosali tanlov, muqobil qiymat;
d) mavjud ishlab chiqarish imkoniyati darajasida ehtiyojlarni qondirishning eng yaxshi usuli;
e) iste’mol va jamg‘arma.
5. Agar mamlakatda hamma odam va moddiy resurslar ishlatilayotgan bo‘lsa, biron bir mahsulotni ko‘proq miqdorda... a) davlat emas, balki faqat xususiy tadbirkor ishlab chiqarishi mumkin;
b) qandaydir boshqa mahsulotni ishlab chiqarishni qisqartirganda tayyorlanishi mumkin;
c) faqat hamma narxlar pasaytirilganda ishlab chiqarish mumkin;
d) ishlab chiqarish mumkin emas;
e) to`g`ri javob yo`q.
6. Nilyufar maktabni tugatgandan keyin ishga joylashib, yiliga 10 ming dollar olishi yoki institutga o‘qishga borib, o‘qish uchun yiliga 5 ming dollar to‘lashi mumkin. Unga kelasi yilda institutda o‘qish qanchaga tushishini dollarda hisoblang. a) 0; b) 5000; c) 10000; d) 15000; e) 20000.
7. Jami ijtimoiy mahsulot nima? a) bir yil ichida jamiyatda pirovard natijada yaratilgan mahsulotlar va xizmatlarning bozor qiymatida hisoblangan miqdoridir;
b) bir yil ichida xalq xo‘jaligining turli soha va tarmoq korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning umumiy yig’indisi;
c) milliy mahsulot;
d) bir yil ichida mehnat tufayli yangidan hosil qilingan mahsulotdir;
e) to`g`ri javob yo`q.
8. Iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mohiyati nimada? a) iqtisodiy ko‘rsatkichlariga qarab, mamlakat o‘zining iqtisodiy rivojlanishidagi ahvoliga baho beradi;
b) mamlakat iqtisodida erishilgan yutuqlar;
c) iqtisodiy taraqqi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlash;
d) mamlakatni iqtisodiy istiqbolini aniqlash;
e) to`g`ri javob yo`q.
9. Yangi alternativ korxona qurilishning muqobil qiymatini nima tashkil etadi? a) yangi korxona ishchilarga ish haqi to‘lash uchun pul;
b) hozirgi baholarda yangi korxona qurish xarajatlari;
c) yillik soliq summasi;
d) ayrim tovarlarni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish xarajatlaridan voz kechish
hisobiga yangi korxona qurish;
e) barcha javoblar to`g`ri.