1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi


O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish bosqichlari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə34/51
tarix19.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#186596
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   51
Amaliy mashg`ulot №1

4. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish bosqichlari.

Ishlab chiqarish har doim ma'lum mulkchilikning aniq shakli doirasida sodir bo‘ladi.


Shuning uchun bu amaliy mashg`ulotda mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk shakllarining iqtisodiy mazmuni va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida mulk shakllarini o‘zgartirish yo‘llari va usullari kabi masalalarga alohida o‘rin ajratiladi. Natijada talabalarda mulkchilik munosabatlar va uning iqtisodiy mazmuni, bu munosabatlarning ob`yekti va sub`ekti ularning o`rtasida qanday aloqa borligi to`g`risida amaliy bilimlar shakllanadi. Shu bilan birgalikda mulkchilikning tuli shakllari, xususan, O`zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish bosqichlari bo`yicha ko`nikmalari hosil bo`ladi.
Asosiy tayanch tushunchalar
Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo‘lgan mulk ob’еktlaridan iborat.
Davlat tassarrufidan chiqarish – mulkni davlat hisobidan chiqarilib, boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga kеltirilishi.
Jamoa mulki – muayyan maqsad yo‘lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o‘zlashtirishni bildiradi.
Mulk ob’еktlari – mulkka aylangan barcha boylik turlari.
Mulk sub’еktlari – mulk ob’еktini o‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy
munosabatlar ishtirokchilari.
Mulkchilik munosabatlari – mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga kеladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish – mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy
hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bеvosita istе’mol qilinishi.
Mulkka egalik qilish – mulkdorlik huquqining uning egasi qo‘lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning iqtisodiy shakli.
Mulkni tasarruf etish – mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin