Topshiriq 8. Testlar 1. Nima uchun har qanday iqtisodiy tizim ishlab chiqarish resurslarining chegaralanganligi bilan to‘qnash keladi? a) ishlab chiqarish resurslari hech qachon jamiyat azolarining ehtiyojlarini to‘la qondirish uchun zarur miqdorda ne’matlar yaratishga va xizmatlar ko‘rsatishga yetarli bo‘lmaganligi;
b) ayrim mahsulotlarni ishlab chiqarishdan ko‘ra sotib olinishining foydaliligi;
c) ishlab chiqarish resurslarini cheklanganligi bilan iqtisodiy baquvvat davlatlar to‘qnash kelmaydi, faqat nochor, iqtisodiy rivojlanmagan davlatlargina duch kelishi mumkin;
d) iqtisodiy taraqqiyotda ishlab chiqarish darajasining pasayishi ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish darajasini chegaralaydi.
2. Iqtisodiy mustaqillikni ifoda etuvchi tomonlarga qaysi biri xos emas? a) milliy boylikni tasarruf eta bilish
b) o‘z valyutasiga ega bo‘lish
c) iqtisodiy siyosatni ma’qul holda olib borish
d) resurslardan samarali foydalanish
3. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning o‘rin almashinish sabablarini formatsion yondashuvda qanday izohlanadi? a) ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga ishlab chiqarish munosabat-larining mos kelmasligi o‘rtasidagi ziddiyat
b) ishlab chiqarish texnologik usulining o‘zgarishi
c) mulkiy munosabatlarning mos kelmasligi
d) ishlab chiqarish kuchlari rivojlanish darajasiga ishlab chiqarish munosabatlari-ning mos kelishi
4. Iqtisodiy tizim nima? a) sotsial-iqtisodiy munosabatlar asosidir
b) ishlab chiqarishni tashkil etish shaklidir
c) ijtimoiy ishlab chiqarish shaklidir
d) siyosiy va ma’naviy munosabatlardir.
5. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot qanday tizim? a) ishlab chiqarishni ijtimoiy mulk va ijtimoiy mehnat asosida tashkil etishga qaratilgan
b) yakka hokimlik asosida ishlab chiqarishni tashkil etishga asoslangan
c) davlat tomonidan ishlab chiqarish, taqsimot, almashuv va iste’mol ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishga asoslangan
d) ishlab chiqarishni reja asosida yuritishga asoslangan