Shaxsiy mulk – bu fuqarolar mulki bo‘lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini
qondirishga xizmat qiladi.
Xususiy mulk – ayrim sohibkorlarga qarashli bo‘lib, yollanma mеhnatga asoslangan holda foydalanadigan mulkdir.
Xususiylashtirish – mulkka egalik qilish huquqining davlatdan xususiy va boshqa
shaxslarga o‘tishi.
Topshiriq 1. Mulohazali savollarga javob beringlar. 1. Mulkchilikning mohiyatiga ta’rif bering va uning turli shakllarining iqtisodiy mazmunini tushuntiring.
2. Mulk sub’ektlarining ko‘p darajali bo‘lishiga sabab nima?
3. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish nima uchun mulkchilikning turli shakllarini taqozo qiladi?
4. Mulk ob’ekti va sub’ekti nima, ularga misollar keltiring.
5. Mulkning qanday xususiyatlari bor?
6. Mulkning ahamiyati nimada?
7. Nima uchun bozor iqtisodiyoti tizimida mulkning ahamiyati tobora ortib bormoqda?
8. Ishlab chiqaruvchining logotipida OOO, LTD, LLC, MChJ harflari nimani anglatadi, izoh bering?
9. Aksiya nima va uning qanday turlari bor?
10. Mulkchilikning iqtisodiy va huquqiy mazmunini ajratib ko‘rsating.
11. Xususiylashtirishning qanday usullarini bilasiz?
12. Xususilashtirishning iqtisodiy mazmuni nimada?
13. Milliylashtirish nima? Bozor iqtisodiyotiga bu jarayon nima uchun zid?
14. Kichik xususiylashtirish qachon amalga oshirildi va uning xususiyatlarini ochib bering?
15. Nima uchun bozor iqtisodiyoti tizimida mulkning ahamiyati tobora ortib bormoqda?
Topshiriq 2. Mulk shakllariga izoh bering. a) xususiy mulk ..................................................................................
b) jamoa mulki ....................................................................................
c) davlat mulki ....................................................................................
d) aralash mulk ...................................................................................
Topshiriq 3. Quyidagi rasmdagi chizmani to‘ldiring.