1. iqtisodiyotga kirish


O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini takomillashtirish



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə188/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

17.4. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini takomillashtirish
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi bugungi kunda 31 ta tijorat bankidan tashkil topgan. Imtiyozli kreditlarning bank tizimi umumiy portfelidagi ulushi 60 foizdan ko‘proqni tashkil etmoqda. Bank sektorida davlat ustun mavqega ega — 31 ta bankdan 13 tasining kapitalida davlat ishtiroki mavjud bo‘lib, ularning kapitali bank tizimi jami kapitalning 87 foizidan ko‘prog‘ini, aktivlari esa umumiy aktivlarning 85 foizidan ko‘prog‘ini tashkil qiladi.
2017 yilda boshlangan bank sektorini isloh qilishning faol bosqichi valyuta bozorini liberallashtirish, bank faoliyatidagi eskirgan cheklovlarni olib tashlash va banklarni ularga xos bo‘lmagan funksiyalardan ozod qilish, bank xizmatlari ommabopligini oshirishga qaratildi. 2019 yilda bank tizimida bir qator sifat o‘zgarishlari amalga oshirildi. Xususan:
- bank ishining zamonaviy standart va tamoyillariga mos keluvchi yangi tahrirdagi «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining qabul qilinishi;
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarining isloh qilinishi;
davlat dasturlarini Markaziy bankning asosiy stavkasidan kam bo‘lgan stavkalarda kreditlash amaliyotidan voz kechilishi va 2021 yildan kreditlashning bozor shartlariga o‘tilishi;
tadbirkorlikni rivojlantirish davlat maqsadli dasturlari doirasida kreditlashning 3 ta bank — AT Xalq banki, «Agrobank» ATB va «Mikrokreditbank» ATBda jamlanishi;
tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan imtiyozli moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmining Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi orqali tashkil etilishi;
bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari hisobidan aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy etilishi;32
Jahon bankining «Biznes yuritish» reytingidagi past ko‘rsatkichlar — reytingning «Kredit olish» yo‘nalishida O‘zbekiston 67-o‘rinni egallab turibdi. Bu esa mamlakatimiz bank tizimini rivojlantirishda qiyinchiliklar va muammolar borligini ko‘rsatadi. Ana shu qiyinchiliklarni yengib o‘tish va muammolarning yechimini topish asosida mamlakatimiz bank tizimini rivojlantirish samaradorligini oshirish maqsadida 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasini qabul qilindi.
Strategiya bank tizimini rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor sohalarini, 2020-2025 yillarda bank tizimini transformatsiya va isloh qilish yo‘nalishlarini, xorijiy mamlakatlarning moliya sektorini transformatsiya qilish tajribasi asosida va moliyaviy sohadagi jahon tendensiyalarini hisobga olgan holda ehtimoliy yechimlarni izlash yo‘llarini belgilaydi.
Strategiyaning maqsadi zamonaviy bank tizimini shakllantirish, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va bank xizmatlarining yangi standartlarini joriy etishga qaratilgan bank tizimida kompleks o‘zgartirishlarni amalga oshirishdan iborat.
Bank tizimi samaradorligini oshirish tadbirkorlik subyektlari va aholining arzon va sifatli moliyaviy xizmatlarga o‘sib borayotgan ehtiyojlarini ta’minlash uchun iqtisodiy rivojlanishning eng muhim omili hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, Strategiya doirasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda:
1) ilg‘or xalqaro tajriba va texnologiyalarni jalb qilish hisobiga bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish;
2) korporativ boshqaruvning ilg‘or standartlari va tajribasini joriy etish orqali banklarda boshqaruvni takomillashtirish, bank boshqaruvi organlari hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini hamda ular tomonidan ma’lumotlarni lozim darajada oshkor etilishini ta’minlash;
3) banklar faoliyatini tijoratlashtirishni oshirish, bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, shuningdek, pul-kredit siyosati instrumentlarining samaradorligini oshirish uchun subsidiyalangan kredit berishdan voz kechish;
4) tijorat banklarining jamg‘armalarni investitsiyalarga safarbar qilish hamda ularni moliyaviy va iqtisodiy nuqtayi nazardan eng samarali sohalarni moliyalashtirishga yo‘naltirishni ta’minlovchi moliyaviy vositachi sifatidagi rolini oshirish;
5) strategik xorijiy investorlarni jalb qilish va moliya tizimining xalqaro moliya bozorlariga bosqichma-bosqich integratsiyalashuvini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida bank faoliyatini izchil liberallashtirish va uni eng yaxshi xalqaro amaliyot bilan uyg‘unlashtirish;
6) nobank kredit tashkilotlarini, shu jumladan ushbu segmentda raqobatni rivojlantirish, prudensial tartibga solishning tegishli normalarini rivojlantirish orqali, shuningdek, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini engillashtirish hisobiga rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin