1. iqtisodiyotga kirish


Naflilik funksiyasi - iste’mol jarayonida erishiladigan iste’mol hajmlari bilan naflilik o‘rtasida nisbat



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə51/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Naflilik funksiyasi - iste’mol jarayonida erishiladigan iste’mol hajmlari bilan naflilik o‘rtasida nisbat. Naflilik funksiyasi xaridorning afzal ko‘rishlarini (xohishlarini) ko‘rsatadi. Naflilik funksiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi tovarlarni taqqoslashni bildiradi.
Naflilik funksiyasi - ehtiyojlarning qondirilishi darajasigacha, iste’molchi tomonidan tanlangan tovarlar to‘plamini tartiblashda (ketma ket joylashuvi) iste’molchining tanlovi bo‘yicha harakatlarning maqsadli funksiyasi. Naflilik funksiyasi iste’mol qilinayotgan tovarlar (X,Y)dan olinayotgan naflilikni hosilasini ifodalaydi.
U(X,Y) = XY
Naflilik - bu iste’molchilar ma’lum bir mahsulot (xizmat) ni iste’mol qilishdan oladigan qoniqishdir. Naflilik subyektning ne’matni iste’mol qilish yoki qandaydir harakatlarni bajarishdan oladigan qoniqishining o‘lchovidir.
Naflilik faqat individual tushuncha, chunki bir odamga nafli bo‘lgan narsa boshqasiga nafsiz bo‘lishi mumkin.
Naflilik tovarning iste’mol xususiyatlariga va iste’mol jarayonining o‘ziga, ularning kimning ehtiyojini va qanday qondirishiga bog‘liq. Naflilikning o‘zi ma’lum bir aniq tovarning ko‘payishi yoki kamayishi bilan o‘zgaradi. Birinchi holda, u kamayadi, ikkinchisida esa ko‘payadi.
Naflilik tartib o‘lchov xususiyatiga ega, bunda muqobillar tartiblangan (ketma ket joylangan ) bo‘lishi mumkin, ammo miqdoriy o‘lchov xususiyatiga emas.
Umumiy va me’yoriy naflilik farqlanadi.

Umumiy naflilik (TU) - ma’lum bir mahsulot (xizmat) turini iste’mol qilish bilan bog‘liq qoniqish.

Me’yoriy naflilik (MU) - bu ma’lum bir turdagi tovar (xizmat) ning qo‘shimcha birligini sotib olish natijasida umumiy naflilikning oshishi yoki muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilik.
Umumiy naflilik bilan me’yoriy naflilik o‘rtasida bog‘liqlik mavjud. Umumiy naflilik boshidan qo‘shilgan barcha me’yoriy nafliklar yig‘indisiga teng.
Iqtisodiyot fanida naflilikni o‘lchash muammosining yechimi miqdoriy (kardinalistik) va tartibli( ordinalistik ) naflilikni asoslash orqali topishga harakat qilingan.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin