- kasb-hunarga o‘qitish yoki qayta tayyorlash bilan band bo‘lib, keyingi uch oy davomida ishlashni boshlashni rejalashtirayotganlar;
- ishlash uchun xorijiiy mamlakatga ko‘chib ketmoqchi bo‘lgan , ammo ko‘chib o‘tishni kutayotgan odamlar ham kiritiladi.
To‘liq bandlik - bu iqtisodiyot mavjud bo‘lgan barcha yaroqli ishlab chiqarish resurslaridan foydalanadigan, ishlashga tayyor va qodir bo‘lganlarni ish bilan ta’minlaydigan holat. Shunday qilib, makroiqtisodiyot nuqtayi nazaridan to‘liq bandlik ishsizlik o‘zining tabiiy darajasidan oshmaydigan vaziyatda erishiladi.34 Bu mamlakatning barcha iqtisodiy resurslaridan va birinchi navbatda, ishchi kuchidan to‘liq foydalaniladigan vaziyat. Keyns davridan boshlab hukumatlar odatda to‘liq bandlikni ta’minlash iqtisodiy siyosatning pirovard maqsadi deb bilishadi. Bunday vaziyat real hayotda, hatto mehnat bozoridagi talabdan taklifning sezilarli darajada oshib ketishi sharoitida ham yuzaga kelishi ehtimoli juda kichik. To‘liq bandlik ishsizlikning yo‘qligini anglatadi. Biroq real hayotda to‘liq bandlik deganda, ixtiyoriy va strukturaviy ishsizlik mavjud bo‘lgan, ammo siklik ishsizlik bo‘lmagan bandlik darajasi tushuniladi. Suningdek, iqtisodiyot tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun yaroqli barcha mavjud resurslardan foydalansh ta’minlanadi. mikroiqtisodiyot nuqtayi nazaridan to‘liq bandlik - bu yakka tartibdagi xo‘jalik yurituvchi subyektdagi vaziyat, bu bo‘sh ish o‘rinlarining to‘liq yo‘qligini, shuningdek, maksimal darajada ishlab chiqarish va foyda olishga erishish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy resurslardan to‘liq foydalanishini nazarda tutadi. Shunga o‘xshash vaziyat har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektda, hatto mehnat bozorida talabdan taklif sezilarli darajada oshib ketgan sharoitda ham paydo bo‘lishi ehtimoli juda katta.
Bandlik muammosi barcha iqtisodiy maktablar tomonidan ko‘rib chiqilgan. Ular tomonidan bandlik va ishsizlik masalalariga turli ilmiy-nazariy yondashuvlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning har biri jahon iqtisodiyotidagi iqtisodiy taraqqiyot davrlarining muayyan bir bosqichiga to‘g‘ri keladi. Ushbu nazariyalardan biri bandlikning klassik nazariyasidir. Unda aholining to‘liq bandligiga bozorda raqobat mavjudligining zaruriy sharti sifatida qaraladi, bu esa yalpi talabning yalpi taklifga mos kelishiga asoslanadi. Klassik maktab namoyondalari bozorga o‘zini o‘zi tartibga soluvchi tizim sifatida qaraganlar, ya’ni o‘z-o‘zini tartibga soluvchi mexanizm deb hisoblaganlar. Shu bois iqtisodiyotda majburiy ishsizlik mavjud emas, deb hisoblaganlar.