- agar odam ishlamasa ham, u ne’matlarni iste’mol qilishni to‘xtata olmaydi, u o‘zini va oilasini boqishi kerak. Shu sababli, jamiyat ishsizlarni qashshoqlikdan xalos etish vositalarini izlashga majbur. Ammo buning uchun ajratilgan mablag‘lar (ishsizlik bo‘yicha nafaqalar) yangi tovarlarni ishlab chiqarish uchun mukofotga (to‘lov) aylanmaydi, demak ular mamlakatning barcha fuqarolari farovonligini yanada oshirishga olib kelmaydi.
- ishsizlikning o‘sishi ichki bozorda tovarlarga bo‘lgan talabni pasaytiradi. Ish haqi olmaydigan odamlar faqat hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan vositalarni minimumi bilan kifoyalanishga majbur bo‘ladilar. Natijada, bu mamlakat ichki bozorida tovarlarni sotishni qiyinlashtiradi. Bu bilan, ishsizlikning o‘sishi mamlakatdagi iqtisodiy muammolarni yanada kuchaytiradi va bandlikni yanada qisqartirish uchun turtki bo‘lib xizmat qiladi. Ishsizlikning iqtisodiy sabablari:
-xaridor (ish beruvchi) tomonidan ishchi kuchi narxining ( ish haqining) past belgilanishi. Bunday holda, sotuvchi (yollangan ishchi) o‘z mehnatini arzimagan pulga sotishdan bosh tortadi va boshqa xaridor qidiradi. Undan tashqari, insonlar har doim yashash joylarini o‘zgartiradilar, bir ishdan bo‘shab ikkinchi ishga o‘tadilar, ish qidiradilar. Natijada muayyan vaqt davomida ular ishsiz qolishi va ishsizlar toifasiga kirishlari mumkin.
2. Ishchi kuchi egasi yoki kasaba uyushmasi tomonidan mehnatning yuqori narxini, ya’ni ish haqini talab qilinishi. Xaridorning ya’ni ish beruvchining mehnat bozoridagi xulq-atvori ishchi kuchini sotib olish xarajatlari va uni ma’lum vaqt davomida ishlatishdan oladigan daromadni ishchi o‘rnini bosadigan mashinani sotib olish uchun sarflanadigan xarajatlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va unga ushbu mashinani olib keladigan natija bilan belgilanadi. Agar bunday taqqoslash mashinaning foydasiga bo‘lsa, u holda ishchi kuchini sotib olinmaydi va mashinaga ustunlik beriladi. Insonning ishchi kuchi sotilmaydi, o‘zi esa ishsizlar qatorida bo‘ladi. Zamonaviy sharoitda ilmiy-texnik taraqqiyot va ishlab chiqarishning texnik tuzilmasining o‘sishi ishsizlik o‘sishining sabablaridan biridir. Ishlab chiqarishda texnologik o‘zgarishlar ishchi kuchiga bo‘lgan talabda tuzilmaviy o‘zgarishlarga olib keladi. Ishchi joylarining yangi tuzilishi shakllangan ishchi kuchi tuzilishiga mos kelmaydi, natijada ishchilarning bir qismi ishsiz qoladi.