1. iqtisodiyotga kirish



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə197/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

1. Naflilik tamoyiliturli shaxslardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini bildiradi.
Soliq summasining (R) soliq olinadigan summaga (D) nisbatining foizdagi ifodasi soliq stavkasi (R `) deyiladi:
2. To‘lovga layoqatlilik tamoyili – soliq miqdori soliq to‘lovchining boyligi va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq solish daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilishi zarur.

3. Adolatlilik tamoyili – daromadlari va hukumat dasturlaridan foydalanish darajasi bo‘yicha teng bo‘lgan kishilar teng miqdorda soliq to‘lashi zarur.
Soliq tizimi har xil turdagi soliqlarni o‘z ichiga oladi ular ma’lum bir belgi asosida turlarga bo‘lingandir. Soliqlarning asosiy katta guruhini to‘g‘ri va egri soliqlar tashkil etadi.
To‘g‘ri soliqlar to‘g‘ridan to‘g‘ri ochiq daromad yoki mulklarga solinadi. Bunday soliqlarni to‘lovchilar ham, undirib oluvchilar ham oldindan biladi. O‘zbekistonda belgilangan to‘g‘ri soliqlarga korxona va tashkilotlardan olinadigan daromat solig‘i, mol mulk solig‘i, aholidan olinadigan daromad solig‘i va shu kabilar kiradi.
Egri soliqlar davlat tomonidan xaridorgir tovarlar narxiga ustama qilib belgilanadi, tabiiyki bu tovarning narxini oshiradi. Egri soliqlarni tovar ite’molchisi o‘zi bilmagan holda to‘laydi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘ini egri soliqlarga misol qilib ko‘rsatish mumkin. Hozirda rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy sug‘urta fondiga badal to‘lash keng yoyilgan. Mohiyatan bu badal aniq maqsadga ega soliq hisoblanadi uni korxona va xodimlari to‘laydilar.
Byujetga kelib tushishi nuqtayi nazaridan soliqlar davlat soliqlari va mahalliy soliqlarga bo‘linadi. Davlat soliqlari davlat byudjetini asosiy manbaini tashkil etadi. Ulardan davlat byudjetiga tushadi. Mahaliy soliqlar esa faqat mahalliy byudjedlariga to‘liq tushadi. Bunday soliqlarga qurilish solig‘i, yer solig‘i, trasport egalaridan olinadigan soliqlar va boshqalar kiradi.
Davlat byudjetiga tushumlar va soliq stavkasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni “Laffer egri chizig‘i” aks ettiradi. oldi (18.1-rasm). Grafik tik o‘qida soliq stavkasi (R), yotiq o‘qida - davlat byudjetiga tushumlar (V) aks etgan. Soliq stavkasining optimal miqdori (R1) davlat byudjetiga eng yuqori tushum (V1) ni ta’minlaydi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin