1. iqtisodiyotga kirish


Xalqaro iqtisodiy integratsiya



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə220/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

21.3. Xalqaro iqtisodiy integratsiya
Rivojlanishning hozirgi bosqichida jahon xo‘jaligining rivojlanishiga bir tarafdan globallashuv jarayoni xos bo‘lsa, ikkinchi tarafdan mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi xos.


Xalqaro iqtisodiy integratsiya (XII) - bu turli mamlakatlar milliy xo‘jaliklarining iqtisodiy aloqalari va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi asosida ishlab chiqarishning yuqori darajada baynalminallashuvi natijasida qo‘shilish jarayonidir. Xalqaro iqtisodiy integratsiya qator mamlakatlar takror ishlab chiqarish tarkibining asta sekin qo‘shilib ketishiga olib keladi.
Jahon iqtisodiyotida bir tarafdan integratsiya jarayonlari har bir davlat uchun faqat “o‘z ishlab chiqarishiga” ega bo‘lish samara bermaydigan vaziyatni keltirib chiqaradi, ikkinchi tarafdan esa xalqaro iqtisodiy integratsiya – milliy iqtisodiyotlarning turli sohalardagi hamkorlik shakli bo‘lib, hamkor mamlakatlar iqtisodiyotining texnik, texnologik va iqtisodiy jihatdan uzoq muddatli bog‘liqligining chuqurlashuvi bilan ajralib turadi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyani maqsadi kelajakda tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining erkin xarakatlanishiga to‘siq bo‘layotgan cheklovlarni bartaraf etishdan iborat.
«Integratsiya» tushunchasi, shuningdek, integratsiya jarayonining o‘zi ham ilmiy doirada nisbatan yaqinda, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida paydo bo‘ldi. Ma’lumki, "integratsiya" atamasi lotincha so‘z bo‘lib, tarjimada tiklash, ulanish va butun, yaxlit degan ma’noni anglatadi. SHu sababli, integratsiya deganda birlashish va yaqinlashish, ya’ni har qanday qismdan butunlikni olish natijasida birlik va yaxlitlik shakllanadigan jarayon tushuniladi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, u o‘zining rivojlanishida bir qancha bosqichlarni bosib o‘tgan va turli shakllarda yuz bergan. Birinchi bosqichda jahonning turli mamlakatlari o‘rtasida erkin savdo-sotiq aloqalari o‘rnatilgan, shuningdek bojxona to‘lovlari, eksport kvotalari bekor qilingan erkin savdo zonalari vujudga kelgan. Bu jarayonning natijasi o‘laroq davlatlararo tovar ayirboshlashda integratsiyalashuv yuz bergan.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning ikkinchi bosqichiga erkin iqtisodiy zonalar shakllanishi xosdir. Bu bosqichda integratsion aloqalar kengayadi, ya’ni savdo-sotiq bilan cheklanmasdan, sanoat, bank , sug‘urta ishi va texnologiya sohasida ham yuz beradi. Bu erkin iqtisodiy zonalar ochiq iqtisodiy hududlar hisoblanib, unda iqtisodiy aloqalar erkin va ko‘p qirrali bo‘lib, barcha iqtisodiyot subyektlari imtiyozlarga ega bo‘ladilar. Umumiy bozor shakllanishi xalqaro iqtisodiy integratsiyaning keyingi uchinchi bosqichida ro‘y bergan. Umumiy bozorni tashkil etgan mamlakatlarning milliy bozorlari bir-biri uchun ochiq bo‘ladi, amalda milliy bozorlar birlashib, mamlakatlararo umumiy bozor vujudga keladi. Unda barcha tovarlar, ish kuchi va kapital erkin, cheklovlarsiz bir mamlakatdan boshqasiga o‘tadi, qaysi mamlakatda resursni ishlatish qulay bo‘lsa, u shu yerga borib joylasha oladi. Umumiy bozorda iqtisodiy chegaralar amalda bekor qilinadi, bojxona to‘lovlari, eksport kvotalari, tovar sifatiga talab minimal darajaga keltiriladi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning to‘rtinchi bosqichda integratsion aloqalar savdo-sotiq va ishlab chiqarish bilan cheklanmay, moliya, pul muomalasi va bank tizimiga ham kirib boradi. Bu jarayonlar iqtisodiy va valyuta ittifoqi doirasida yuz beradi. Yevropa Ittifoqiga kirgan 15 mamlakatdan 12 tasida 2000—2001 yillarda umumiy pul - yevro muomalaga kiritildi, yagona soliq tizimi joriy etildi, milliy byudjetlar saqlangan holda yagona, umumiy byudjet ham tuziladigan bo‘ldi.
Demak xalqaro iqtisodiy integratsiy milliy iqtisodiyotlarning turli sohalaridagi hamkorlik shakli bo‘lib, hamkor mamlakatlar iqtisodiyotining texnik, texnologik va iqtisodiy jihatdan uzoq muddatli bog‘liqligining chuqurlashuvi jarayonidir.
Integratsiya jarayonining afzalliklari va salbiy oqibatlari mavjud. Uning afzalliklari quyidagilardan iborat:
- bozor hajmining oshishi;
- mamlakatlar o‘rtasidagi raqobatning kuchayishi;
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmining oshishi;
- infratuzilmani takomillashtirish bilan parallel ravishda savdoning kengayishi;
- eng yangi texnologiyalarning tarqalishi.
Integratsiya jarayonining salbiy oqibatlari esa quyidagilardir:
- nisbatan qoloq mamlakatlardan resurslarning (ishlab chiqarish omillari) chiqib ketishiga olib keladi, kuchli sheriklar foydasiga qayta taqsimlash mavjud bo‘ladi;
- ishtirok etayotgan mamlakatlarning TMKlari o‘rtasidagi oligopolistik til biriktirish tovarlarga narxlarning ko‘tarilishiga olib keladi;
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishiga mos uning yangi shakllari vujudga kelgan. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quydagilardir:



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin