1. iqtisodiyotga kirish


Bozor infratuzilmasi va uning elementlari



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə27/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

2.6. Bozor infratuzilmasi va uning elementlari

Bozor infratuzilmasi - bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir.
Bozorning miqyosi, undagi tovarlarninig tarkibi ayirboshlash tavsifiga qarab infratuzilma bo‘g‘inlarining quyidagi turlariga bo‘linadi:
1. Barcha bozor aloqalariga xizmat qiluvchi infratuzilma. Bu barcha bozorlarga xos infratuzilmadir. Bunga sug‘urta, savdo- sotiq, sherik topish, pulni undirish kabi xizmatlarni ko‘rsatuvchi muassasalar kiradi. Xususan bank muassasalari, kreditlash idoralari, sug‘urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari va shu kabilar.
2. Maxsus bozorlarda xizmat ko‘rsatuvchi inistitutlar. Bular jumlasiga birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari, reklama kompaniyalarini kiritish mumkin.
Bozor infratuzilmasining bu unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-kredit ishlariga, sherik topishiga, ish kuchini yollashiga ko‘maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida aloqa o‘rnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulkchiligida faoliyat ko‘rsatsa, boshqalari mustaqil muassasa va uyushmalardan iborat bo‘lib, ko‘rsatgan xizmatlari uchun haq oladi.
Tovar, moliya va ishchi kuchi bozorlari infrastrukturasi farqlanadi. Tovar bozori infratuzilmasi tovar birjalari, chakana va ulgurji savdo korxonalari, auksion, yarmarka, birjadan tashqari tasnifidagi vositachilik firmalaridan iborat, tovar (xizmat)lar muomalasiga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar muhim o‘rin tutadi.
Moliya bozori infratuzilmasi o‘z ichiga fond va valyuta birjalar, banklar, sug‘urta kompaniyalar va fondlarni qamrab olgan.
Ishchi kuchi bozori infratuzilmasiga esa mehnat birjalari, bandlik va qayta o‘qitish, migratsiya’ni tartibga soluvchi xizmatlar kiradi.


Birja - namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo sotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasalaridir.


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin