1. iqtisodiyotga kirish


Bozor tuzulishi-bu uning alohida elementlarining ichki tarkibi. Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə26/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Bozor tuzulishi-bu uning alohida elementlarining ichki tarkibi. Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra bozorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.
Bozor hududiy jihatdan quyidagi turlarga bo‘linadi: mahalliy bozorlar (Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Pekin bozori); milliy bozorlar (O‘zbekiston bozori, Rossiya bozori); xududiy bozorlar (Markaziy Osiyo, G‘arbiy Yevropa bozori) va jahon bozori.
Mahsulotni sotish tavsifiga ko‘ra bozor ulgurji va chakana turdagi bozorlarga bo‘linadi. Ulgurji bozorda tovarlar ko‘tarasiga sotiladi, savdo to‘g‘risida gap yuritiladi. Chakana savdoda asosan sotib olingan tovarlar fuqarolarga sotiladi.
Tarmoqlar bo‘yicha avtomobil, kompyuter, bug‘doy, paxta va shu kabi bozorlar farqlanadi.
Industrial jamiyatda iste’molchilar talablari, texnologiyalar va resurslarning tarkibi juda o‘zgaruvchandir. Bozor iqtisodiyoti bu o‘zgarishlaraga moslasha oladimi? Ha moslasha oladi, raqobatli narx mexanizmi yordamida. Insonlar didlarining o‘zgarishi mahsulotlarga bo‘lgan talabning o‘zgarishiga olib keladi. Talab oshgan mahsulotga narx ko‘tariladi, talab pasaygan mahsulotga narx pasayadi. Aynan narx orqali ishlab chiqarishga (firmalarga) bozordagi ahvol xususida axborat yetkaziladi. Narxi pasaygan tovarlarni ishlab chiqarish miqdori kamaytiriladi, chunki ularga talab pasaygan, narxi ko‘tarilgan tovarlarni ishlab chiqarish miqdori ko‘paytiriladi, chunki ularga talab oshgan. Raqobat esa bu jarayonda doimo mavjud bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar o‘z manfaatlaridan kelib chiqib yuqori foyda va naf olish maqsadida tovar ishlab chiqarish, sotish va xarid qilish uchun qulay mavqeni egallash uchun kurashadilar. Demak, narx va raqobat bozorni tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi mexanzimdir. Shu bois bozor moslanuvchanlik, samaradorlik va muvozanatga intilish kabi o‘ziga xos xususiyatlarga ega.



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin