1. iqtisodiyotga kirish


Turli ehtiyojlarni qondirish, tovarlar va xizmatlar sifatini yaxshilash, narxlarni pasaytirish qobiliyati



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə22/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Turli ehtiyojlarni qondirish, tovarlar va xizmatlar sifatini yaxshilash, narxlarni pasaytirish qobiliyati. O‘z mahsulotlarining yuqori rentabelligi va raqobatbardoshliligini ta’minlash uchun firmalar o‘z mahsulotlari assortimentini ko‘paytirishga va sifatini oshirishga intiladilar. Jamiyatning tobora o‘sib va o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun tadbirkorlar tobora ko‘proq yangi usullarni topishlari kerak bo‘ladi albatta. Ushbu poygada tadbirkorlar tomonidan o‘zgartirilgan va takomillashtirilgan mahsulotlar bozorga chiqariladi, mutlaqo yangi iste’mol buyumlari va xizmatlar yaratiladi. Shu bilan birga, yaroqliligi yoki foydaliligi iste’molchilarni qoniqtirmay qo‘ygan eskirgan mahsulotlar va xizmatlar raqobat maydonidan, ya’ni bozordan chiqariladi. Shunga ko‘ra, ilgari ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yaratishda ishtirok etgan resurslar yangilangan modellarni olish uchun ishlatiladi. Mahsulotlarning yangilangan modellariga e’tibor qaratish bilan bir qatorda, ishlab chiqaruvchilar iste’molchilarni jalb qilishda mahsulot sifatini yaxshilash va narxini pasaytirish vositasidan foydalanadi. Tabiiyki, raqobatdosh firmalar tomonidan taklif etilayotgan shunga o‘xshash bir qator mahsulotlardan iste’molchi eng yuqori sifatli va arzon variantni tanlashga intiladi. Narxlarning pasayishi ishlab chiqaruvchilarning mavjud resurslardan unumli foydalanishga doimiy intilishlariga asoslanadi. Texnologiya yaxshilanishi va ishlab chiqarish tannarxi pasayishi bilan tovarlar narxini pasaytirish mumkin bo‘ladi. O‘zgaruvchan sharoitlarga yuqori darajada moslashuvchanlik qobiliyati. Hozirgi jamiyatda iste’molchilarning xohish-istaklari, ishlab chiqarish texnologiyalari va yetkazib berilgan resurslar tarkibi tezda o‘zgaradi. Bozor iqtisodiyoti bu o‘zgarishlarga o‘z mexanizmi yordamida moslasha oladi. Bozor iqtisodiyoti o‘z mexanizmi (raqobat va narx) yordamida iste’molchilar didining o‘zgarishi natijasida talabdagi o‘zgarishlarga ishlab chiqarishni (taklifni) moslashtira oladi. Shunga yarasha resurslar ham qayta taqsimlanadi.


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin