1. iqtisodiyotga kirish


TALAB VA TAKLIF, BOZOR MUVOZANATI



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə30/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

3. TALAB VA TAKLIF, BOZOR MUVOZANATI

3.1. Talab tushunchasi. Talab qonuni. Talab miqdoriga ta‘sir etuvchi omillar
Talab to‘lovga qobil ehtiyojdir. U bozorga chiqqan va kerakli miqdordagi pul bilan ta’minlangan ehtiyojni ifoda etadi. Talab ehtiyojdan kelib chiqadi, xaridga ajratilgan pul shaklida ifoda etiladi. Masalan, kimdir avtomobil sotib olmoqchi bo‘lsayu, ammo puli bo‘lmasa bunday ehtiyoj talab emas. Demak, talab shunchaki ehtiyoj emas, balki to‘lovga qobil, pul bilan ta’minlangan ehtiyojning bir qismi.


Talab (ingl. demand) — bu ma’lum vaqt ichida xaridor bozorda mavjud bo‘lgan narxda sotib olishlari mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori. Talab hajmi ushbu mahsulot narxiga, boshqa mahsulotlar (o‘rnini bosuvchi mahsulotlar) narxiga, xaridorlarning daromadlariga va ularning didiga bog‘liq.

Narx (P) va tovarlar miqdori (Q) o‘rtasidagi bog‘liqlik grafik shaklida taqdim etilishi mumkin (3.1-rasm). Mahsulot narxi va talab hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiruvchi chiziq talab egri chizig‘i (DD) deyiladi.


3.1 - rasm.Talab egri chizig‘i
Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni aks ettiradi. Grafikdagi har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste’molchi shu narxda sotib olishi mumkin bo‘lgan tovar miqdorini ko‘rsatadi.
Agarda narx darajasi 35mln. so‘mdan 50 mln. so‘mgacha pasaysa, unda talab hajmi 1 tonnadan 6 tonnagacha ko‘paymoqda. Agar mahsulot narxi 50mln. so‘mdan 350 mln. so‘mgacha oshib borsa, unda talab hajmi 6 tonnadan 1 tonnagacha kamayib boradi. Demak, talabning egri chizig‘ida bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga harakati, bir o‘zgaruvchan narxning o‘zgarishi, boshqa o‘zgaruvchan sotish hajmining qarama - qarshi tarafga harakat qilishini ko‘rsatadi. Agarda DD egri chiziq o‘zgarmaydi deydigan bo‘lsak unda talab o‘zgarmagan bo‘ladi. Narxning o‘zgarishi faqatgina sotish hajmini o‘zgartiradi.
Talabning tub xususiyati quyidagicha: narxning pasayishi talab miqdorining ko‘payishiga olib keladi va aksincha, narx oshsa, talab miqdori kamayadi. Demak, narx bilan talab o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud. Ana shu bog‘liqlikka talab qonuni deyiladi. Binobarin, talab qonuniga binoan boshqa sharoitlar o‘zgarmas bo‘lganda tovarlarga talab ular narxiga teskari mutanosiblikda bo‘ladi.
Bu qonunga muvofiq, bozorda sotib olinayotgan tovarlar va xizmatlarning miqdori narxlar darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, biror bir mahsulotning narxi yuqori bo‘lsa unda bu mahsulot kamroq xarid etiladi. Endi faraz qilamizki, ushbu tovarning narxi pasaymoqda, unda bu mahsulot ko‘proq sotib olinadi.
Narx oshishi bilan talab hajmining pasayishi sabablari quyidagilardan iborat:




  1. Yüklə 1,03 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin