1. iqtisodiyotga kirish


- rasm.Taklif egri chizig‘i



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə34/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

3.4- rasm.Taklif egri chizig‘i
Taklif egri chizig‘i o‘zida taklif qonunini aks ettirmoqda. Unga muvofiq tovarning narxi qanchalik yuqori (past) bo‘lsa, shunchalik ko‘p (kam) tovar ishlab chiqariladi va bozorda sotish uchun taklif etiladi. Narxlarning o‘sishi qo‘shimcha foyda olishga olib keladi, bu esa ularga ishlab chiqarishlarini kengaytirishga imkon beradi, shuningdek bozorga yangi ishlab chiqaruvchilarni jalb qilish imkonini beradi. Ishlab chiqaruvchi qanday narxda qancha mahsulot ishlab chiqarish muammosini, narx qancha yuqori bo‘lsa, taklif miqdori shunchalik ko‘p bo‘lishini, narx qancha past bo‘lsa, taklif miqdori shunchalik kam bo‘lishini anglagan holda echimini topishga harakat qiladi.
Shu bilan birga narx o‘zgarmagan sharoitda taklif narxdan tashqari omillar ta’sirida o‘zgarishi mumkin. Ushbu omillar quyidagilardan iborat:
1. Resurslar narxlarinig o‘zgarishi. Masalan, mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan narxning pasayishi paxtaning taklifini oshiradi.
2. Texnologiyadagi o‘zgarishlar. Masalan, paxta viltiga qarshi samarali vositani yaratish paxta taklifini oshiradi.
3. Dotatsiya va soliqlardagi o‘zgarishlar. Masalan, sigaretalarga aksiz soliqlarining ortishi uning taklifini kamaytiradi. Universitetlarga beriladigan dotatsiyalar kamayishi oliy ma’lumotli mutaxassislar taklifini kamaytiradi.
4. Boshqa tovarlarga bo‘lgan narxning o‘zgarishi. Masalan, mol go‘shtiga bo‘lgan narxning ko‘tarilishi qo‘y go‘shtining taklifini oshiradi.
5. Kutishdagi o‘zgarishlar. Masalan, kelgusida neftga bo‘lgan narxning pasayishi neft kompaniyalarini uning joriy taklifini ko‘paytirishlariga majbur qiladi.
6. Tovar ishlab chiqaruvchilar sonining o‘zgarishi. Masalan, holodilniklarni ishlab chiqaruvchi firmalar sonining o‘sishi uning taklifini ortishiga olib keladi
3.5-rasm. Tovarlar taklifining g‘ayribaho omillar ta’sirida o‘zgarishi
3.5-rasm taklifning S egri chizig‘i S1 dan S2 ga siljiganda narx o‘zgarmagan holda tovarlarning taklifi Q dan Q1 ga kamaymoqda. Agarda taklifning S egri egri chiziq S dan S2 ga siljiganda narx o‘zgarmagan holda tovarlarning taklifi Q dan Q2 ga ortmoqda. Taklifdagi bu o‘zgarishlar g‘ayribaho omillar ta’sirida yuz bermoqda.


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin