Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Talab qonunini tushuntiring. Talabga qanday omillar ta’sir qiladi? Bu omillardan har biri o‘zgarsa, talab egri chizig‘ida qanday o‘zgarish ro‘y beradi?
2. Talabning miqdori va talabning o‘zini o‘zgarishi deganda nimani tushunasiz?
3. Taklif qonunini tushuntiring. Taklifga qanday omillar ta’sir qiladi? Bu omillardan har biri o‘zgarsa, talab egri chizig‘ida qanday o‘zgarish ro‘y beradi?
4. Taklifning miqdori va taklifning o‘zini o‘zgarishi deganda nimani tushunasiz?
5. Bozor narxi shakllanishining asosiy shartlarini aytib bering
6. Talab va taklifning quyidagi o‘zgarishlarining har biri raqobatli bozorda muvozanatli narx va mahsulotlarning muvozanatli miqdoriga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Javoblaringizning to‘g‘riligini tekshirish uchun talab va taklif diagrammasidan foydalaning.
4. ELASTIKLIK
. Elastiklik tushunchasi va uni iqtisodiyot fanida qo‘llanishining o‘ziga xosligi
Talab va taklifni tahlil qilish narx va narxdan tashqari omillar ta’sirida talab va taklif o‘zgarishlarining umumiy yo‘nalishlarini aniqlashga va asosiy qonun - talab va taklif qonunining kashf etilishiga imkon berdi. Biroq, narxlarning oshishi mahsulotga bo‘lgan talab hajmining pasayishiga olib kelishini bilish yetarli emas, unga aniqroq miqdoriy baho berish kerak, chunki narxning pasayishi tez yoki sekin, kuchli yoki kuchsiz bo‘lishi mumkin. Demak, talab va taklif qonunlarining miqdoran o‘zgarib borishi talab va taklif elastikligini ifoda etadi. Shunga qarab narxning o‘zgarishiga javoban talab yoki taklif naqadar o‘zgarganligini bilish mumkin. Talab va taklifni o‘lchash iqtisodiy tahlilning muhim vositasidir. Zero, u tovarlarni sotish natijasida olinadigan tushumga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Yuqorida qayd qilganimizdek, narxning oshishi tovarlarni sotish hajmining pasayishiga olib keladi va aksincha. Bunday ta’sirning intensivligi bir xilda bo‘lmasligi mumkin, har bir o‘zgaruvchi (narx va mahsulotni sotish hajmi) o‘lchovdosh bo‘lmasligi mumkin.
“Elastiklik” bir - birini taqozo etuvchi o‘zgaruvchilarni, ya’ni narx va mahsulotni sotish hajmi o‘rtasidagi nisbatni o‘lchashda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |