Mavzu: Jaloliddin Rumiyning «Masnaviyi ma’naviy» asarida ot timsolining tasavvufiy tahlili
Reja
1.Jaloliddin Rumiyning hayoti va ijodi.
2.«Masnaviyi ma’naviy» asrining tuzilishi va tarjimalari.
3.Jaloliddin Rumiyning «Masnaviyi ma’naviy» asarida ma’naviyatga e’tibor.
4. Jaloliddin Rumiyning «Masnaviyi ma’naviy» asarida ot timsolining tasavvufiy tahlili
Jaloliddin Rumiy 1207- yili Balxda ziyoli oilasida tug'iladi. Uning otasi Bahoviddin Valad sufiylik va fiqh donishmandlaridan bo'lib, zamonasining eng obro'li allomasi edi. Shuning uchun ham Sulton Muhammad Xorazmshoh (11991220) uni saroyga da'vat etadi. Lekin Valad bu taklifni rad etib, maktabdorlik hamda ilmiy ijodiy ishlar bilan mashgul bo'ladi. Uning obro'si kundan kunga oshib, turli o'lkalardan shogirdlar oqib kela boshlaydi. Bo'ni ko'rolmagan va shia mazhabidagilarga ters qarab yurgan Xorazmshoh saroyda unga nisbatan bo'hton tarqatadi. Sulton g'azabidan qo'rqqan olim, Jaloliddin 6 yasharligida 400 shogirdi va oilasi bilan Makkaga qarab safarga jo'naydi. 1247 yilgi bir isyon paytida Shamsi Tabriziy bedarak yuqolgach, Rumiy uz gazallarida «Shamsi Tabriziy», «Shams» taxalluslarini qo'llay boshlaydi. Shoir g'azallarining Shamsi Tabriziy devoni nomi bilan shuhrat qozonishining boisi ham shunda. Jaloliddin Rumiy 1273 yili vafot etgan.
Jaloliddin Rumiydan bizga qadar she'rlar devoni, «Makotib», «Fix mo fix» hamda «Masnaviyi ma'naviy» kitoblari meros bulib qolgan. «Fix mo fix» nasriy asar bulib, olimning turli majlis va suhbatlardagi falsafiy nutqlarining majmuasidir. «Mukotib» esa muallifning zamondoshlari va ustozlari bilan bulgan turli ezishmalari maktublaridan iborat. Har ikki kitobda ham muallifning ijtimoiyfalsafiy, axloqiy ta'limiy mushohadalari, so'fiyona qarashlari uz aksini topgan. Shoir devoni 25 ming baytdan ziyod she'rlarni o'z ichiga olgan.
Jahon madaniyatidagi eng buyuk yodgorliklardan biri hisoblangan Jaloliddin Rumiyning ”Masnaviy ma’naviy” kulliyoti to’liq 6 daftardan, aniqrog’i 54 ming misradan iborat bo’lib, u mavlono tomonidan 10 yil mobaynida yozib tugatilgan.
Man bandai Qur’onam agar jon doram,
Man xoki rahi Muhammadi muxtoram.
Gar naql kunad juz in kas az guftoram,
Bezoram az o’, va zin suxan bezoram.
U kishi aytadilarki: Masnaviyi mo do’koni vahdat ast, g’ayri vohid har chi bini on bat ast degan. Masalan, Bizning Masnaviymiz bu vahdat do’koni, agar sen shu do’konda vahdatdan boshqa narsani ko’rsang, bilginki u butparastlikdir. Demak bu do’konda vahdatdan boshqa hech narsa yo’q. Ya’ni, Masnaviy boshdan-oyoq xudoning yagonaligi va iymon masalalarini atroflicha inkishof etadi, kashf etadi. U qaysi rivoyatga murojaat qilmasin, vahdat goyasiga kelib taqaladi. Uning nazarida Masnaviyning o’zak masalasi iymon masalasi.
Jaloliddinning bobosi Husayn al Xatibiy payg'ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamning suyukli sahobasi, qaynotasi va birinchi xalifa Abu Bakr siddiq avlodidan bo'lsa, momosi otasining onasi Aloiddin Muhammad Xorazmshohning qizi edi. Demak, uning tomirida oqib turgan qon turkiylashgan arab va xorazmiy turkiy qoni edi. Bundan chiqadiki, ingliz, rus, fors va boshqa millat tadqiqotchilari da'vo qilganiday, Jaloliddin Rumiy fors shoiri emas, o'sha zamon rusumiga ko'ra fors tilida ijod qilgan turkiydir, turkiy adabiyotning forsigo'y shoiridir. Uning o'g'li Sulton Valadning turkiyda bitgan asarlari buni yana bir karra yaqqol tasdiqlaydi. Sulton Valad Onado'lida turkiyda asarlar bitgan ilk yirik shoir va mutafakkir hisoblanadi. Uning forsiy va turkiyda yozilgan she'rlarini o'z ichiga olgan «Devon»i 1925 va 1941 yillarda «Devoni Sulton Valad» nomi bilan Turkiyada chop etilgan. Bundan tashqari uning «Masnaviyoti Valadiyya» nomli uch jildlik ma'rifiy asariga kirgan «Ibtidonoma», «Rubobnoma», «Intihonoma»da va «Naf'if ul-furu'» deb nomlangan ta'limiy asarlarida ham turkiy bitiklarning ko'plab uchrashi o'z ijodida vaqti-vaqti bilan otasi Jaloliddin Rumiyning ona tiliga murojaat etib turganidan dalolat beradi. 1215 yil atrofida mo'g'ullarning xorazmshohlar davlati va Bag'dod xalifatiga bosqini muqarrarligiga oldindan ko'zi etgan va Majdidin Bag'dodiyning Amudaryoga cho'ktirib qatl etilishiga bildirgan noroziligi tufayli xorazmshohlar saroyining qasoskor Shayxul islomi Faxriddin Roziy bilan, shuningdek, va'zida biroz tanbeh bergani uchun Aloiddin Xorazmshohning o'zi bilan munosabatlari yomonlashgani sababli o'ziga va oilasiga bo'lajak suiqasd xavfini sezgan Bahoiddin Valad hajni bahona qilib, Xurosonni tark etishga majbur bo'ladi.
U oilasi va qirq (ba'zi manbalarda uch yuz) muridi bilan butun boshli karvon bo'lib mashaqqatli yo'lga chiqadi. Karvon kunlarning birida Umar Xayyom vatani Nishopurga keladi va xuddi shu erda (boshqa bir manbada Damashqda) yosh Jaloliddin Farididdin Attor (1119 1230) bilan ko'rishadi. Farididdin Attor otasiga ergashib kelayotgan bolakayda zo'r ruhiy kuch-quvvat yashirinib yotganini bir qarashdayoq payqaydi: «Yo rabbiy! Bir dengiz ortidan bir ummonning ergashib kelishini qarang!» deya hayratlanadi, Bahoiddin Valadga: «O’g'lingiz yaqin orada dunyo g'amida yurganlar yuragiga o't qo'yadi» deb bashorat qiladi va Jaloliddinga o'zining «Asrornoma» asarini tuhfa etadi. Jaloliddin bu asarni umrining oxirigacha qo'lidan qo'ymaydi: xursandlik chog'larida ham, g'ussali damlarida ham u bilan do'st bo'lib qoladi. Ko'nglini bezovta qilgan shubhali savollariga shu kitobdan javob axtaradi. Eronlik olim Muhammad Iste'lomiyga ko'ra, Bahoiddin Valad oilasi va muridlari bilan salkam o'n uch yillik sarson-sargardonlikdan so'ng 1228 yili Rumda, saljuqlarning g'arbiy sultonatida, Rumning bosh shahri Ko'nyoda qo'nim topadi. (Bu esa Bahoiddin Valadning o'z qondoshlari, tildoshlari millatdoshlari orasida yashash uchun intilganiga yana bir dalildir.) Ungacha chamasi besh-olti yil mobaynida Bag'dodda, Hijozda, Damashqda, Shomda yashaydi. Nihoyat Shom orqali hozirgi Turkiya tuprog'iga Arzinjonga, Malatvaga, Sivasga, undan Oqshaharga o'tadi. Bu erda to'rt yilcha madrasalarda mudarrislik qilib, so'ngra Loranda (hozirgi Qahramon) shahriga boradi. Shahar hokimi Amir Musa unga atab qurdirgan madrasada bosh mudarris bo'lib ishlaydi. Jaloliddin xuddi shu erda 1225 yili Hoji Sharafiddin Lolo Samarqandiyning Gavhar ismli qiziga uylanadi. Uning to'ng'ich farzandi va keyinchalik sadoqatli muridi, o'z ota-bobolari haqidagi «Valadnoma» asarining muallifi Sulton Valad shu shaharda dunyoga keladi. Otasi vafotidan bir yil o'tib, Jaloliddin garchi o'zi bosh mudarris va muftiy bo'lsa-da, Bahoiddin Valad muridlaridan bo'lmish Sayyid Burhoniddin Muhaqqiq Termiziyga shogird tushadi. Bahoiddin Valad o'g'lini so'fiylikning ichki sohiriy sir-asrorlari bilan tanishtirishga ulgurmay hayotdan ko'z yumadi. Bu vazifani Burhoniddin Muhaqqiq o'z zimmasiga oladi. Jaloliddin Muhaqqiq rahbarligida so'fiylarning ikki ulug' shayxi Hakim Sanoyi va Farididdin Attor asarlarini chuqur o'rganadi, ularning ruhiga kiradi va unda so'fiylik mayli kuchayadi. Garchi buni uning o'zi keyinchalik: «Attor ruh bud va Sanoyi du chashmi o', mo az be Sanoyi va Attor omadim» («Attor ruh ediyu Sanoyi uning ikki ko'zi edi, biz esa Sanoyi va Attorga izdosh bo'lib keldik») deya kamtarlik bilan qayd etgan bo'lsa-da, she'riyatda ustozlaridan o'zib ketadi. Uning ijodini atroflicha o'rgangan eronlik rumiyshunos Taqiy Purnomdoriyon «Mavlaviy she'riyati shakl, hajm, mavzu va irfoniy ma'no-mazmun ko'lami jihatidan Sanoyi va Attor she'riyatidan ustundir» deya e'tirof etadi.
Taniqli shoir Sulaymon Rahmon jahon adabiyotining buyuk siymosi Mavlono Jaloliddin Rumiyning «Masnaviy ma’naviy» asarining birinchi daftarini tarjima qildi. Ungacha bu asarni Jamol Kamol, Asqar Mahkam va Odil Ikrom tarjimasida o'qigan edik. Ancha vaqt avval, Asqar Mahkamga bag'ishlangan maqolamda yozganimdek, «Masnaviy»ning har bir tarjimasi undagi yutuq va kamchiliklari bilan navbatdagi tarjima uchun qo'yilgan bir qadam bo'lib xizmat qiladi. Diqqatingizga havola etilayotgan maqolada Sulaymon Rahmon nima uchun bu mashaqqatli ishga kirishgani sabablarini oldingi tarjimalarni tahlil etgan holda ochishga harakat qiladi. Yaqin kunlarda yangi tarjimadan parchalar taqdim etamiz. Qolaversa, Sulaymon Rahmonning maqolasida bildirilgan fikr-mulohalarni bo'yicha tasavvufshunos olimlarni va o'quvchilarni bahsu munozaraga da'vat etamiz. Yirik ilohiyotshunos, fiqh olimi, so'fiy va ulamolar sultoni bo'lmish Bahoiddin Valad Rum sultoni Aloiddin Kayqubod taklifiga ko'ra Ko'nyoga keladi va shaharning bosh madrasasida bosh mudarrrislik lavozimiga tayinlanadi. Bu erda u voizlik va nashr ishlari bilan shug'ullanadi. Uning va'zlarini nafaqat oddiy xalq, ulamoyu eshonlar, amirlar, voliylar, hatto sulton Aloiddin Kayqubodning o'zi ham jon qulog'i bilan tinglaydi. Bahoiddin Valaddan kundaliklar, va'zlar, ajabtovur ruhiy holatlar va manzaralar qayd etilgan «Maorif» to'plami meros bo'lib qolgan. Bu to'plam uni tushuntirish va talqin etishga urinayotgan aksariyat tadqiqotchilarni halihanuz lol etib keladi.
Deydilarki, mavlono «Masnaviy»ni ko'pincha badiha tarzida qo'shiq qilib kuylagan. Husomiddin Chalabiy qog'oz-dovoti bilan mavlonoga soyaday ergashib yurgan: bu tun, bu kunduz, bu madrasa, bu ko'cha, bu zikr payti, bu hammom demagan, qaerdaki Rumiyga ilhom kelsa, qaerdaki u sukr holatiga tushsa, badiha aytsa, hamisha hoziru nozir Chalabiy darhol yozib olgan. Keyin uni Rumiyga o'qib bergan, shoir o'zgarishlar kiritgan, sayqallagan, tahrir qilgan, shundan so'ng Chalabiy uni oqqa ko'chirib qo'ygan. Ba'zan-ba'zan o'g'li Sulton Valad ham kotiblik ishida qatnashgan. Bu og'ir, mashaqqatli ijodiy mehnat o'n ikki yil davom etgan. Ma'lumotlarga ko'ra, Rumiy vafotidan oldin ham «Masnaviy»ni boshdan-oyoq tahrir qilib chiqqan: Husomiddin va o'g'li Sulton Valad navbati bilan asarni o'qib turgan, Rumiy esa noaniq o'rinlarga aniqlik kiritgan, u yoki bu oyatning tafsiridagi mavhumliklarni bartaraf etgan, o'rniga tushmagan, talaffuzi qiyin so'zlarni almashtirgan. Rumiy asarlari tarjimasiga istiqlol yillarida yo'l ochildi. Bu ishga ilk daf'a Jumaniyoz Jabborov va Shoislom Shomuhamedov qo'l urdi. Ular shoirning ba'zi g'azallarini tarjima qildilar. Keyinchalik Sirojiddin Sayyid ham uning g'azallaridan bir dastasini o'girdi. Jamol Kamol avvaliga «Masnaviy» rivoyatlaridan ba'zilarini va ayrim ruboiylarni tarjima qilib, «Uchmoqqa qanot yo'q vale uchgayman» nomli kitobcha chiqardi, keyinroq esa «Masnaviy»ni o'quvchilar hukmiga to'liq havola etdi. Bu asarning birinchi daftaridan Asqar Mahkam ham kattagina parchani she'riy, lisoniy tarjimasi va sharhlari bilan alohida kitob holida e'lon qildi. Shu tariqa o'zbek kitobxoni ham o'z bobokaloni ijodi bilan tanishish imkoniga muyassar bo'ldi. Men bir o'quvchi sifatida bu tarjimalarni katta qiziqish bilan sinchiklab mutolaa qildim. Maqsadim Rumiyni bilish va bir paytlar Najmiddin Komilov menga ta'rifini keltirgan bu ulug' zot ijodidan bahra olish edi. Ammo yashirmayman, har ikkala tarjima ham hafsalamni pir qildi. Ular nazarimda shosha-pisha chalakam-chatti, chalkash-chulkash, pala-partish qilinganday tuyuldi. Eng yomoni, o'zbek tarjimonlari ham «Masnaviy»ni xuddi amerikalik va rus tarjimonlari kabi buzib, o'zlaridan qo'shib-chatib, ma'nolarni burib, erkin tarjima qilganlariga guvoh bo'ldim. Ular bu dohiyona asar tarjimasiga shu qadar nopisandlik bilan yondashganlarki, hatto uning masnaviy juft qofiyali baytlar ekanligini unutib (garchi aruzda o'girishga urinsalar-da), ko'p o'rinlarda baytlarni qofiyalashni ham esdan chiqarib qo'yganlar. Ochig'i, «Ne gunoh qildingki, boshing bo'ldi kal, Yoki sen ham yog'ni to'kkansan magar?», «Sen azizlarni o'zingdek bilmagil, Garchi o'xshashdir yozuvda «sher»u «shir», «Gar desangkim, bilmagaymen, kimdir ul? Nuhni yolg'iz Nuhga monandlar bilur», «Hikmati Haq mone bo'lgay har safar, Jam etib, sihhatda tutgay to ajal», «Juzv-juzvkim ayriliqdin o'rtanur, Ne emish joni g'aribning holi ul?», «Bandalik ne, saltanat ne, ma'lum ul, Ishq ularning ikkisidin sirlidir», «Senki odamzodasen, gavharcha bo'l, Jumla zuryodingni o'z jismingda ko'r», «O’g'ri ul dastorni ochdi bir mahal, Har taraf sochildi latta-luttalar», «Aqlu idrok yoshda ermas, boshdadir, Soch-soqol oqiga boqma, ey o'g'il», «To ko'ngil oyina bo'lsin, jilvagar, Har nafas aks etsin unda bir go'zal», «Ey darig'o, koshki oldinroq ajal Kelsa, chekmasdim azobim munchalar», «Ul emish san'atda Ozar, men sanam, Ne yasar bo'lsa, o'shaldirmen hamon», «Dedi: hech gapmas ular aylab jadal, Eshshak o'rnida meni ham tutsalar» (J.Kamol), «Ul kanizak darddan soch tolasi, shoh ko'zi qon yoshidan daryo kabi», «Qo'llaridan, manglayidan o'pdi shoh, Ham maqomu yo'lidan qildi savol», «Necha yillik suhbatimiz hurmati, Kel, u xushhol holidan bir so'ylagil», «Chunki marhumki, muhabbat bu fano, Chunki marhum qaytmagay hech qachon», «Hay, darig'! deb yuldi soqol, sochini, Tund bulut sindirdi (?) oftob jomini(?)» (A. Mahkam) kabi ko'pdan-ko'p qofiyasiz baytlarni ko'rib yoqa ushladim.
Husomiddin Chalabiyning sa'y-harakati tufayli qog'ozga tushgan, tartib berilgan va kitob holiga keltirilgan bu nodir asar endilikda bashariyatning ma'naviy mulkiga aylandi, aqllarni hayratga solguvchi ruhiyat va tafakkur obidasi bo'lib qoldi. Do'sti va muridining sadoqatini qadrlagan Rumiy, chunonchi, «Masnaviy» ning bir necha joyida Husomiddinga murojaat qilib, uning nomini o'zgacha mehr bilan tilga oladi. Husomiddin Rumiy uchun ilhom manbai va «Masnaviy»ni o'qishning mahfiy tartibini bilgan yagona kishi bo'lgan. U Husomiddinni sevib, erkalab unga turli laqablar beradi. «Masnaviy»ning birinchi daftariga yozgan so'zboshisi xutbada uni dinning qilichi (husom qilich) deb atasa, «Masnaviy»ning boshqa bir joyida Husomiddin Shams Tabriziyning muridi bo'lganiga ishora qilib, uni «Ziyo ul Haq», ya'ni Allohning nuri deya sharaflaydi.
«Masnaviy ma’naviy» mohiyatan Qur'oni karimning o'ziga xos she'riy tafsiri va hadisi shariflarning sharhidan, talqinidan iboratdir. Asar «Xutba»sida mavlononing o'zi izohlashicha: «Bu yuraklarga malham bo'lguvchi, g'am-g'ussalarni ketkazguvchi, «ulug', itoatli mirzolar (farishtalar) qo'llari» 1 bilan bitilgan, «tahoratli pok kishilar»dan2 boshqalarning ushlashi harom etilgan, «oldidan ham, ortidan ham (hech qanday) botil-nohaqlik kelmaydigan»,3 rizq-ro'zni mo'l-ko'l qilguvchi, axloqni poklaguvchi va yaxshilaguvchi Qur'oni karim ma'nolarini kashf etguvchi kitobdir». Bu asardagi deyarli har bir bayt yo muqaddas Qur'on oyati, yo hadisi sharif bilan asoslanganligini yoki, aksincha, biror oyat yoxud hadis ma'nosi biror voqea, hodisa va yo rivoyat yordamida ochilganligini, muqaddas kitobdan juda ko'p iqtiboslar olinganini ta'kidlaydi.
1 Qur'onga ishora: «Ulug', itoatli mirzolar (ya'ni, farishtalar) qo'llari bilan (Lavhul Mahfuzdan ko'chirib bitilgandir)». (Abasa surasi, 15-16-oyat».
2 Qur'onga ishora: «Uni faqat tahoratli pok kishilargina ushlarlar». (Voqea, 79-oyat).
3 Qur'onga ishora: «Unga oldidan ham, ortidan ham (hech qanday) botil-nohaqlik kelmas (ya'ni Qur'oni karimning hech qaysi tomonidan biron kitob yo hujjat kelib uni botil qila olmas, chunki u) hikmat va hamdu sano egasi tomonidan nozil qilingandir». (Fusillat surasi, 42-oyat).
Darvoqe, «Masnaviy»da Qur'on oyatlaridan 760 marta iqtibos olingan, 745 o'rinda 703 hadisdan foydalanilgan. Muxtasar aytsak, «Masnaviy ma’naviy»ning botiniy mohiyati shahodat kalimasining ya'ni, «La ilaha illalloh»ning turli-tuman hikoyatlar, masallar, rivoyatlar, hikmatlar zamiriga singdirilgan zikrlari yig'indisidan iboratdir; uning bosh maqsadi ana shu hikoyatlar, latifalar, masallar, rivoyatlar, hikmatlar vositasida tavhidni Allohning yagonaligini, sherigi yo'qligini zikr etish va tasdiqlashdir. Yanayam to'g'rirog'i, bu asar mavlono Rumiyning buyuk zot Allohning yakkayu yagona ekanligini tasdiqlab qilgan zikrlari, Uning Zoti, Sifoti va Qudrati haqidagi fikrlari, Uning bani Odamga bergan ne'matlari uchun Unga astoydil shukrlarining badiiy ifodasidir. Rumiyga ko'ra, inson aslan xuddi farishtalarga o'xshash ko'zga ko'rinmas ruh bo'lib, ma'naviyat olamiga tegishlidir. Ruh Xudodandir. Parvardigor uni Ozi yasagan xok qolipga shaklga, ya'ni, insoniy jussaga jo etgan. Bu qolip, Rumiy iborasi bilan aytsak, suvrat, ya'ni jussa moddiy, foniy, o'tkinchidir. Xuddi egnimizdagi libosday muvaqqatdir. Vaqti-soati etgach, bu libos echiladi va moddiy dunyoda qoladi, tuproqdan bo'lgan vujud yana tuproqqa aylanadi. Ruh esa abadiydir, u yana asliga ma'naviyat, ruhoniyat olamiga Xudoga qaytadi. Inson dunyoga faqat eb-ichish, o'ynab-kulish, boylik orttirish, baland mavqelarni egallash, umuman dunyoviy orzu-havaslarning quli bo'lib yashash uchun emas, balki, eng avvalo o'zini yaratgan Zotni Allohni tanish, Uning amrlarini ado etish uchun, U bilan o'zi o'rtasidagi misoqni bajarish uchun o'z asliga, ma'naviyat olamiga, Xudoga munosib tarzda, yaxshi so'z, yaxshi xulq, yaxshi fe'l bilan va orif holda komil, mukammal bo'lib qaytish uchun intilib yashashi lozim. Bu esa insonning barcha dunyoviy illatlardan g'araz, ig'vo, tuhmat, ta'ma, yolg'on, zino, kibr va boshqa o'nlab, yuzlab, minglab shu kabi yomonliklardan qalban, ruhan poklanishini taqazo etadi. Demak, «Ma'naviy masnaviy»ning asosiy maqsadi insonni illatlardan poklanishga, komillikka, mukammallikka, ma'naviy etuklikka da'vat etishdir. Mavlono asarning boshidayoq «Naynoma»dayoq shunga ishora qiladi. Ruhlar olamidan ajratib olinib, qolipga solingan, ya'ni insoniy qiyofa berilgan ruhni qamishzordan kesib olinib, nayga aylantirilgan va moddiy olamning g'amu tashvishlariga giriftor etilgan qamishga o'xshatadi. Nay o'z asliga qamishlikka va qamishzorga qaytishni istaydi. Inson ruhi ham shu. U boqiy olamdan foniy olamga o'tgan. U aslida pok bo'lgan, moddiy olamda esa unga moddiy orzu-havaslar, turli nafslar, kibru havolar va hokazo illatlar ilashgan. Bu olamda u istasa-istamasa, shunday illatlar bilan kirlanadi. Ammo u o'z boqiy makoniga poklanib qaytishi lozim. Chunki u nafsi, orzu-havaslari yo'lidan yurib, adashgan, o'z asl pokligini, ma'sumligini, begunohligini yo'qotgan: boy bo'lsa saxiylikni unutgan, amalga minsa kibrga berilgan, avomni mensimay qo'ygan va hokazo
Poklanishning yagona yo'li Ishqdir, Alloh sevgisiga berilishdir. Ya'ni, dunyoning o'tkinchi yaltir-yultirlariga mahliyo bo'lmaslik, bularning hammasi shakl suvrat ekanligini tez va teran anglab etish, faqat ma'noni izlash, faqat mohiyatni ko'zlash lozimligini tushunish (ma'no va mohiyat esa, Rumiyga ko'ra, «Al-ma'ni huvallah», ya'ni Allohdir), butun umrini faqat to'g'rilik va halollik bilan o'tkazish uchun kurashishdir, oqibatni, oxiratni o'ylab yashashdir. Yorug' dunyoga kelish va ketishning ma'noyu mohiyatini moddiyat olamidan emas, ma'naviyat olamidan izlash kerak.
«Masnaviy» ma'nolari mohiyatiga ko'ra so'fiylik qomusidir. Ammo uning bu jihatini faqat so'fiylik tariqatini tutganlar yoki uni yaxshi bilganlargina nozik ilg'aydi. Asarga G'azzoliy, Sanoyi, Attor va boshqa nufuzli so'fiylarning tasavvufiy g'oyalari mahorat bilan singdirib yuborilgan. Garchi Jomiyning «Man chi go'yam vasfi on oliyjanob, nist payg'ambar vale dorad kitob» («Men bu oliyjanob vasfida nima ham der edim, payg'ambar emas, lekin kitobi bor») deb bergan bahosi haqiqatga yaqinroq bo'lsa-da, qaysidir shoirning bu asardan nihoyat darajada mutaassir bo'lib, mubolag'a bilan uni «Masnavii ma'naviy» Mavlaviy hast Qur'on dar zaboni pahlaviy» («Mavlaviyning «Masnaviy manaviy»si pahlaviy (fors) tilidagi Qur'ondir») deya ulug'lagani xatodir, shakdir, shirkdir. So'fiyona qarashlardan, tasavvufiy idrokdan yiroq kishilar «Masnaviy»dan yaratmish va yaralmish, xoliq va maxluq, olam va odam, suvrat va siyrat, sabab va oqibat, shakl va ma'no, zohir va botin, fano va baqo, bu dunyo va u dunyo, shohlik va gadolik, yo'qlik va borlik, kufr va iymon, vahdat va kasrat, moddiy va ma'naviy olam kabi dunyoviy hamda uxroviy ilmlardan bahs etuvchi ma'nolar xazinasi, hikmatlar sandig'i, go'zallik manbai bo'lgan mukammal asar sifatida lazzatlanishdan tashqari ishq va ishqsizlik, haqlik va nohaqlik, tavakkul va jahd, haqiqat va yolg'on, vafo va jafo, yaxshilik va yomonlik, oqillik va nodonlik, mehr va g'azab, nafrat va shafqat, poklik va munofiqlik, saxiylik va baxillik, soddalik va makr kabi yuzlab, minglab insoniy-dunyoviy ziddiyatlarga oid vojiza (aforizm) darajasidagi go'zal hikmatlardan bahramand bo'ladi. Ayni paytda kundalik hayotga oid ikir-chikirlar, munosabatlar, vaziyatlar bilan bog'liq jonli lavhalar va ulardan chiqarilgan favqulodda kuchli, o'tkir, dono xulosalar falsafa oshiqlarining aqlini lol etishi, tuyg'ularini larzaga solishi shubhasiz. «Masnaviy»ni o'qish va uning mag'zini chaqish uchun ma'lum tayyorgarlikka ega bo'lish talab etiladi, chunonchi, Qur'oni karimdan, hadisi shariflardan xabardor bo'lish lozim. Shunda buyuk mutafakkir Rumiy olamiga kirish, uning aql-idroki, dunyoviy va laduniy bilimi, she'riy iste'dodi, quvvai hofizasi, teran tafakkuri oldida yoqa ushlaysiz. Ana shunda keltirilgan hikoyatlar, rivoyatlar va masallarning avvalo turli-tumanligi hayratga solsa (jahonning G.X. Andersen va V. Shekspir kabi buyuk adiblari ham Rumiy rivoyatlari va hikoyatlaridan ta'sirlangan), ikkinchidan, ulardan chiqarilgan kutilmagan va favqulodda diniy-falsafiy xulosalar sizni lol etadi. «Masnaviy» bir qarashda mustaqil tuyulgan, aslida bir-biriga chambarchas bog'liq hikoyatlar, rivoyatlar va masallardan yoki bir-biridan kelib chiqadigan orifona hikmatlarga boy voqealar aks etgan bir yuz ellikdan ortiq asarlar zanjiridan iborat. Ko'p o'rinlarda butun boshli rivoyatlaru hikoyatlar turkumini boshlab beradigan asosiy voqea bamisoli hikoyatlarni hoshiyalab turadigan qasnoq vazifasini bajaradi, butun boshli turkum esa yagona qissaga aylanadi. «Masnaviy»da shunday qissalardan o'ttizdan ortig'iga duch kelish mumkin. Boshqa mutasavviflardan farqli o'laroq Rumiy diniy ahkomlarni har bir so'fiy bajarishi shart deb hisoblagan. Ayni paytda musiqa tinglash va qo'shiq aytishga, shuningdek jamoaviy zikr paytida raqs tushishga alohida ahamiyat bergan. Uning uchun dunyoviy musiqa ibtidoiy hayajonni ifoda etadigan samoviy gumbazlar musiqasining in'ikosi hisoblangan. Mavlono zikr tushar ekan, nay va dovul sadolari ostida Alloh bilan oliy muloqotga kirishgan. Darvoqe, darveshlarning haqiqiy ibodati hisoblanmish raqsi samo o'zida ko'zni tindirguvchi, fazoni quvonchga to'ldirguvchi sayyorlar raqsini ifoda etgan.
Yana qaytaraman, «Masnaviy» yaxlit zikr, mujassam zikrdir. Allohdan boshqa iloh yo'qligini muntazam ravishda uqtirib turguvchi buyuk zikrdir.
«Masnaviy» tuzilishi jihatidan murakkab asar. Olmon rumiyshunosi Annemariya Shimmel uni devorlari va shiftlari faqat mutaxassislargina tushunadigan murakkab ko'fiy naqshu nigorlar bilan bezatilgan madrasaga, xususan Ko'nyodagi, vazir Qoratoy tomonidan Rumiy uchun maxsus qurilgan va hozirgacha saqlanib qolgan Qoratoy madrasasi me'morchiligiga qiyoslagan. Bu madrasaning naqshu nigorlari nigohni eng avval yulduzli osmon ostidagi gumbazga, keyin uning markazidagi tuynukka jalb etishi bilan diqqatga sazovor. Bu tuynukdan tunda mo'ralagan yulduzlar aksi sahn o'rtasidagi mo''jaz hovuzchada jilvalanadi. Shimmelga ko'ra, «Masnaviy» inson qalbida uyg'otadigan his-tuyg'ular shu madrasadagi qur'on oyatlaridan kelib chiqqan murakkablik, ruhiy teranlik, cheksizlik timsoli bo'lgan va ayni choqda markaz bilan uyg'unlik kasb etgan shaffof hovuzdagi yulduzlar in'ikosi jilosidan tug'iladigan his-tuyg'ularga uyqashdir.
Qisqasi, «Masnaviy» zakiy o'quvchining ruhiyatini, ma'naviyatini shoirona daho bilan ham ilohiy, ham dunyoviy nurga chulg'aydigan, munavvar etadigan, porlatib yuboradigan tengsiz asardir. «Masnaviy»ning bosh maqsadi g'aflatdagi inson ongini uyg'otishga qaratilgandir. Aslida Husomiddin Chalabiy taklifiga binoan, norasmiy Mavlaviya jamiyati a'zolari uchun she'riy dasturilamal sifatida dunyoga kelgan «Masnaviy» faqat Rumiy ijodininggina emas, balki butun tasavvuf adabiyotining yuksak cho'qqisi hisoblanadi. Tasavvuf adabiyotida mazmunan bir-biriga yaqin zavqli, huzurbaxsh asarlar juda ko'p, ammo dadil aytish kerakki, ulardan birortasi «Masnaviy»chalik keng (uning 500 dan ortiq qo'lyozma nusxasi mavjudligi ma'lum) tarqalgan, «Masnaviy»chalik diqqat va qiziqish bilan (son-sanoqsiz sharhlari, bayonlari, nasriy tarjimalari bor) o'rganilgan emas.
Rumiyxonlik, xususan «masnaviyxonlik» shoir vafotidan keyin favqulodda ommaviy tus oladi. Yo'q, u so'fiylik nazariyasi va amaliyotini asoslab bergan nodir «dasturilamal», tasavvuf qomusi bo'lgani uchun emas, balki murakkab diniy-falsafiy tushunchalarni, mohiyatlarni sodda, chiroyli va tushunarli tilda bayon etib bergani uchun jahon afkor ommasining diqqatini tortgan. Orta va Yaqin Sharqda darslik sifatida o'rganilgan. Ayniqsa Eron, Shimoliy Hindiston, Pokiston va Turkiyada keng shuhrat qozongan. Chunonchi, Turkiyada XX asr boshlariga qadar masnaviyxonliklar maxsus qurilgan binolarda o'tkazib turilgan. Tesha tegmagan tashbehlar va purma'no vojizalarga boy «Masnaviy» butun musulmon Sharqini o'ziga jazb etgan, desak yolg'on bo'lmaydi. Turkistonda «Naqshbandiya» tariqati darveshlari «Masnaviy»dan kamida etti yuz baytni yod bilishlari shart qilib qo'yilganiga nima deysiz?
Bu asar hozirgi kunda ham o’zining ahamiyatini yo’qotmagan holda ma’naviy jihatdan juda katta ozuqa bo’lib kelmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Sulaymon Rahmon. Rumiy va uning durdona asari “Ma’naviy Masnaviy” ning o’zbekcha tarjimasiga oid.
2. Jaloliddin Rumiy. Ma’naviy masnaviy. 1-jild, 1-kitob.
Dostları ilə paylaş: |