61 Adolof Disterbergning pedagogik ta’limoti nimada
62 Pyotr I davrida Rossiyada maktab va pedagogika, M.V. Lomonosovning marifatparvarlik faoliyati va pedagogik qarashlari ahamiyati nimada
63 K. D. Ushinskiyning pedagogika fani taraqqiyotiga qo‘shga hissasi nimada
Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy [1824.19.2(2.3), Tula 1870.22.12 (1871.3.1), Odessa, Kiyevda dafn etilgan] — rus klassik pedagogi, Rossiyada ilmiy pedagogika va xalq maktabi asoschisi. Moskva universitetining yuridik fakultetini tugatgan (1844). Rossiyadagi turli maorif shoxobchalarida, jurnallarda ishlagan.
Ushinskiy pedagogik sistemasining negizi taʼlim va oʻqitish tizimida demokratlashtirishni talab qilishdan iborat boʻlgan. U birinchi boʻlib, pedagogika tarbiyaning ilmiy nazariyasi, degan fikrni ilgari surgan va buni isbot etgan. Ushinskiy pedagogika nazariyasining asosini tarbiyaning xalqchillik gʻoyasi — tarixiy jarayonda mehnatkash xalqning yaratuvchilik kuchini eʼtirof etish tashkil qilgan. Ushinskiy pedagogikani keng maʼnoda bir fan, tor maʼnoda tarbiya sanʼati deb hisoblagan. Ushinskiy tarbiyani shaxsni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy shakllantirishga qaratilgan yaxlit jarayon deb bilgan va bunda axloqiy tarbiya asosiy oʻrinni egallashi lozim deb hisoblagan. Maktabda oʻquvchilar mehnatiga taʼlim va tarbiyaning muhim omillaridan biri sifatida qaragan. Ushinskiy ning axloq va axloqiy tarbiya toʻgʻrisidagi qarashlarida xalqchillik gʻoyalari aks etgan. Ushinskiy yaxlit didaktik tizimni ishlab chiqqan. Unda taʼlim mazmunini tanlash hamda uni bolalarning yosh xususiyatlariga moslashtirish masalalari ochib berilgan. Ushinskiy oʻqitishning psixofizik tabiatini tadqiq etdi, diqqat, qiziqish, xotira, xayol, hissiyot, tafakkur kabi psixologik mexanizmlarni tahlil qildi. Oʻzining "Inson tarbiya predmeti sifatida" degan asarida psixologiyani tajriba maʼlumotlariga asoslanib tuzishga harakat qildi. U bolalar psixologiyasi bilan taʼlimtarbiya psixologiyasini ishlab chiqqan. Maktabda ona tili darsiga katta ahamiyat berdi. Uning "Bolalar dunyosi va xrestomatiya", (1861), "Ona tili" (1864) kabi darsliklari mazmunining boyligi, tili va metodikasi jihatdan oʻz davrining eng namunali oʻquv kitoblaridi.
Dostları ilə paylaş: |