Huquq kelib chiqishi haqidagi nazariyalar
Huquqning kelib chiqish jarayoni va funksiyalarini о`rganishda uning davlat hokimiyati bilan о`zaro bog`liqligi masalasini chetlab о`tish mumkin emas. Ilk davlatlardayoq huquq davlat organlari, ularning vakolatlari, faoliyati doirasi, ya`ni hokimiyat tuzilishini о`rnatuvchi va mustahkamlovchi, davlat hokimiyati tashkil qilishining asosi sifatida paydo bо`lgan.
Huquq, bir tomondan, davlat tashkiliy tо`zidishining zaruriy elementi, ikkinchi tomondan esa davlat hokimiyatini amalga oshirish shakli, davlatni boshqarish vositasi sifatida namoyon bо`ladi. Odatda davlat hokimiyati qonunlarni, boshqa huquqiy hujjatlarni qabul qilish bilan shug`ullanadi, ularning bajarilishini ta`minlaydi. Bu davlat hokimiyatini amalga oshirishning odatdagi huquqiy shaklidir.
Kayerda davlat hokimiyati huquqiy shaklda bо`lmasa, о`sha davlatda о`zboshimchalik, shaxsiy hukmronlik, byurokratiya hukmronlik qiladi, xalq uchun salbiy oqibatga ega bо`lgan juda katta ijtimoiy xaloqatlar kelib chiqadi. Shuning uchun ham davlat hokimiyatining huquqiy shakllar bilan ta`minlanishi — davlat hokimiyati tashkil etilishi va faoliyatining asosiy yо`nalishlaridan biridir. Huquq uchun esa bu — paydo bо`lish va rivojlanishning yana bir obyektiv vositasi hisoblanadi.
Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasida huquq ijtimoiy institut sifatida namoyon bо`ladi. Shuning uchun ham davlat va huquqning kelib chiqishini о`rganish uchun huquqiy nazariyalarga katta о`rin berilgan.
Tabiiy huquq nazariyasi. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha, davlat tomonidan о`rnatilgan huquqdan tashqari insonga (u tug`ilishi bilan) xos bо`lgan tabiiy huquq mavjud. Bu huquqni jamiyat ham, davlat ham insonga xadya qilmagan. Huquq inson va uning faoliyatining asosiy shartidir. Shaxsning tabiiy huquqlariga yashash, erkinlik, tenglik, mulkka egalik va boshqa huquqlar kiradi. Tabiiy huquq — amaldagi pozitiv huquqqa (qonunlarga, odatlarga, pretsedentlarga) nisbatan oliy huquq bо`lib, u о`zida idrok va azaliy adolatni mujassamlashtiradi.
Tabiiy huquq nazariyasi, ijtimoiy voqelik sifatida insondagi azaldan mavjud huquqlar yig`indisi bо`lib, u huquqning kelib chiqishi muammosini mohiyatan yо`qqa chiqaradi. Bu nazariya jamiyat ehtiyojlari va tartibga solish tizimining rivojlanishidagi ma`lum bosqichning obyektiv natijasi bо`lmish huquqhning davlat, sinflar va boisha sotsial tizimlarning kelib chiqishi bilan bog`liqligini inkor etadi.
Bu nazariya huquq kelib chiqishining obyektiv jarayonlarini о`rganish va tushuntirishda har bir insonda ijtimoiy voqelik sifatida ma`lum miqdorda huquqlar bor deb hisoblaydi.
Tabiiy huquq nazariyasi juda katta ijtimoiy salohiyatga ega. Chunki, adolat, insonparvarlik, demokratizm, oddiy idrok bilan amaldagi huquqni (agar u ijtimoiy taraqqiyotga, jamiyatning farovonligiga tо`siq bо`lsa), baholaydi va tanqid qiladi.
Sotsialistik mamlakatlardagi ma`muriy buyruqbozlik, о`ta markazlashgan, davlat mulkiga tayangan hokimiyat va rejali boshqarish tizimidan demokratik huquqiy tizimga, bozor iqtisodiyotiga, inson huquqlarini tan olish va himoya qilishga, turli mulkchilik shakllariga, jumladan xususiy mulkka о`tishda tabiiy huquq nazariyasi о`zining ijtimoiy ahamiyatini yaqqol namoyon etdi.
Tabiiy huquq nazariyasi о`z dalillarini diniy nuqtai nazardan turib asoslashi orqali huquqning kelib chiqishi hakidagi ilohiy (teologik) nazariya bilan ham boklanadi. Haqiqatan ham, agar inson tabiiy huquqlarga dunyoga kelishi bilan ega bо`lsa, bu holat iloxiy kelib chiqsh bilan bog`liq bо`lishi mumkin. Boshqacha aytganda, diniy e`tiqod bо`yicha bu huquqlarni insonga jamiyat yoki davlat emas, balki Yaratganning о`zi beradi.
Teologik (iloxiy) nazariyasida, ayniqsa, foma Akvinskiy (XII — XIII asrlar) davridan boshlab, amaldagi huquqning asosini ilohiy qonunlar va tabiiy huquqlar tashkil qiladi deb e`lon qilingan. Bu nazariyani islom dini va katolik cherkov namoyondalari qо`llaydilar. Huquqning kelib chiqishini tushuntirishda teologik nazariya tarafdorlari asosiy qonunlar insonga Xudo tomonidan beriladi deb kо`rsatilgan diniy kitoblarga tayanganlar.
Ilohiy nazariya ilk sinfiy jamiyat ijtimoiyiqtisodiy hayotining tajribasini, quldorlikning ayrim tomonlarini umumlashtirgan va mustadkamlagan, о`z davrining mahsuloti bо`lgan qonunlarga umumiy, universal ahamiyat beradi, ularni ilohiy aqlning obrо`si bilan mustahkamlaydi.
Tabiiy huquq va ilohiy nazariyalardan farqli о`laroq, huquqning tarixiy maktabi huquq kelib chiqishidagi aniq tarixiy jarayonlarga katta e`tibor beradi. Huquqning tarixiy maktabi IX asrning birinchi yarmida Germaniyada tashkil topgan. Savini (keyinchalik Prussiya qirolining adliya vaziri bо`lgan) va uning tarafdorlari asarlarida asosiy e`tibor odat huquqiga, о`sha davrdagi Yevropaning mahalliy huquq tizimlariga qaratilgan edi. Bu mualliflarning fikricha, huquq qonun chiqaruvchilar tomonidan vujudga keltirilmaydi, huquq xalq ruhining (til paydo bо`lishi kabi) rivojlanishi natijasida о`z-о`zidan paydo bо`ladi, huquqshunos olimlar esa xalq ruxining namoyon bо`lishini sezishlari va ifoda etishlari, uning nizolarini yuridik formulalarda bayon qilishlari, qonun chiqaruvchi esa tayyor huquqni topib, uni amaldagi qonunga aylantirishi lozim. Huquq Savini fikricha, xalq ruhi rivojining mahsulotidir.
Huquqning tarixiy maktabi tarixiy nuqttai nazardan, «huquq — tarixiy taraqqiyotning obyektiv natijasi», deb tо`g`ri xulosa chiqargan. «Xalq ruhi» — deganda nimani tushunish mumkin? YA`ni gap uning rivojlanishining dastlabki sababi nimada ekanligida.
Huquqning tarixiy maktabi — huquqning kelib chiqishini о`rganishda nazariy-huquqiy tafakkurda olg`a qо`yilgan katta qadamdir. Bu maktab huquqning kelib chiqishida etno madaniyat qatlamining ahamiyatini tо`g`ri ilg`ab ola bilgan va turli xalqlarda bu jarayonning xususiyatlarini kо`ra bilgan. Shuningdek, jamiyatning hayotidagi xо`jalikmehnat, madaniy-turmush sohalaridagi «dastlabki sabablarni», «ruh», «ijtimoiy ong» sohasiga kо`chirish soxtalashtirish bо`lib, tanqidiy inkor etilishi lozim.
Huquq kelib chiqishining markscha-lenincha sinfiy nazariyasi bu jarayonga materialistik yondashuvga asoslangan. U huquqning davlat, iqtisodiy tuzum, sinfiy tuzum, zо`rlik va majburlash bilan bog`liq ekanligini bо`rttirib kо`rsatadi. Bu nazariya huquq — huquq normasining majburiy ijrosini ta`minlay oladigan apparatsiz hech narsa emas deb, ta`kidlagan. Shu bilan birga, huquqling jamiyat hayot faoliyatini ta`minlay oladigan tartibga solish sifatidagi qadriyati inkor qilingan, huquqning ta`qib etuvchi, jazolovchi, majburlovchi funksiyasi tatqiq etilgan.
Markscha-lenincha nazariyada huquq normalarining eski ypyg` odatlarini sikib chiqargan sinfiy xususiyati ta`kidlangan, xususiy mulkning kelib chiqishi va sinflarning tashkil topishi bilan yurish-turish qoidalari ijtimoiy tengsizlikni aks ettirgan va mustahkamlagan, jamiyatning sinflarga bо`linishi va davlatning kelib chiqishi bilan yurish-turish qoidalarining ijrosi davlatning majburlashi bilan ta`minlangan.
Huquq kelib chiqishi tо`g`risidagi bu nazariyalarning hammasi ijtimoiy hayotda bо`lgan va xalqlar, davlatlar tarixidagi misollar bilan tasdiqlanishi mumkin. Lekin bu jarayonlarni burttirish, huquqning tashkil topishidagi boshqa umumiy omillarni xaspо`shlash — huquq kelib chiqishining ijgimoiy qonuniyatlarini anglash va tushuntirishdan chetlashish, haqiqatni buzib kо`rsatishdir.
Adabiyotlar rо`yxati:
Антонов И. П. Основи правовой системи Федеративной Республики Германий. (Теоретический и историко-правовой аспекти). – М.: Академия управления МВД России, 2003. – 147 c.
Dostları ilə paylaş: |