Davlat va huquqning kelib chiqishi masalasi barcha huquqshunoslik fanlari uchun muhim mavzudir. Ammo huquqshunos olimlar ushbu masalada umumiy fikrga kelganlaricha yо`q.
Umuman, davlat va huquqning kelib chiqishiga ikki xil yondashish mumkin. Birinchisi — davlat va huquq ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi natijasida paydo bо`lgan degan nuqtai nazar; ikkinchisi – muayyan davrda aniq bir davlat va huquq paydo bо`lgan degan nutqtai nazar. Davlat va huquq nazariyasi uchun umuman davlatning kelib chikishi haqidagi masala alohida ahamiyatga ega.
Avvalambor, davlat va huquqning qanday paydo bо`lganligiga ular о`z rivojlanishida qanday asosiy bosqichlardan о`tganligi nuqtai nazaridan qarash zarur. Hakiqatdan ham, davlat va huquq qanday sharoitda, nima uchun, nima maqsadda paydo bо`lganligi aniqlangandan keyingina ularning tabiatini, mohiyatini va ijtimoiy hayotdagi rolini aniq belgilash mumkin.
Kishilik jamiyatining ilk bosqichlarida davlat ham, huquq ham bо`lmagan. Odamlar bu tushunchalar haqida tasavvurga ham ega bо`lmaganlar. Kishilik jamiyati ma`lum bir tarixiy davr mobaynida davlat va huquq bо`lmasa ham yashay olgan.
Kishilik jamiyatining ibtidoiy jamoa tuzumi deb ataladigan dastlabki bosqichi juda uzoq davom etgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning xayoliga davlat va huquq haqidagi g`oya kelmaganligi uchun emas, balki bularga hali ehtiyoj yо`qligi, jamiyat hali davlat va huquqsiz yashay olishi mumkinligi uchun mavjud emas edi. Davlat va huquq ayrim ijtimoiy guruhlarning yoki sinflarning hohishi natijasida emas, balki kishilarning irodasidan tashqari, jamiyat taraqqiyotining qonuniy natijasi sifatida paydo bо`lgan.
Shunday qilib, davlat va huquq paydo bо`lmasdan oldin ham qadimiy jamiyat bо`lgan. Bu davr ibtidoiy jamoa tuzumi hukmron bо`lgan katta bir tarixiy davrni tashkil etgan.
Agar kishilik jamiyati 3—5 million yil avval paydo bо`lgan bо`lsa, davlat 5—6 ming yil ilgari kelib chiqqan. Demak, davlatning moxiyatini tо`g`ri tushunmoq uchun ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi ijtimoiy hokimiyat va sotsial normalarning ta`rifini bilish zarur.
Uzoq vaqtlar bizning ajdodimiz — kroman`on odam (bundan 40 ming yil avval dunyoga kelgan deb hisoblanadi) ovchilik, baliq tutish, meva va ildizlarni tо`plash bilan, ya`ni tabiatdagi tayyor mahsulotlarni о`zlashtirish bilan hayot kechirgan. Buning uchun u tayyor materiallardan qurol sifatida foydalangan.
Kramonyonlarning ijtimoiy tuzilishi oila jamoasi kо`rinishida bо`lgan. Oila jamoasini eng obrо`li, ozuqa topishda tajribali, odat va udumlarni yaxshi biladigan a`zolar boshqargan. Oila jamoasining asosini qarindoshlik munosabatlari tashkil qilgan. U bir necha avlod — otaonalar, yosh erkak va ayollar hamda bolalarni birlashtirgan. Ular ma`lum hududda kо`chmanchi hayot kechirganlar. Oila jamoasi tashqi hujumdan himoyalanib, harbiy yurishlar tashkil qilish, jamoa bо`lib ov qilish uchun qarindoshlik asosida yirik uyushmalarga birlashishi mumkin bо`lgan.
Ibtidoiy jamoaning sotsial tuzilishi asosida qarindoshlik munosabatlari tashkil qilganligi sababli, bu tashkiliy tuzilish urug`chilik tuzumi deb ataladi. Bu jamiyatda mehnat, oziiq-ovqat, oila-nikoh, munosabatlari aniq belgilangan tizimga asoslangan. Oilaning munosabatlarida erkak va ayolning yoshiga, о`rnatilgan nikoh shakllariga qarab oilaning yakka nikohlikdan haram shakllarigacha bо`lgan turlari tarqalgan.
Mehnat kurollarining oddiyligi, mehnat unumdorligining pastligi kishilarni yashash uchun о`z kuch-g`ayratlarini va ishlab chiqarish vositalarini birlashtirishga majbur qilgan. Ishlab chiqarish vositalari umumiy bо`lib, birgalikda topib keltirilgan mahsulotlar bab-baravar taqsimlangan. Bularning hammasi yuksak darajadagi onglilikdan emas, balki hayotiy zaruratdan kelib chiqqan.
Kishilarning dastlabki yacheykasi avval guruh, keyin qon-qarindoshlik, umumiy mehnat va mulkka asoslangan qabilar urug`doshlik tashkilotlariga bо`lingan. Urug` kishilarning ilk uyushmasi bо`lmagan. U jamoaviy nikohga asoslangan oilaning shakllanish davrida paydo bо`lgan.
Kabila-urug`doshlik tuzumida davlat hokimiyati emas, ijtimoiy hokimiyat bо`lgan. Bu — hudud hokimligi bо`lmay, balki kishilar ustidan hokimlikdir. Chunki urug` kishilarning hududiy birlashmasi emas, shaxsiy birlashmasi edi. Urug` bir joydan ikkinchi joyga kо`chib о`tishi mumkin bо`lgan, binobarin, urug`ning doimiy hududi ham bо`lmagan. Ijtimoiy hokimiyat kuchga (qо`shin, politsiyaga) emas, balki obrо`, izzat-xurmat, urf-odatga tayangan. Ijtimoiy hokimiyat organlari ypyg` a`zolarining kengashi, ular saylagan oqsoqollar, harbiy boshliqlardan iborat bо`lgan. Ularda jamoat ittifiqidan boshqa hech qanday majbur etish usuli bо`lmagan. Jamiyatda imtiyozlilar, boylar va kambagallar bо`lmagan, hamma teng sanalgan.
Davlatga qadar mavjud bо`lgan ijtimoiy hokimiyatning xususiyatlari quyidagilardan iborat bо`lgan: birinchidan, ijtimoiy hokimiyat urug` va qabila doirasida tarqalib, qarindoshlik aloqalariga asoslangan; ikkinchidan, ijtimoiy hokimiyat о`z-о`zini boshqarish va ibtidoiy demokratiyaga asoslangan, ya`ni hokimiyatning subyekti va obyekti bir bо`lgan; uchinchidan, ijtimoiy hokimiyat organlari bо`lgan urug` a`zolarinint yig`ilishlari, oqsoqollar, harbiy boshliqlar ibtidoiy jamoaning eng asosiy masalalarini hal qilganlar.