1. Jamiyat tushunchasi. Ibtidoiy jamiyatdan fuqarolik jamiyatiga qadar


Davlat paydo bо`lishining turli shakllari



Yüklə 284,5 Kb.
səhifə6/16
tarix08.02.2022
ölçüsü284,5 Kb.
#52234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1352812629 37777

Davlat paydo bо`lishining turli shakllari

Haqiqatan ham, davlatning paydo bо`lishi uzoq davom etadigan murakkab tarixiy jarayon bо`lib, bu jarayon, turli xalqlarda, turli mintaqalarda har xil kechgan. Sharqda davlat kelib chiqishining Osiyocha ishlab chiqarishga asoslangan shakli keng tarqalgan. Bunga qadimiy Misr, Bobil, Hind, Xitoy davlatlarining paydo bо`lishini kо`rsatish mumkin. Bu davlatlarda urug`doshlik tuzumining ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalari bо`lmish yerga jamoa mulkchiligi, kollektiv mulkchilik va boshqalar о`ta barqaror bо`lgan. Bu davlatlar bir vaqtning о`zida ham qishloq xо`jalik muamoalarini ekspluatatsiya qilgan, ham ishlab chiqarishning tashkilotchilari bо`lgan.

Afina va Rimda esa davlatning kelib chiqish jarayoni о`zgacha yо`ldan borgan. Qadimgi Afinada urug`doshlik jamiyati ichida avj olgan sinfiy qarama-qarshiliklardan davlatning sof klassik shakli paydo bо`lgan. Rimda plebeylarning uzluksiz kurashi natijasida urug`doshlik tuzumi yemirilib, uning harobalari о`rnida davlat paydo bо`lgan. Germanlarda esa davlat boshqa hududlarni bosib olish natijasida paydo bо`lgan.

Davlatning kelib chiqishidagi umumiy prinsiplar muayyan tarixiy sharoitlarda har xil bо`lgan. Davlat qisman urug`doshlik tuzumini о`zgartirish, qisman bu tuzumga yangi organlar kiritish yoki bu tuzumni surib chiqarish, shuningdek, davlat hokimiyatining chinakam organ lari bilan tо`la almashtirish orqali paydo bо`lgan.

Davlat aslo jamiyatga tashqaridan zо`rlab kiritilgan kuch emas. Davlat, Gegel aytgan, «ma`naviy g`oyaning haqiqatga aylanishi», «aklning obrazi va haqiqatga aylanishi» ham emas. Davlat — kishilik taraqqiyotining ma`lum bosqichida kelib chiqqan sivilizatsiya mahsulidir. Demak, davlat jamiyatning mahsuli. U jamiyatning siyosiy tashkiloti bо`lib, muayyan hududda sinfiy, umuminsoniy, diniy, milliy va boshqa aniq manfaatlarni amalga oshirishga kо`maklashadi.


Yüklə 284,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin