1. Jamiyat tushunchasi. Ibtidoiy jamiyatdan fuqarolik jamiyatiga qadar



Yüklə 284,5 Kb.
səhifə5/16
tarix08.02.2022
ölçüsü284,5 Kb.
#52234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1352812629 37777

Ilk davlatlarning paydo bо`lishi

Eng qadimiy davlatlar, ilk dehqonchilik jamiyatlarining ijtimoiy-iqtisodiy asosida paydo bо`lgan va ilk sinfiy davlatlar hisoblangan. Bu dastlabki davlatlar miloddan avvalgi IV— III minggchi yillarda Mesopotamiyada, Mesoamerikada, Torli, Peruda, har xil davrda va bir-biridan mustaqil tashkil topgan.

Ular dastlabki shahar-davlat shaklida edi. Erkin jamoachi dehqonlar endi urug` (oila) jamoasini emas, balki qо`shnichilik jamoasini tashkil qilgan. Ular bir necha qishloq guruhlaridan ajralib chiqib, xо`jalik va diniy markazni, keyinchalik ma`muriy xо`jalik va diniy markazlaarni tashkil qilgan. Bunday shaharlar unchalik katta bо`lmagan. Bunday davlatda yо`lboshchilar va kohinlar о`troq yashaganlar. Bu shahar-davlatlarda majlislar, kengashlar о`tkazilgan.

Shahar-davlatlarda sotsial tabaqalanish kuchli bо`lgan, mulkiy tengsizlik, mehnat taqsimoti mavjud edi. Kulollar, misgarlar, duradgorlar va boshqa hunarmandlar yashagan, dastlabki ma`muriy boshqaruvchilar — ishlab chiqarishni, hisob-kitobni, jamoa ishlarini (hasharni) tashkil qilish, jamoa jamg`armasidan ba`zi narsalarni ajratib berish bilan shug`ullanuvchi shaxslar paydo bо`lgan edi.

Shahar-davlatlarda boshqaruv, ma`muriy va mafkuraviy markaz (shahar jamoasi, saroy va ibodatxona) tashkil topgan. Shu jumladan ibodatxonalar diniy, tashkiliy, hokimlik, taqsimot va axborot tizimi bо`lib qolgan.

Shahar yaqin qishloqlarga nisbatan davlat boshqaruvi vazifasini bajara boshlagan. Bu vazifalar (funksiyalar) turlicha edi, jamoa dehqonchiligini va yer egaligini boshqarish; jamoaning diniy marosimlarini bajarish; davlatlararo mahsulot ayirboshlash (vaqti kelib tovar ayirboshlashga bosib о`tgan); harbiy hujumlardan himoya qilish, boshqa shahar-davlatni bosib olish uchun harbiy yurishlarni tashkil qilish; о`lpon yoki soliqlarni undirish; jamoa zahiralarini (asosan oziq-ovqatni) tabiiy ofat yuz berganda, xarbiy bosqin bо`lganda taqsimlash uchun tо`plash; janjallarni (tortishuvlarni) hal qilish uchun, an`analarni, odatlarni qо`llab-quvvatlash uchun, dunyoviy va diniy qoidalarni joriy qilish uchun, hunarmandchilik, savdo-sotiqni rivojlantirish uchun tegishli institutlarni tuzish.

Shahar davlatlarning dastlabki muhim vazifasi erkin jamoachi dehqonlarning (ilk dehqonchilik jamiyatlarining) asosiy sotsial va ishlab chiqarish kuchlariga — ya`ni maydonlariga, suvga, sug`orish shoxobchalariga bо`lgan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan axborot xizmati funksiyasi edi. Ariqlar qazish, kо`priklar qurish, jamoa zahirasini ta`minlash, hisobga olish, tо`lovlar, soliqlarning hammasi shahar-davlatlarda har xil ma`lumot tо`playdigan keng tarmoqli axborot tizimining tashkil topishiga olib kelgan. Masalan, inklar davlatida muayyan oilaning a`zolari haqda, shumerlar davlatida hasharga chiqqan-chiqmaganlar haqida ma`lumotlar tо`plangan. Bunday tizim va boshqarishni tashkil qilish jamiyatdan ajralib chiqqan maxsus axborot xizmatchilari guruhi — kohinlar, hattotlar zimmasida edi.

Bu guruh bilimda hukmronlik qilgan, jamoa zahiralarini nazorat qilib sud va jazolash vazifalarini bajargan, axborotning nazoratini yuritib ijtimoiy yaqinlashtiruvga xizmat qilgan. Sotsial institut sifatida tashkil topayotgan dastlabki davlat ilk dehqonchilik, ilk sinfiy jamiyatda ishllb chiqaruvchi iqtisodiyotni tashkil etib, unga xizmat qilgan.

Ushbu konsepsiya davlat va huquq nazariyasida davlatning kelib chiqishi xaqidagi markscha-lenincha mulohazalardan tubdan farq qiladi. Bu konsepsiya dastlabki shahar davlatlarining tashkiliy funksiyalariga, davlatning kelib chiqishi va ishlab chiqaruvchi iqtisodiyot о`rnatilishidagi о`zaro bog`liqlikka doir yangi bilimlarga asoslangan.

Sinfiy yondashuvga kо`ra ibtidoiy jamiyatdan sivilizatsiyaga о`tish bosqichida qо`shimcha mahulot, xususiy mulk paydo bо`lib, jamiyat sinflarga bо`linar, hukmron sinf kelib chiqib, u davlatni tashkil qilar va davlat yordamida majburlash yо`li bilan ekspluatatsiya qilinuvchi sinfni tobelikda ushlab turar, urushlar bо`lar, asir tushganlar о`ldirilar, hatto iste`mol ham qilinar edi. Keyinchalik esa ulardan turli ishlarni bajarishda foydalanganliklari sababli dastlabki ekspluatatsiya qilinadigan sinf asir-qо`llar bо`lib, qashshoqlashib, qaram bо`lib qolgan fuqarolar ham ular qatoriga qо`shilgan edi. Shu sababli birinchi davlat — quldorlik davlati bо`lib, bir sinfning ikkinchi bir sinf ustidan hukmronligini ta`minlaydigan mashina deb ta`riflanardi.

Shahar-davlatlarning funksiyalari turlicha edi. Oqibatda dastlabki bosqichlardayoq keng tarmoqli davlat apparati tashkil topdi. Uncha katta bо`lmagan qadimiy shahar-davlatlarda yozma manbalarga qaraganda, miloddan avvalgi IV—III ming yillarda 80 dan 130 gacha amal va kasblar bо`lgan. Ilk sinfiy tuzumda jamiyat zodagonlarga, boy shaharliklarga, erkin shaxslarga bо`lingan. Shahar-davlatlarning dastlabki apparati dehqonchilik jamoalarining sotsial boshqarish tuzumi (dehqonlarning yig`ini, oqsoqollar kengashi, yо`lboshchilar, sarkardalar) asosida tashkil topgan. Keyinchalik bajaradigan funksiyalari, jamoaga yakin qishloqlarga munosabatidan kelib chiqib, shahar-davlatning boshqarish apparati bо`lib qolgan.

Ilk davlatlarning sinfiy tabiati vaqt о`tishi bilan о`zgargan. Jamiyatning tabaqalanishi, sinflarning tashkil topishi, bilan u yoki bu sinf davlatni egallab olgan, uni о`z manfaatlariga moslashtirishgan. Sinflar va davlatning tashkil topishi mustaqil, yonma-yon, bir-biri bilan hamkorlikda borgan. Sinflarning tashkil topishi dastlabki davlatning (shumerlarda, mayyalarda, atsteklarda, inklarda, qadimgi Misrda, Hindistonda, Xitoyda) kelib chiqishini pag`batlantirgan. Shu bilan birga, dastlabki davlatning о`zi ham sinflarning kelib chiqishiga turtki bergan, ilk sinfiy jamiyatning kelib chiqishini tezlashtirgan. Ilk sinfiy davlatlarda jamoa zodagonlarining ajralib chiqishi yanada kuchaygan, mansablarni egallashda sulola mexanizmi yuzaga kelgan (mansablar ajdoddan avlodga qoldirilgan), eng muhimi shu asosda alohida guruhlar cheksiz boylik orttiravergan.

Ilk davlatlar hukmron sinfning faoliyati natijasidagina kelib chiqqan emas. Bu ishlab chiqaruvchi iqtisodiyot, dehqonchilik madaniyati vujudga kelayotgan bosqichdagi jamiyat taraqqiyotining natijasidir. Ammo, u yoki bu sinf davlatni qо`lga olib, uning yordamida hukmron sinf bо`lib qolishi ham mumkin bо`lgan. Moddiy ishlab chiqarish usuli — jamiyat va ijtimoiy tartiblarning rivojlanishini ta`minlovchi omil, ijtimoiy tarakxiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir.

Davlat apparati dastlabki bosqichlardayoq keng tarmoqli murakkab tizimga ega edi. U о`zini saqlash va faoliyat kо`rsatish uchun ma`lum manbalarga muhtojlik sezgan. Bunday manbalar soliqlar, yig`imlar va boshqa tushumlar edi.

Davlat asosida tuzilgan har qanday jamiyat samarali boshqarishta muhtoj bо`lib, uning keyingi rivojlanishi shunday boshqarishni izlash bilan bog`liqdir.

Davlat о`z funksiyalarini bajarish uchun odamlarning alohida qatlami — davlat apparatiga ega bо`lgan. Bu muayyan hokimiyatga ega bо`lgan, ya`ni zaruriyat tug`ilganda majburlash, zо`ravonlik yordamida aholining boshqa tabaqalarini о`z erkiga buysundirish, u yoki bu manfaatlarni ta`minlovchi kishilar guruhi edi.



Buning uchun ilk davlatlarda, ibtidoiy jamiyatning sotsial tizimidan farqli ularoq о`ziga xos davlat institutlari — sudlar, turmalar, politsiya, armiya paydo bо`lgan. Ular majburlashga moslashtirilgan organlar edi.

Ilk sinfiy jamiyatda katta sug`orish inshootlarini va sag`analarni qurishda о`n minglab kishilar ishtirok etardi. Lekin, ba`zi hollarda, kо`pchilik tomonidan qabul qilingan tartib-qoidalarni bajarmaganlarga nisbatan majburlash qо`llanilardi.

Ammo ilk sinfiy davlatlardagi majburlash va maxsus organlarning rolini bо`rttirib kо`rsatish kerak emas. Bu davlatlarda umumijtimoiy funksiyalarni, ya`ni mehnat, ishlab chiqarish faoliyatini, jamiyatning ma`naviy hayotini boshqarishga mо`ljallangan asosiy organlar hisoblanardi.

Davlat ibtidoiy jamiyatdan hududiy tashkil topishi bilan farq ham qilardi. Xududiy tuzilishning birinchi bosqichi shahar edi. Shahar odamlarini qarindoshlik asosida emas, balki ma`lum hududga kо`ra birlashtirgan.

Jamiyat tuzilishining, yangi davlat shaklini tahlil qilish asosida quyidagicha xulosa qilish mumkin. Davlat yagona hududiy kenglikdagi xо`jalik faoliyati (ba`zi olimlar yagona hududiy kenglikka yagona iqtisodiy kenglikni ham qо`shadilar), turli umumijtimoiy funksiyalarni bajaradigan va davlatning majburlash kuchini ishlata oladigan davlat apparatining mavjudligi, yagona soliqlar va moliya tizimiga egaligi bilan ibtidoiy tuzumdan farq qiladi.

Bundan tashqari davlat hududida о`zaro muloqot quroli sifatidagi til birligi (buvday til bо`lishi, ma`lumki unda yashovchi etnik guruhlar xilining mavjudligi va undan foydalanish mumkinligi inkor etilmaydi), yagona mudofaa va tashqi siyosat, transport, axborot, energetik tizim, davlat tomonidan himoya qilinadigan shaxs huquqlarining ma`lum birligi kabilar ham davlatning ibtidoiy tuzumdan farqini kо`rsatadi.

Yuqoridagilar davlatning paydo bо`lishiga asosiy sabablardir. Davlat paydo bо`lishining aniq shakllari esa turlicha bо`lishi mumkin.

Yüklə 284,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin