Insoniyat davlat paydo bulguniga qadar о`z taraqqiyotida uzoq yо`lni bosib о`tgan. Davlat ham, huquq ham bо`lmagan ibtidoiy jamiyat asosan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan farq qiladigan turli bosqichlarny о`tgan. Mehnat qurollarining rivojlanishi va takomillashishi, yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti (ziroatchilikning chorvachilikdan, hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralishi, savdoning alohida iqtisodiy sohaga aylanishi) natijasida mehnat unumdorligi oshgan, ortiqcha maxsulotlar hosil bо`lgan. Bu esa xususiy mulkchilikka va jamiyatning mulkiy jihatdan qatlamlarga ajralishiga olib kelgan. Natijada asosiy mashg`uloti xususiy mulkchilik munosabatlarini va mulkdorlar manfaatini himoya qilishdan iborat bо`lgan kishilarning maxsus guruhlari yuzaga kelgan.
Shunday qilib, ibtidoiy jamiyatdagi sarkardalar, oqsoqollar, qabila boshliqlari, diniy hokimiyat egalariga tegishli bо`lgan ijtimoiy hokimiyat asta-sekin davlat hokimiyatiga aylangan. Davlat paydo bо`lgunicha mavjud bо`lgan jamiyatdagi ijtimoiy hokimiyatni saqlashning asosiy vositasi — oliy ruhoniylarning shaxsiy obrо`si edi. Davlat hokimiyatining mohiyatini esa majburlash tashkil eta boshlagan. Insonning jamiyatdagi mavqei tubdan о`zgargan. Agar ibtidoiy jamiyatda insonning mavqei alohida shaxsning oilaga, uruqqa yoki qabilaga mansubligi bilan belgilangan bо`lsa, davlatga ega jamiyatda insonning mavqei uning huquqiy holati va davlat hokimiyati egalariga shaxsiy yaqinligiga qarab belgilanadi.
Davlat jamiyat rivojining muayyan bosqichida yuzaga kelgan. U о`zining shakllanishi va rivojlanishida uzoq, murakkab yо`lni bosib о`tgan. Jamiyat rivojining dastlabki bosqichlarida Davlat yetarlicha rivojlanmagan siyosiy tashkilot edi. Bunday davlat eng avvalo majburlashga asoslangan.
Demokratiya sharoitida davlat sivilizatsiya talablariga mos tarzda rivojlanadi. U iqtisodiy va ma`naviy omillar asosida hokimiyatning mamlakatdagi tartib-intizomni ta`minlaydigan bir butun tashkilotiga aylanadi. Davlat о`zining asosiy vazifasini — xalq hokimiyatchiligi, iqtisodiy erkinlik, mustaqil shaxs erkinligini amalga oshiradi.