Ibtidoiy jamiyatda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish usullari. Bu yerda uchta asosii usulni — taqiqlash, ijozat berish va ijobiy (pozitiv) majburlashni kо`rsatish mumkin.
Taqiqlashasosan tabu, ya`ni biror harakatni, masalan, qarindoshlar о`rtasidagi nikohni diniy e`tiqod bilan mustahkamlangan kо`rinishda ta`qiqlash bо`lgan. Odamlar qadimiy zamonlardayok, qon-qarindoshlar о`rtasidagi nikohning, biologik va ijtimoiy zararini tushungan hamda о`z hayotining eng qadimiy davrlaridan boshlaboq qattiq jazo qо`llash yо`li bilan bu holatni taqiqlashgan. Qon-qarindoshlik nikoh ularini taqiqlash jamoalarning, ypyg`-aymokdarning, boshqa guruhlarning tabiiy kdyta tiklanishiga xizmat qilgan.
Ruxsat etish insonning yoki odamlar uyushmasining о`zlashtiruvchi iqtisodiyotdagi hatti-harakatini belgilab berish bilan barobar, yana hayvonlarning turlarini va ularni ov qilish muddatini, о`simliklar turlarini va ularning hosilini tо`plash muddatlarini, о`simliklarning ildizlarini kovlab olish, u yoki bu hududdan, suv manbalaridan foydalanish, nikohga qadar (ba`zi jamoalarda) jinsiy munosabatda bо`lish mumkinligi kabilarni belgilab bergan. Shuningdek, muayyan ajratilgan hududlarda ov qilish va ozuqa yig`ish, yirik hayvonlarning gо`shtini jamoa a`zolari о`rtasida taqsimlash va qо`shni jamoa a`zolariga xadya qilish uchun berish, о`rnatilgan tartib bо`yicha ovchilarning о`zlariga taqsimlash, jamoa a`zosiga keltirilgan zarar uchun о`ch olishda birgalikda ishtirok etish kabilarga ruxsat etilgan.
Jamoada erkaklar bilan ayollarning, bolalar bilan kattalarning vazifalari taqsimotini buzish, odam о`ldirish, badanga shikayet yetkazish, kannibalizm, tug`ishganlar bilan jinsiy aloqada bо`lish, sehrgarlik (bu ish bilan faqat maxsus shaxslar — sexrgarlar shug`ullangan), ayollar va bolalarni о`g`irlash, о`g`irlik, er-xotinlik ittifoqi qoidalarini, shu jumladan, jamoalar о`rtasida nikoh. uchun ayollarni ayirboshlash nisbatini buzish, doimiy aldamchilik, er-xotinlik ishonchini bо`zish va boshqa shunga о`xshash xatti-harakatlar taqiqlangan oziq-ovqat tayyorlash jarayonida zaruriy xatti-harakatlarni tashkil etish, uy-joy qurish, gulxan yoqish va olovni uchirib qо`ymaslik, qurol tayyorlash, kо`chib yurish vositalarini (masalan, qayiklar) tayyorlash kabilarda ijobiy majburlash bо`lgan. Ammo tartibga solishning bu usullari tabiiy sharoitni о`zgartirishga, insonni tabiatdan ajratishga qaratilmagan bо`lib, faqat tabiat mahsulotlarini о`zlashtirishni va ularni qayta ishlashni, inson eqtiyojlarini qondirish uchun moslashtirishning foydali shakllarini ta`minlash bо`lgan.