Inson ekologik inqirozlarga javoban kechirish va qayta ishlab chiqarshning yangi usuliga — ishlab chiqarish iqtisodiyotiga о`tishi bilan javob bergan. Yangi tosh asri, ya`ni «Neolit inqilobi» yuz bergan. Odamlar asta-sekin ovchilik, baliqchilik, tayyor о`simliklarni hamda dehqonchilik, chorvachilikning ibtidoiy shakllaridan, dehqonchilikning yangi rivojlangan shakllariga о`ta boshlagan. Masalan, sug`oriladigan, jumladan irrigatsiya inshootlari yordamida sug`oriladigan dehqonchilik yuzaga kelgan. Xо`jalik hayotining yangi tashkiliy kо`rinishlari jamiyat hayotida asosiy iqtisodiy о`rinni egallay boshlagan.
«Neolit inqilobi» davomida inson tayyor hayvonot va о`simlik mahsulotlarini qurol yordamida о`zlashtirar edi. Endi tabiatni о`zgartirishga, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga, yangi о`simliklar va hayvonot turlarini yaratish, shu bilan tabiatning tabiiy shakllarini almashtirish yо`liga о`tila borgan. Bu о`tish faqat dehqonchilik va chorvachilikda yangi turlar yaratish emas, balki boshqa ishlab chiqarish sohalarida ham (kulolchilik, metall ishlab chiqarish va uni qayta ishlash) yuz bergan. Ishlab chiqaruvchi iqtisodiyot miloddan avvalgi IV—III minginchi yillarda inson hayotining asosiy omili bо`lgan.
«Neolit inqilobi» oqibatida yer sharining ba`zi hududlarida ilk dehqonchilik jamoalari tashkil topgan. Yakin Sharqda, bu holat miloddan avvalgi 7 ming, yillarda sodir bо`lgan. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning keyingi bosqichida miloddan avvalgi IV—III ming yillarda ilk dehqonchilik jamoalarida yuksalish yuz bergan. Bu yuksalish asosida dastlabki sivilizatsiyalar — ilk sinfiy jamiyatlar tashkil toptan. Ular Dajla, Frot, Amu va Sir kabi yirik daryolar vodiylarida tashkil topgan. Bu mintaqalarda dehqonchilik uchun sharoit juda qulay edi.
Miloddan avvalgi III—II ming yillarda О`rta yer dengizidan Tinch okeani sohillarigacha bо`lgan hududda dastlabki madaniyat sivilizatsiyalari tashkil topgan. Ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va xarakteri jihatidan ilk dexdonchilik jamoalarining kelib chiqishi, taraqqiyot bosqiichlari — insoniyat rivojlanishining umumiy jarayonida alohida о`rin egallaydi.
Ishlab chiqarish idtisodiyotiga о`tish sivilizatsiyaning yuksalishi va odamlarning kо`payishini ta`minlab berdi. Olimlarning fikricha, о`q-yoy bilan qurollangan ovchiga о`zini tо`ydirishi uchun 20 kv. km. hudud kerak bо`lgan. Bu maydon bir necha dehqonni boqish uchun yetarlidir. Boshqa hisoblarga qaraganda, ishlab chiqarsh xо`jaligiga о`tish oqibatida yer yuzi aholisi mezolit davri oxirida (miloddan 7 ming yil avval) 10 ming kishi bо`lgan bо`lsa, neolit davri oxiriga kelib (miloddan avvalgi II ming yil) 50 mlngacha kо`paygan. Taxminiyligiga qaramay, bu hisob-kitob dehqonchilik va chorvachilikka о`tgandan keyin yer yuzi aholisi keskin kо`payganligidan guvohlik beradi.
Ishlab chiqarish iqtisodiyoti о`zining ilk bosqichidayoq, inson bilan tabiat о`rtasida shunday ayirboshlashni vujudga keltirgan ediki, inson qо`shimcha mahsulot ishlab chiqara boshlagan, о`simliklar seleksiyasi, sug`oriladigan dehqonchilik, ayniqsa, sun`iy sо`g`orish dastlabki davrlardayoq kо`p hosil bera boshladi.
Qо`shimcha maxsulot ishlab chiqish va uning о`zlashtirilishi mulkning yangi shakllarini — jamoa, guruh xususiy mulk shakllarini keltirib chiqargan, jamiyatning tabaqalanishiga olib kelgan. Ishlab chiqarishning yangi tuzilishi jamiyatning soning bо`linishiga olib kelgan. Natijada jamiyatning yuqori qatlamlari asosiy ishlab chiqaruvchi ommadan ajrala boshlagan, moddiy ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etmay qо`ygan.
Shunday qilib, «neolit inqilobi» — insoniyatning ishlab chiqarish iqtisodiyotiga о`tishiga, ibtidoiy jamoaning sotsial tabaqalanishiga, sinflarning kelib chiqiishga, davlatning paydo bо`lishiga olib kelgan.