Test
1. Jismoniy tarbiya nazariyasi fanining asosiy tushunchalarini aniqlang:
A. Jismoniy ta’lim, jismoniy mashqlar, harakat faoliyati, sport
B. Jismoniy kamolot, jismoniy tarbiya, jismoniy tayyorgarlik, madaniyat
S. Sport, jismoniy madaniyat, jismoniy harakatlar, estetika
D. Barcha variantlar to‘g‘ri
2. Jismoniy rivojlanish nima?
A. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari
B. Kishi organizmi shakl va funksiyalarining o‘zgarish jarayoni
S. Harakat ko‘nikmalari, malakalari, jismoniy sifatlarning meyoriy ko‘rsatkichi
D. Jismoniy kamolotga erishishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon
3. Harakat ko‘nikmalari, malakalari, jismoniy sifatlarning meyoriy
ko‘rsatkichi nima deb yuritiladi?
A. Jismoniy tayyorlik
B. Jismoniy rivojlanish
S. Jismoniy ta’lim.
D. Jismoniy mashqlar
4. Jismoniy kamolot tushunchasini mohiyatini belgilang?
A. Harakat ko‘nikmalari, malakalari, jismoniy sifatlarning meyoriy ko‘rsatkichi
B. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari
S. Kishi organizmi shakl va funksiyalarining o‘zgarish jarayoni
D. Jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va sog‘liqning, hayotga,
mehnatga va Vatan himoyasiga har tamonlama jismoniy tayyorlanganlikning eng
yuqori bosqichi
5. jismoniy kamolotga erishishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon nima deb
ataladi?
A. Jismoniy rivojlanish.
B. Jismoniy tayyorligi.
S. Jismoniy kamolot.
D. Jismoniy tarbiY.
6. “Jismoniy rivojlanish» iborasi tor ma’noda qo‘llanilganda nimalar inobatga
olinadi?
A. Antropometrik va biometrik ko‘rsatkichlarni anglatadi
B. Buy, gavda og‘irligi, ko‘krak qafasi aylanasi, o‘pkalarning tiriklik sig‘imi, qaddiqomatining holati
S. A va B javoblar to‘g‘ri
D. Tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, muvozanat saqlay olish, ko‘z bilan
chamalash, kuch, chidamlilik
7. Jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar, harakat ko‘nikma va malakalarini
egallashdan iborat bir turi?
A. Jismoniy ta’lim
B. Jismoniy tayyorligi.
S. Jismoniy kamolot.
D. Jismoniy tarbiY.
8. Sport atamasining ma’nosi to‘g‘ri berilgan javobni belginlang?
A. Musobaqa jarayonida namoyon bo‘ladigan, u yoki bu jismoniy mashq turida eng
yuqori natijaga erishishga yo‘naltirilgan maxsus faoliyat
B. Buy, gavda og‘irligi, ko‘krak qafasi aylanasi, o‘pkalarning tiriklik sig‘imi, qaddiqomatining holati
S. A va B javoblar to‘g‘ri
D. Tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, muvozanat saqlay olish, ko‘z bilan
chamalash, kuch, chidamlilik
9. Jismoniy madaniyatning moddiy boyliklariga nimalar kiradi?
A. Sport inshootlari (stadionlar, sport zallari, basseynlar, tennes kortlari…),
jismoniy tarbiya jihozlari, maxsus kiyim, poyabzal
B. Sport inshootlari (stadionlar, sport zallari, basseynlar, tennes kortlari…), jismoniy
tarbiya jihozlari, maxsus kiyim, poyabzal… kiradi, shuningdek kishilarning
jismoniy kamolot darajasi ham kiradi
S. Xismoniy tarbiya haqidagi fan va san’at asarlari
D. Barcha javoblar to‘g‘ri
10. Umumiy madaniyatning bir qismi, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy amaliyot
jarayonida to‘plangan inson jismoniy kamoloti sohasidagi moddiy va ma’naviy
boyliklari majmuasi nima?
A. Jismoniy ta’lim
B. Jismoniy tayyorligi.
S. Jismoniy kamolot.
D. Jismoniy madaniyat
11. Jismoniy mashqlar deb nimaga aytiladi?
A. Ijtimoiy harakatning o‘z oldiga aholi jismoniy tarbiyasi darajasini oshirish va
sportni rivojlantirishga yordam berishni maqsad qilib qo‘ygan maxsus turi
B. Umumiy madaniyatning bir qismi, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy amaliyot
jarayonida to‘plangan inson jismoniy kamoloti sohasidagi moddiy va ma’naviy
boyliklari majmuasi
S. Harakatlar, harakat faoliyatlari, harakat faoliyatining murakkab turlari (harakatli
o‘yinlar) bo‘lib, ular jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish uchun vosita sifatida
tanlab olingan
D. Jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar, harakat ko‘nikma va malakalarini
egallashdan iborat bir turi
12. Jismoniy tarbiyaning kasbiy yo‘nalganligi nima deb yuritiladi?
A. Jismoniy mashqlar
B. Jismoniy tayyorgarlik
S. jismoniy tarbiya
D. Jismoniy ta’lim
13. Jismoniy harakat deb nimaga aytiladi?
A. Ijtimoiy harakatning o‘z oldiga aholi jismoniy tarbiyasi darajasini oshirish va
sportni rivojlantirishga yordam berishni maqsad qilib qo‘ygan maxsus turi
B. Umumiy madaniyatning bir qismi, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy amaliyot
jarayonida to‘plangan inson jismoniy kamoloti sohasidagi moddiy va ma’naviy
boyliklari majmuasi
S. Harakatlar, harakat faoliyatlari, harakat faoliyatining murakkab turlari (harakatli
o‘yinlar) bo‘lib, ular jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish uchun vosita sifatida
tanlab olingan
D. Jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar, harakat ko‘nikma va malakalarini
egallashdan iborat bir turi
14. «Tozalik haqida risola» asarining muallifini toping
A. I.M.Sechenov va I.V.Pavlov
B. Abu Ali ibn Sino
S. Al Farg‘oniy
D. P.F.Lesgaft
15. Jismoniy tarbiya nazariyasining ilmiy-tabiiy asosi nmalardan tarkib
topadi?
A. anatomiya, fiziologiya, gigiyena, bioximiya, biomexanika…
B. harakatlar, harakat faoliyatlari, harakat faoliyatining murakkab turlari
S. tarbiyaning maxsus bilimlar, harakat ko‘nikma va malakalar
D. fiziologiya, gigiyena, bioximiya, geodeziya
19. «Jismoniy tarbiya va sport haqida qonun» qachon qabul qilindi?
A. 1998 yil 4 yanvar
B. 2001 yil 12 may
S. 1992 yil 4 yanvar
D. 2016 – 2018 yillarda
20. Hozirgi vaqtda jismoniy tayyorgarlik qanday meyoriy to‘plamlar asosida
aniklanadi?
A. «Salomatlik», «Alpomish», «Barchinoy»
B. «Umid nihollari», «Universiada»
S. «Umid nihollari», «Universiada», «Alpomish»
D. «Alpomish», «Barchinoy», «Universiada»
21. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash vazifalarini
belgilang.
A. Sog‘lomlashtirish;
B. Ta’limiy;
S Tarbiyaviy;
D a, b, c.
22. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiyaning
sog‘lomlashtiruvchi vazifalarini belgilang.
1) Tana qismlarining to‘g‘ri nisbatda rivojlanishiga yordam berish; 2) harakat va
malakalarini shakllantirish; 3) jismoniy sifatlarni rivojlantirish; 4) kun tartibiga
rioya qilish; 5) jismoniy tarbiya mashqlarini bajarishga o‘rgatish; 6) markaziy
nerv tizimining faoliyatini takomillashtirish; 7) gigiyenik malakalarini
shakllantirish; 8) barcha mushaklar guruhini rivojlantirish;
a) 1, 6, 8;
b) 2, 3;
c) 4, 5, 7;
d) 2, 5, 8.
23. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiyaning ta’limiy
vazifalarini belgilang.
1) Tana qismlarining to‘g‘ri nisbatda rivojlanishiga yordam berish; 2) harakat
ko‘nikma va malakalarini shakllantirish; 3) jismoniy sifatlarni rivojlantirish; 4)
kun tartibiga rioya qilish; 5) jismoniy tarbiya mashqlarini bajarishga o‘rgatish; 6)
markaziy nerv tizimining faoliyatini takomillashtirish; 7) gigiyenik malakalarini
shakllantirish; 8) barcha mushaklar guruhini rivojlantirish;
a) 1, 6, 8;
b) 2, 3 ;
c) 4, 5, 7;
d) 2, 5, 8.
24. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiyaning
tarbiyaviy vazifalarini belgilang.
1) Tana qismlarining to‘g‘ri nisbatda rivojlanishiga yordam berish; 2) harakat
ko‘nikma va malakalarini shakllantirish; 3) jismoniy sifatlarni rivojlantirish; 4)
kun tartibiga rioya qilish; 5) jismoniy tarbiya mashqlarini bajarishga o‘rgatish; 6)
markaziy nerv tizimining faoliyatini takomillashtirish; 7) gigiyenik malakalarini
shakllantirish; 8) barcha mushaklar guruhini rivojlantirish;
a) 1, 6, 8;
b) 2, 3;
c) 4, 5, 7;
d) 2, 5, 8.
2 5.Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining tamoyillarini
belgilang.
a) Jismoniy tarbiya mehnat va harbiy tayyorgarlik bilan aloqadorlik tamoyili;
b) Jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish maqsadiga yo’naltirilgan tamoyili;
c) Shaxsni har tomonlama rivojlantirish tamoyili;
d) a, b, c.
Dostları ilə paylaş: |