1. Kadrlar siyosati va uning sanoat taraqqiyotidagi roli



Yüklə 85,76 Kb.
səhifə4/7
tarix02.06.2023
ölçüsü85,76 Kb.
#122710
1   2   3   4   5   6   7
1. Kadrlar siyosati va uning sanoat taraqqiyotidagi roli

Mutaxassislik insonda ma’lum bir turdagi ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar majmuasining mavjudligi bilan tavsiflanadi. Masalan, iqtisodchi, buxgalter, moliyachi yoki texnik tilda - mexaniq, quruvchi, energetik, geolog va boshqalar. Ishchilarning bilim va qobiliyatlariga bo‘lgan talab yagona tarif-malakaviy ma’lumotnomasida (YATMM), (MTP) va xizmatchilarga esa lavozimlar malakasi ma’lumotnomada aks ettirilgan. Bu hujjatlar asosida korxonalar ishchi va xizmatchilar tariflariga o‘zgartirishlar kiritadilar.
Kasb-faoliyatning maxsus va tor ko‘rinishdagi turi bo‘lib, mutaxassislik kabi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talab qilsada, mutaxssislikdan farqli ravishda ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib qo‘shimcha ko‘nikmalarni ham talab qiladi.
Malaka deganda biron-bir kasb yoki mutaxassilik bo‘yicha murakkab ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan mehnat ko‘nikmalari va bilimlar darajasi tushuniladi. Ishchilar malakasi darajasini baholashda o‘rtacha tarif koeffitsiyenti va o‘rtacha tarif razryadi hisoblanadi. Tarif razryadlari va koeffitsiyentlari bir vaqtning o‘zida bajarilayotgan ishlar murakkabligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Yangidan-yangi ishlab chiqarish sohalari vujudga kelishi, fan va texnikaning rivoji, ish, shu jumladan, bir texnologik jarayonning boshqa jarayonga almashinishi bilan boshqaruv, rejalashtirish, tashkil etish, takomillashuvi bilan yangi mutaxassislliklar kasb va ixtisoslar yuzaga keladi, eskirganlari barxam topadi.
Kadrlar tarkibi va strukturasi fakat korxonalarda emas, balki tarmoqlarda xam bir-biridan farq qilishi mumkin. Bu tarmoqning murakkabliligiga, korxona (firma)ning katta-kichikligiga, ularning texnikaviy va texnologik jihatdan qurollanganligiga, ishchi-xizmatchilarning bilimi va ilm darajasiga va mehnat ko‘nikmasiga, sohaning hamkorlik munosabatlari rivojlanganligiga va boshqa bir kator xususiyatlarga bog‘liq .

3. Mehnat va unga haq to‘lash
Korxonalarda mehnatga haq to‘lashni oqilona tashkil qilish xodimlar faoliyatini rag‘batlantirish, tayyor mahsulot va mehnat bozorida raqobatchilikni, rentabellikni va mahsulotlarning daromadliligini ta’minlashi lozim. Mehnatga haq to‘lashni oqilona tashkil etishdan maqsaduning hajmi va xodimning korxona xo‘jalik faoliyatiga mehnat faoliyatida qo‘shgan hissasiga mos kelishini ta’minlash, ya’ni mehnat o‘lchami va iste’mol o‘lchami o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashdir.
Ish haqi - har bir xodimning sarflagan mehnati miqdori va sifatiga mos ravishda taqsimlanuvchi va xodim tasarrufiga pul shaklida kelib tushuvchi milliy daromadning bir qismidir. Ish haqibu mehnat uchun mukofotdir.

Yüklə 85,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin