7.1-jadval O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan tarif setkasi
Mehnatga haq to‘lash razryadi
Tarif koeffitsiyenti
Mehnatga haq to‘lash razryadi
Tarif koeffitsiyenti
0
1.000
12
3.581
1
1.450
13
3.808
2
1.595
14
4.038
3
1.755
15
4.271
4
1.930
16
4.508
5
2.115
17
4.748
6
2.308
18
4.991
7
2.510
19
5.238
8
2.716
20
5.488
9
2.926
21
5.741
10
3.140
22
5.998
11
3.358
Manba. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 24 iyuldagi Farmoni. «Xalq so‘zi», 1996, 25 iyul
Ko‘pgina korxonalar hozirgi vaqtda an’anaviy tarif tizimi elementlari asosida mehnatga haq to‘lashni tashkil etishning yangi, yanada samaraliroq usullarini izlash yo‘lidan bormoqdalar. Bu ijobiy hodisa bo‘lib, korxonalarga o‘zlari qarab chiqadigan masalalarni hal qilishda mustaqillik berishning natijasidir. Korxonada ishlovchi barcha xodimlarning mehnatga haq to‘lashni tashkil etish uchun umumiy tarif setkasidan foydalanish ancha keng tatbih etilmoqda. Odatda ishchilarga beriladigan razryadlar soni avvalgidek, ya’ni 6-8 bo‘lib qolmoqda. Setkadagi razryadlarning eng ko‘p miqdori va ularga mos keluvchi tarif koeffitsiyenti muayyan korxonada ixtiyoriy ravishda belgilanishi va albatta jamoa shartnomasida mustahkamlab qo‘yilishi lozim.
Nazorat va muxokama uchun savollar:
1.Davlatning kadrlar siyosati: moxiyati, ahamiyat i va mazmuni.
2.Sanoat ishlab chiqarishi va kadrlar. Ularni guruhlarga bulish.
3.Kadrlarni tanlash, joy-joyiga kuyish va ularni tarbiyalash.
4.Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash.
5.Kadrlar sonini bashorat qilish va ulardan okilona foydalanish muammolari.
6.Mehnat atamasining tushunchasi, moxiyati, ahamiyati.
7.Mehnatga xak to‘lash tamoyillari va shakllari.
8.Tarif tizimi va uning unsurlari.
9.Ish haqining bozor iqtisodiyotiga mos turlari.
10.Mehnatga xak to‘lashni erkinlashtirish masalalari.