1. Ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar osti gabaritlari. Ko‘prik qatnov qismining gabaritlari va trotuarlar o‘lchamlari


-rasm. Ko‘priklar gabaritlari: a – bo‘luvchi polosasiz; b –



Yüklə 44,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix26.12.2023
ölçüsü44,44 Kb.
#197757
1   2   3
Маьруза №5.docx

1.5-rasm. Ko‘priklar gabaritlari: a – bo‘luvchi polosasiz; b – 
bo‘luvchi polosali 
 
Ko‘prikda piyodalar harakati yo‘q bo‘lganda trotuarlarni kengligi 
0,25 metr bo‘lgan himoya polosasi bilan almashtirishga ruxsat beriladi.


Qatnov qismining kengligi 10,5 metr va undan kichik bo‘lgan shahar 
ko‘priklarida trotuarning minimal kengligi 1,5 metr qilib belgilanadi, 
undan katta gabaritlarda trotuar kengligi 2,25 metr bo‘lishi kerak. 
Bordyurlarning normal balandligi 0,3 metr bo‘lishi kerak, ammo 
harakat havfsizligini oshirish uchun uning balandligini 0,5 metrga qadar 
orttirish maqsadga muvofiqdir. 
Yo‘lning egri uchastkalarida joylashgan ko‘priklar gabaritlari 
kengaytirilgan holda qabul qilinadi va ularning qiymati hisob – kitob 
orqali aniqlanadi. 
Qatnov qismining sathi 
Daryoning qirg‘oqlari baland bo‘lganda ko‘prik o‘tuvi bo‘ylama 
profilining umumiy yechimi ko‘prik qatnov qismini baland joylashishini 
talab etadi. 
Bunday shartlarda ko‘prik sxemasini loyihalash paytida qatnov 
qismining sathi berilgan bo‘ladi va, shuning uchun, qatnov sathi va kema 
qatnovi gabaritining yuqori qismi orasida, ko‘p hollarda, yetarlicha joy 
qoladi. Bu esa tayanchlar ustida va oraliqlarda qurilish balandligi katta 
bo‘lgan ko‘taruvchi konstruksiyalarni qo‘llash imkoniyatini yaratadi (2,a 
va 3,v – rasmlarga qarang). 
Bunday hollarda konstruksiyalari oddiy, qatnovi ustidan bo‘lgan 
temirbeton va metall oraliq qurilmalarni muvaffaqiyat bilan qo‘llash 
mumkin bo‘ladi. Bu esa tayanchlarning o‘lchamlarini kamaytirishga
atmosfera yog‘in-sochinlaridan himoyalanganligi, kundalik ko‘rikning 
osonlashishi sababli ko‘prikning ekspluatatsiya shartlarini yaxshilashga 
imkon yaratadi.


Ba’zida qatnovi ustidan bo‘lgan oraliq qurilmalar (ularning 
afzalliklari tufayli) qatnov sathini ko‘tarish bilan bog‘liq hollarda ham 
qo‘llaniladi. Bunday variantlar qatnovi ostidan bo‘lgan oraliq qurilmalar 
qo‘llanilgan variantlar bilan solishtirilganda yaqinlashuv qismidagi 
qatnov sathlari orasidagi har-hillikni va er va mustahkamlash ishlari 
qiymati orasidagi farqni inobatga olish kerak bo‘ladi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan mahalliy shartlarni har tomonlama tahlil etish 
loyihalanayotgan ko‘prik variantlarini ishlab chiqish jarayonida 
konstruksiyalarning qanday sistemalari va turlarini qo‘llash maqsadga 
muuvofiqligi haqida yaqqol tasavvurga ega bo‘lishga imkon yaratadi.
 

Yüklə 44,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin