Ta’lim kreditlari, oliy ta’lim muassasalarida o’qish
davri hisobga olgan holda, bakalavriatga
o’qishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha, magistraturaga o’qishga
qabul qilingan
talabalarga 5 yilgacha bo’lgan muddatga beriladi. Muddatli harbiy xizmatni o’tash davri bu
muddatga kirmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi 318-sonli qaroriga
muvofiq bank filiallari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari bo’yicha
quyidagi foiz stavkalari
belgilanadi:
-chin yetimlarga, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh
nogironlariga-nol
foiz
stavkasi
(foizsiz
kredit);
-talabalarning qolgan toifalariga - O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta
moliyalash stavkasidan yuqori bo’lmagan o’zgaruvchan foiz stavkalari.
Kam ta’minlangan oilalardan bo’lgan talabalar uchun kredit bo’yicha qo’shilgan foizlarning 50
foizi mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman bo’limlari
tomonidan Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’laridan to’lanadi.
Ta’lim kreditlari bo’yicha foiz stavkasi va bank filiallari tomonidan qo’shiladigan foizlar uchun
to’lovlar miqdori Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o’zgarishiga qarab o’zgarishi
mumkin, bu kredit shartnomasida qayd etilishi kerak.
Bankka ta’lim kreditini olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
1
. Ta’lim krediti olish to’g’risida ariza.
2. Talaba va oliy ta’lim muassasasi o’rtasidagi to’lov-kontrakt asosida o’qish haqida belgilangan
tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt). Kontraktda o’qishning belgilangan muddati va
bir yil uchun to’lov miqdori ko’rsatilgan bo’lishi lozim. O’qish uchun to’lov
miqdori keyingi
yillarda o’zgargan hollarda kontraktlarga tegishli o’zgartirishlar kiritiladi, bu haqda oliy ta’lim
muassasasi o’n kun muddatda bankka yozma ravishda ma’lum qiladi, so’ngra qarz oluvchi, bank
va oliy ta’lim muassasasi o’rtasidagi kredit shartnomasiga zarur o’zgartirishlar kiritiladi. 3.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari yoki uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan
qarz oluvchining yashash joyi to’g’risida berilgan ma’lumotnoma.4.
Kreditni qaytarishining
ta’minlanishi to’g’risida hujjat:Agar uchinchi shaxs tomonidan kafillik berilsa, avval kafilning
moliyaviy ahvoli va to’lov qobiliyati o’rganilib chiqiladi va so’ngra
kafil bilan shartnoma
tuziladi. Kafillik shartnomasi kreditning to’liq summasini va uning foizlarini o’zida jamlab olishi
lozim. Agar kafillik beruvchi yuridik shaxs bo’lsa, unda kafillik shartnomasida:
kafilning bank
hisob raqami ahvoli to’g’risida ma’lumot;
kafilning boshqa bankdagi hamma bank hisob
raqamlari hamda undagi qoldiqlari bilan birga ko’rsatilgan ma’lumotnoma;
kafilning bank
oldida ssuda bo’yicha va boshqa qarzlari yo’qligi to’g’risidagi ko’rsatma;
kafilda kartoteka №2
yo’qligi to’g’risidagi ma’lumotnomalar ilova qilinadi. Agar kafillik beruvchi jismoniy shaxs
bo’lsa, albatta uning ish joyidan ish haqining hajmi va boshqa to’lovlar haqida ma’lumot hamda
pasporti bo’lishi kerak. 5. Sug’urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmasligi
xavfi sug’urta qilinganligi to’g’risidagi sug’urta polisi. 27
Bunda sug’urta mukofoti summasi nafaqat kredit
summasini qoplashi kerak, balki uning
foizlarini ham.Sug’urta polisida bank sug’urta mukofotini oluvchi ekanligi aniq ko’rsatilgan
bo’lishi kerak. Shuningdek, sug’urta polisi bo’yicha sug’urta to’lovi to’langanligi to’g’risidagi
isbotlovchi ko’rsatmani ko’rsatishi kerak; 6. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining
kafilligi(faqat chin yetimlar va “Mehribonlik uylari” da tarbiyalanganlar,
bolalikdan I va II guruh
nogironlari va kam ta’minlangan oilalardan chiqqanlar uchun). Qarz oluvchi yuqoridagi
hujjatlarni bankka taqdim etish bilan ayni bir vaqtda pasportni shaxsan o’zi ko’rsatadi. Bank
pasportdan va taqdim etilgan boshqa hujjatlardan zarur ko’chirmalar va nus’halar olishga
haqlidir.
Dostları ilə paylaş: