Uy-joy qurishga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka kreditlarini
berish keng yo’lga qo’yilib kelinmoqda. Shuni aytish lozimki, so’nggi yillar davomida aholining
uy – joyga bo’lgan talabi keskin ravishda oshib bormoqda. Buni so’nggi ikki yil davomida uy –
joy bozoridagi narxlarning tahlilida yaqqol ko’rishimiz mumkin.Narxlar indeksi deyarli o’n
barobardan oshib ketdi. Mavjud holat aholining bank kreditlariga bo’lgan talabini ko’paytirib
yubordi. Bu esa albatta O’zbekiston Respublikasi hukumati Markaziy banki va tijorat banklari
rahbariyatidan chetga qolgani yo’q. Uy – joy bozoridagi holatini stabillashtirish va aholining
bank kreditlariga bo’lgan talabini qondirish maqsadida «Ipoteka to’g’risida»gi O’zbekiston
Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun asosida 2007 yil 3 yanvarda O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2-sonli Qarori bilan «Uy-joy qurilishiga, uni
rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to’g’risida» gi Nizomning
tasdiqlanishi ipoteka krediti bo’yicha huquqiy-me’yoriy bazani yanada mustahkamladi. Shu
asoslarga ko’ra ipoteka kreditining berilish tartibi to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tsak:
Ipoteka
kreditlari tijorat banklari tomonidan qaytarishlik, to’lovlilik, ta’minlanganlik va muddatlilik
shartlari asosida quyidagi maqsadlar uchun beriladi: qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyiha asosida, qurilishning belgilangan normalari va
qoidalariga rioya qilib yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruksiya qilish; yakka tartibdagi uy-
joyni yoki ko’p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish. Tijorat banklari tomonidan ipoteka
kreditlari qo’yidagilar hisobidan beriladi: - ipoteka krediti berishni qo’llab-quvvatlash
jamg’armasining imtiyozli kredit liniyalari;
- kredit liniyalari,shu jumladan imtiyozli kredit
liniyalari, xalqaro va xorijiy moliya institutlarining ipoteka krediti uchun berilgan grantlari va
investisiyalar. - tijorat banklarining o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lari. Odatda
Jamg’armaning imtiyozli kredit liniyalari hisobidan beriladigan kreditlar uch yillik imtiyozli
davr va foiz stavkasi bilan kamida 15 yil muddatga beriladi, foiz stavkasi miqdori ipoteka krediti
berishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasini boshqarish bo’yicha Vasiylik Kengashi tomonidan
har bir kredit liniyasi bo’yicha tasdiqlanadi va u yiliga 5 foizdan ortiq bo’lishi mumkin emas.
Tijorat banki tomonidan Jamg’armaning imtiyozli kredit liniyalari hisobidan beriladigan ipoteka
krediti miqdori:
yakka tartibda uy-joy qurilishi va sotib olishi
uchun qonun hujjatlarida
belgilangan eng kam oylik ish xaqining 3000 baravarigachani;
yakka tartibda qurilgan uy-joyni
rekonstruksiya kilish, shuningdek ko’p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun eng kam
oylik ish haqining 2500 baravarigachani tashkil etadi. Qarz oluvchi ipoteka krediti olish uchun
buyurtmanoma taqdim etganda bankning ipoteka krediti olish uchun buyurtmanomalarni qabul
qilish bo’yicha mas’ul xodimi mijozga ipoteka kreditining asosiy yo’nalishlari bo’yicha izoh
beradi. Shuningdek, u mijozning barcha savollariga javob beradi
hamda unga ipoteka krediti
berish yuzasidan buyurmanomani rasmiylashtirish uchun talab etiladigan barcha hujjatlar
ro’yxatini taqdim etadi. Qarz oluvchi ipoteka krediti olish uchun bankka murojaat qilgandan
keyin bank qarz oluvchini ipoteka kreditini olish jarayonidagi taxminiy xarajatlar turlari bilan
tanishtiradi. Qarz oluvchi ipoteka krediti olishda qo’yidagi xarajatlarni amalga oshirishi kerak:
ipoteka krediti to’g’risidagi shartnomani notarial tasdiqlash uchun davlat boji;
garovga
qo’yilgan ko’chmas mulkni sug’urtalash bilan bog’lik xarajatlar;
mulk
qiymatini baholash
uchun to’lov;
ipoteka to’g’risidagi shartnomani ro’yxatdan o’tkazish uchun to’lov. Qarz
oluvchi tomonidan yakka tartibda uy-joy qurishga kredit olish uchun tijorat bankiga
so’ralayotgan kredit summasini ko’rsatgan holda kredit olishga buyurtmanomasi va arizasi (ariza
nusxasi: ilovaga qaralsin) bilan birga qo’yidagi hujjatlar taqdim etiladi: - yakka tartibda uy-joy
qurish uchun ariza beruvchining yer uchatkasiga bo’lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatning
notarial tasdiqlovchi hujjatning notarial tasdiqlangan nusxasi;
- ariza beruvchining oilasi tarkibi to’g’risidagi yashash joyidan berilgan ma’lumotnoma va uning
pasporti nusxasi.
Bank tomonidan ipoteka kreditlari ssuda hisob raqamidan mablag’larni qarz oluvchining bank
kredit kartochkalariga o’tkazish yo’li bilan ham berilishi mumkin.Bunda bank kredit kartochkasi
qarz oluvchi nomiga alohida shartnomani rasmiylashtirish yo’li bilan beriladi. Shartnomada
ushbu bank kredit plastik kartochkasidagi mablag’lardan fakat yakka
tartibda uy-joy kurishga
yoki yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish uchun qurilish materiallarini sotib olishda
foydalanilishi belgilab qo’yilishi kerak. Ushbu bank kredit plastik kartochkalaridan naqd pul
berilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Qarz oluvchi bank kredit plastik kartochkasi vositasida amalga oshirilgan operasiyalar to’g’risida
har oyda bankka terminallar cheklari,sotib olingan tovarlar uchun chakana savdo tashkilotlari va
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan beriladigan schyotlar, kvitansiyalar, yukxati yoki qonun
hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar ilova qilgan holda hisobot taqdim etishi kerak.Bank
hisobotga ilova qilingan hujjatlarni tahlil etish jarayonida bank kredit kartochkasi vositasida
hisob-kitob qilish vaqtida kreditdan boshqa maqsadlarda foydalanilganini aniqlagan taqdirda
bank kredit kartochkasi to’g’risidagi shartnoma bekor qilinadi, bank
kredit kartochkasi hisob
raqami yopiladi va bank kredit kartochkasi olib qo’yiladi. Kreditning boshqa maqsadlar uchun
foydalanilgan qismi uchun kredit shartnomasida belgilangan miqdorda jarima solinadi va uni
undirib olish choralari ko’riladi.
Bugungi kunda tijorat banklari oldidagi ustuvor vazifa – aholi turmush darajasini oshirish,
iste’mol kreditlari berishni jadallashtirish, ayniqsa uy-joy qurilishi va sotib olishga imkoniyat
yaratishdan iboratdir. 2003-2006 yillarda aholiga 16,2 mlrd.so’m iste’mol kreditlari ajratildi.
XULOSA
Banklarda kelgusida bu boradiga olib boriladigan ishlarni yanada jonlantirish, shuningdek, 2008
yil «Yoshlar yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, asosiy e’tibor aholiga
beriladigan iste’mol kreditlari miqdorini keskin oshirishga qaratilmoqda.
Ya’ni, kam ta’minlangan, ko’p bolali va yangi turmush qurgan yosh oilalarga uy-joy, mebel va
boshqa zaruriy jihozlar sotib olish uchun kredit ajratish ishlarini yanada jadallashtirish choralari
ko’rilmoqda.
«O’zbekiston Respublikasida yoshlarga doir davlat siyosatining asoslari to’g’risida»gi Qonun,
«Yoshlar yili» Davlat dasturiga muvofiq yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-
quvvatlashni
yanada kuchaytirish, mehnat faoliyatini boshlash, mustaqil hayotga kirib kelishda
ularga zarur yordam ko’rsatish, barqaror daromad manbalarini shakllantirish mexanizmlari,
amaliy rag’batlantirish omillarini yaratish hamda ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini
yaxshilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 18 maydagi «Yosh
oilalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar
to’g’risida»gi Farmoniga asosan yosh oilalarga ipoteka va iste’mol kreditlari ajratish yo’li bilan
uy-joy sotib olish yoki qurish, uy xo’jaligini yo’lga qo’yishda qo’llab-quvvatlanmoqda.
Xususan, 2007 yilning 6 oyida jami 903 ta yosh oilaga 1589,3 mln.so’m, shu jumladan, 40 ta
oilaga 463,3 mln. so’m ipoteka kreditlari, 426 ta oilaga 472,2 mln. so’m iste’mol krediti va 473
ta yosh oila hisoblangan tadbirkorlik subyektlariga 653,8 mln.so’m
imtiyozli mikrokreditlar
ajratildi.
Xususiy tadbirkorlar, fermer xo’jaliklari va kichik biznes subyektlariga beriladigan
mikrokreditlar va mikrolizing xizmatlari.
So’nggi yillarda respublikamizda kichik biznes
subyektlarini imtiyozli kreditlash mexanizmi yaratildi va kredit berishda talab qilinadigan
hujjatlar soddalashtirildi hamda son jihatidan qisqartirildi. Buning natijasida tadbirkorlik
subyektlarining kredit resurslaridan foydalanish imkoniyati tubdan yaxshilandi.