uchun, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun pul-hisob-kitob hujjatlari to’lovga qabul
qilinadi.
X
o’jalik subyektlariga ish xaqini to’lash uchun beriladigan kreditlar O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 19 martdagi “Ish xaqi o’z vaqtida to’lanishiga doir qo’shimcha
chora-tadbirlar to’g’risida”gi 88-sonli qaroriga binoan beriladi. Ish xaqini to’lash uchun kreditlar
muddatlilik, to’lovlilik, qaytarishlik hamda maqsadli ishlatishlik tamoyillariga qat’iy amal qilish,
kredit xatarlarni hamda garovga olinayotgan mol-mulkning bozor narxlarini diqqat bilan
baholash asosida, shuningdek, xo’jalik yurituvchi subyektning depozit hisob raqamiga mablag’
kelib tushishi faqatgina obyektiv sabablarga ko’ra, ya’ni unga bog’liq bo’lmagan sabablar,
hamda davlat buyurtmalarini bajarish bilan bog’liq maxsulotlarni ishlab chiqarish yoki
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti uchun zarur bo’lgan o’ta
muxim vazifalarni bajarish
natijasida kechiktirilgan xollarda ajratiladi. Xo’jalik yurituvchi subyektni kreditlash pul
oqimining amalda yaqin 1-1,5 oy ichida xo’jalik yurituvchi subyektiga aniq kelib tushishi
mumkinligini tasdiqlovchi prognoz bo’lgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.
Xo’jalik yurituvchi subyektlariga ish xaqini to’lash uchun kredit 45 kun muddatga tuziladigan
kredit shartnomasiga binoan alohida ssuda hisob raqamini ochish orqali beriladi. Ish xaqini
to’lashga kredit olish uchun xo’jalik subyektlari bankka quyidagi hujjatlarni:
a) ish xaqini to’lashga kredit olish uchun arizani;
b) oxirgi hisobot davri uchun kreditorlik va debitorlik qarzlari ro’yxatini;
v) ish xaqini to’lashga olingan kreditni so’ndirish manbai sifatidagi pul oqimlari prognozini;
g) kreditni qaytarilishi ta’minoti sifatida - yuqori
likvidli mol-mulk garovini, shuningdek
moliyaviy barqaror tashkilotning kafilligini taqdim etadilar.
Banklar tomonidan ta’minot sifatida qarz oluvchining yuqori likvidli mol-mulki, shu jumladan
ishlab chiqarish va infratuzilma obyektlari, transport vositalari hamda boshqa likvidli aktivlari
qabul qilinadi.
Bank qarzdor korxonadan ish xaqini to’lash uchun berilgan kreditni
maqsadli ishlatgani
to’g’risidagi hisobotni talab qilishi mumkin. Zarur bo’lib qolgan taqdirda bank kredit
shartnomasida nazarda tutilgan tartibda joyiga chiqib ish xaqini to’lash uchun berilgan kreditni
maqsadli ishlatilganligini tekshirishi mumkin.
Ish xaqini to’lash uchun beriladigan kreditlarning foiz stavkasi kredit beriladigan kundagi
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan kam
bo’lmagan miqdorda belgilanadi.
Ish xaqini to’lash uchun berilgan kreditni so’ndirishni shartnomada ko’rsatilgan muddatlardan
kechiktirilgan xollarda bank quyidagi xuquqlarga ega bo’ladi:
a) qarzdorlarning ikkilamchi hisob raqamlariga, shuningdek boshqa
banklarda ochilgan hisob
raqamlariga ham, ijrosi majburiy bo’lgan inkasso talabnomalarini qo’yish;
b) qarz oluvchining roziligidan qat’iy nazar, keyinchalik belgilangan tartibda uni sotish xuquqi
bilan bankning mulkiga o’tadigan garovga qo’yilgan mol-mulkka qonunda belgilangan tartibda
egalik qilish;
v) kredit bo’yicha qarzni qarzdorning roziligi bilan yoki xo’jalik sudi orqali to’lovni qarzdorning
mulkiga qaratish yo’li bilan qarzdorning likvidli mulki hisobidan yoki Xo’jalik sudi qarori
asosida so’ndirish.
Qarz oluvchi tomonidan uning asosiy qarzni va unga hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida
kelishilgan muddatda so’ndirilmagan xollarda garovga qo’yilgan mol-mulk, qarz oluvchining
roziligidan qat’i nazar, uni keyinchalik sotish xuquqi bilan birga bank mulkiga o’tadi.
Ish xaqini to’lash uchun berilgan kreditni muddatini uzaytirish (prolongasiya) ga yo’l
qo’yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: