1. Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyati. Kreditning turlari va shakillari



Yüklə 496,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix20.11.2023
ölçüsü496,72 Kb.
#162337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Kredit turlari

Muddatli kredit 
- kredit shartnomasiga ko’ra to’lov muddati hali yetib kelmagan ssudadir.
Muddati uzaytirilgan kredit 
- ayrim hollarda kreditni qaytarish muddati kelmasdan avval 
qarzdor tomonidan bankka taqdim etilgan iqtisodiy asoslangan yozma iltimosnoma asosida 
kreditni qaytarish muddatini keyinroqqa surilishi to’g’risida filial kredit komissiyalari qarorlari 


asosida Bosh bank kredit qo’mitasi bilan kelishilgan holda ijobiy qaror qabul qilingan qarzlar.
Muddati o’tgan kreditlar 
- kredit shartnomasida belgilangan qaytarish muddati, shuningdek
garchi ularning muddati uzaytirilgan bo’lsa, uzaytirish muddati ham tugagan qarzlardir. Muddati 
o’tgan kreditlar iqtisodiy mohiyatiga ko’ra qayta rasmiylashtirilgan hisoblanadi, chunki kredit 
shartnomasida muddati o’tqazib yuborilganligi uchun oshirilgan foiz stavkalarini qo’llash ko’zda 
tutiladi.
Alohida ssuda hisob-raqami 
orqali berilgan kreditlar muddati o’tgan hisob raqamiga kreditni 
qaytarish muddati o’tgan va hisob raqamida mablag’lar mavjud bo’lmagan taqdirda o’tkaziladi.
Kontokorrent hisob-raqamidan 
berilgan kreditlar kredit shartnomasida ko’rsatilgan muddatda 
qaytarilmagan va 12 oy muddat tugagandan keyin kredit saldo yopilmagan bo’lsa muddati o’tgan 
hisoblanadi
Lombard krediti 
kredit shartnomasida ko’rsatilgan muddatda qaytarilmagan bo’lsa, muddati 
o’tgan hisob raqamiga o’tkaziladi. Kredit shartnomasida imtiyozli davr o’rnatilgan bo’lsa, 
“Garov to’g’risida” gi qonunga muvofiq garov predmetini muomaladan olib qo’yishga ruxsat 
berilmaydi.
Overdraft hisob-raqami 
orqali berilgan kreditlar har oyning oxirida kredit saldo qoldig’i bilan 
ta’minlanmagan bo’lsa kelasi oydan boshlab yoki shartnomada ko’rsatilgan muddatda 
qaytarilmagan bo’lsa muddati o’tgan hisoblanadi.

Yüklə 496,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin