1. Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyati. Kreditning turlari va shakillari



Yüklə 496,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix20.11.2023
ölçüsü496,72 Kb.
#162337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kredit turlari

1.3 Kreditning turlari va shakllari 
Kredit qaysi usulda va muddatda, kim tomonidan berilishi va qarz oluvchilarga taklif qilinishiga 
qarab, bir necha tur va shakllarga bo’linadi.
A. 
Kreditning berilish muddatlariga qarab qo’yidagi turlari qo’llanilib kelinmoqda: 
1. Qisqa muddatli kreditlash;
2. Uzoq muddatli kreditlash (investision loyihalarni moliyalashtirish).
Shuni ham aytish joizki, qisqa muddatli kredit berishda kreditlar bir necha oydan bir yilgacha 
bo’lgan muddatda beriladi. Bu turdagi kreditlar ishlab chiqarish aylanma fondlari va muomala 
fondlarining doiraviy aylanishining uzluksizligini ta’minlaydi. Bir yil fondlar aylanishining 
tabiiy o’lchovi sifatida xizmat qiladi. Shuning uchun ham bir yil qisqa va uzoq muddatli kredit 
berishning chegarasi bo’lib xizmat qiladi.
1.1.Tijorat banklari yuridik shaxslarga qisqa muddatli kreditlarni qo’yidagi maqsadlar uchun 
ajratadi:
1) xom-ashyo va materiallarni sotib olish;
2) yuqori likvidli tovar-moddiy boyliklarni xarid qilish;


3) ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog’liq tayyorlov mahsulotlari uchun;
4) ishlab chiqarish jarayonida yangi mahsulotlarni joriy qilish bilan bog’liq xarajatlar va bu 
maqsadlarga aylanma mablag’larning xarajatlari uchun;
5) ishlab chiqarish texnologik jarayonlari sifati, tovar-moddiy boyliklarni hajmini oshirish, yangi 
mahsulotlarni ishlab chiqish, mahsulotlari sifati va ishonchliligiga hamda uzoq muddat xizmat 
qilishini ta’minlash maqsadida;
6) aholiga maishiy xizmat ko’rsatishni tashkil etish uchun;
7) qonunchilikda ta’qiqlanmagan tijorat faoliyatlari uchun;
8) import qilinadigan va mahalliy texnologik jihozlarni sotib olish;
9) eksport va import amaliyotlarini o’tkazish uchun;
10) korxona va tashkilotlarning ish haqqiga;
11) yuqori likvidli tovarlar savdosi uchun;
12) boshqa qonunchilik ta’qiqlanmagan faoliyat turlari uchun.
1.2. Jismoniy shaxslarga ajratiladigan qisqa muddatli kreditlar:
-xalq iste’moli tovarlarini sotib olish uchun iste’mol kreditlari;
-ta’lim kreditlari;
-aholiga ko’rsatiladigan tibbiyot (sihatgohlarda davolanish) xizmatlari va aviachiptalar sotib 
olish uchun;
- qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa yo’nalishlar uchun kreditlar.
Uzoq muddatli 
kredit turlariga kelganda esa, u ham kredit munosabatlari tarkibida alohida o’rin 
egallaydi.
Uzoq muddatli kreditlar - xo’jalik yurituvchi subyektlarga ishlab chiqarish va ijtimoiy 
maqsadlarga mo’ljallangan obyektlarni qurish, qayta tiklash va texnik jihatdan qayta jihozlashga 
doir harajatlarni sarmoya (investisiya) bilan ta’minlash, yangi turdagi mahsulot va yangi 
texnologik jarayonlarni o’zlashtirish, shuningdek boshqa investision maqsadlar uchun va ishlab 
chiqarishni qayta tiklash va yangilash bilan bog’liq tez qoplanuvchi va yuqori samara beruvchi 
tadbirlar uchun beriladi.

Yüklə 496,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin