Xo’jalik hisobiga qarz oluvchi yuridik mustaqil shaxs sifatida kreditor bilan kredit
shartnomasi tuza oladi.
Kreditning xo’jalik subyektlarining mustaqilligiga ta’siri qo’yidagicha amalga oshiriladi:
- Qarz maqsadli yo’nalishga ega bo’ladi;
- Qarz qaytarib berishlilik va muayyan to’lov majburiyati qarz oluvchini olingan qarzni samarali
ishlatishga undaydi.
Kreditning hozirgi sharoitda rolini oshirish uchun banklar kredit resurslaridan foydalanish
samaradorligini ta’minlashlari, likvidlikka ega bo’lmagan zahiralar va Xarajatlar kreditlar
bermasliklari, kreditini muomala xarajatlarini iqtisod qilishda keng qo’llanilishni hisobga olish
zarur. Xalqaro iqtisodiy aloqalar doirasida hamm kreditning ahamiyati ortib bormoqda Hozirgi
bozor iqtisodiyoti o’tishdek qiyin sharoitda respublikamiz xalqaro iqtisodiy munosabatlar
doirasida kirib bormoqda va bunda kredit muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kredit mamlakatlararo
o’zaro hamkorlikni amalga oshirishda, xususan, qo’shma korxonalar qurishida va ularning
faoliyatini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Respublikamizning ichki kredit tizimida kreditning o’rini yanada muhimroq bo’lib
ko’rinadi. Buni respublikamizning kredit tizimiga oid qonunlar, qarorlar, me’yoriy hujjatlar
orqali ko’rishimiz mumkin. Respublikamizning «Korxonalar to’g’risida»gi qonunida, «Banklar
va bank faoliyati to’g’risida»gi qonun, «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi,
«Ipoteka to’g’risida»gi, «Iste’mol kreditlari to’g’risida»gi va boshqa bir qator qonunlariga
asosan yuridik va jismoniy shaxslarga kreditlar berish va shunga oid xizmatlar ko’rsatish,
davlatimiz olib borayotgan pul-kredit siyosatini rivojlantirish istiqbollarini belgilashda muhim
asos bo’lib xizmat qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: