1-kurs 1-8 guruh bt talabasi qurbonova shaxzodaning "pedagogika"fanidan tayyorlagan slayd taqdimoti. Fuqarolik va mafkuraviy tarbiyalar. Reja


O‘zbekiston sharoitida mafkuraviy tarbiyaning asosiy vazifasi



Yüklə 215,02 Kb.
səhifə4/6
tarix18.03.2023
ölçüsü215,02 Kb.
#88696
1   2   3   4   5   6
QURBONOVA SHAXZODA PEDAGOGIKA SLAYD

O‘zbekiston sharoitida mafkuraviy tarbiyaning asosiy vazifasi - xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo‘lidagi asriy orzu-istaklari, maqsadlarini, Milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirishdan iboratdir.
Mafkuraviy tarbiya jamiyatda, avvalambor, oila, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, maktablar, litsey, kollejlar, oliy o‘quv yurtlari, ommaviy axborot vositalari, jamoat tashkilotlarining birgalikdagi uzluksik faoliyatini taqozo qiladi. Uzluksiz ta’lim tizimi mafkuraviy tarbiyani olib boruvchi asosiy bo‘g‘indir, zero mafkuraviy maqsadlarni yoshlar ongiga singdirish vazifasi asosan ta’lim tizimi orqali amalga oshiriladi.

G’oya bu …..?


Shaxs tarbiyasining muhim yo‘nalishi mafkuraviy tarbiyadir. "Mafkuraviy tarbiya" tushunchasi xalq, jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ongi va tafakkuri tizimida shu yo‘nalishdagi dunyoqarashni, falsafiy, siyosiy, huquqiy, diniy, estetik, axloqiy, badiiy, kasbiy va boshqa tamoyillarni muayyan mafkura asosida maqsadli shakllantirish jarayonidir.
Har qanday tarbiya jarayoni oxir-oqibat, o‘z maqsad va mohiyatiga ko‘ra, mafkuraviy tarbiyadir. Chunki oilani olamizmi, bolalar bog‘chasini, mahalla, maktab, litsey, kollej, universitet yoki akademiyani olamizmi - hammasida beriladigan ta’lim-tarbiya jarayonlari talaba va tinglovchilar dunyoqarashini kengaytirish, ularning ongini ilmiy asoslangan bilimlar bilan boyitish hamda jamiyat, uning ravnaqi uchun kerak bo‘lgan sifatlarni kamol toptirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Muayyan xalq, jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh, siyosiy partiya yoki harakat mafkurasini boshqa bir ijtimoiy subyektga majburan singdirish bu boradagi maqbul bo‘lmagan usul hisoblanadi. Chunki mafkura - muayyan ijtimoiy subyekt (yoki subyektlar)ga xos mavjud ehtiyojlar, tilak, orzu-umidlar hamda man-faatlar asosida o‘sha subyektning qarashlari, tasavvurlari dunyosi hamda g‘oyalarining mahsuli sifatida yaratiladi. Unda boshqalar manfaatlari ifodalanmasligi ham mumkin.

Yüklə 215,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin