14-Laboratoriya ishi Mavzu: Kompleksonometriya usulida ichimlik suvini umumiy qattiqligini
aniqlash. Maqsad: Kompleksonometrik usuldan foydalanib, «Trilon-B» yordamida suvning umumiy qattiqligini aniqlash.
Kerakli asbob-uskuna va moddalar:
- 250 ml li konussimon kolba;
- 5 va 10 ml li darajalangan pipetka;
- distillangan suv;
- kora erioxrom T indikator eritmasi;
- 25 ml li byuretka;
- shtativ;
- ammiakli bufer aralashma;
- 0,1 n li «Trilon-B» eritmasi;
Aniqlash tartibi.Pipetka bilan vodoprovod suvidan shunday miqdorda olinki, unda Ca+2 va Mg+2 ning miqdori 0,5 mg/ekv dan ortiq bulmasin, yahni uni titrlash uchun «Trilon-B» ning 0,1 n eritmasidan 5 ml dan yoki 0,05n eritmasidan 10 ml dan ortiq sarflanmasin. Ulchab olingan suvga distillangan suv qushib, uning xajmini 100 ml ga yetkazing va ammiakli bufer aralashmadan 5 ml qushing. Unga 7-8 tomchi indikator eritmasi qushib (yoki quruq indikatorning NaCl yoki KCl bilan aralashmasidan shpatel uchida 20-30 mg olib, uni tekshirilayotgan eritmaga soling va erib ketguncha chayqating) eritmaning to`k qizil rangi ko`k ranga (yashil tovlanadigan) utguncha Trilon-B eritmasi bilan titrlang. Titrlash tugashi oldidan Trilon-B eritmasini bir tomchidan kushing va buni eritmaning kizgish rangi batomom yuqolib ketguncha davom ettiring. Agar titrlashni tugatish kerakmi yuqmi degan shubxa tug`ilsa, Trilon-B eritmasidan qancha ketganini yozib olib, yana bir tomchi qo`shing. Agar bunda eritmaning rangi o`zgarsa, titrlash xali tugamagan bo`ladi.
Xisoblash.Xisoblash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz:
Bu yerda: K- suvning qattiqligi, mg-ekv/l;
V- Trilon-B ning titrlashga sarflangan xajmi, ml;
VH2O – tekshirish uchun olingan suvning xajmi, ml;
K- Trilon-B ning normalligini 0,5 n ga olib kelish uchun qo’llaniladigan tuzatish koeffitsienti.
15-Laboratoriya