KMnO4ning ish eritmasini tayyorlash, saqlash va uning titrini aniqlash. Permanganat bilan titrlashda indikator ishlatilmaydi. 0,01n kontsentratsiyali KMnO4 eritmasining bir tomchisi titrlash oxirida 50 ml eritmani aniq ravshan pushti ranga buyaydi. Shuning uchun uning 0,01 n eritmasidan foydalanishga zarurat yuq. Odatda, permanganatning 0,02n eritmasi ishlatiladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, permanganat toza bo`lmaydi, uning tarkibida xar doim qaytarilish maxsulotlari, masalan MnO2 bo`ladi. Bundan tashqari permanganat chang bilan birga suvga tushadigan qaytaruvchilar (ammiak, organik moddalar va xokozalar) ta`siridan oson parchalanadi, buning natijasida KMnO4 eritmasining kontsentratsiyasi bir oz kamayadi.
Demak KMnO4 dan aniq miqdorida tortib olish yuli bilan permanganatning titrlangan eritmasini tayyorlab bo`lmaydi, tayyorlab quyilgan permanganat eritmasining titri 7-10 kundan avval aniqlanmasligi kerak. (agar permanganat eritmasi qaynatilsa, undagi qaytaruvchilarning oksidlanishi juda tezlashadi, natijada permanganat eritmasini 1-2 soatda tayyorlab bulinadi)
Permanganat eritmasini qorongi joyda yoki qora shisha idishlarda saqlash kerak, chunki KMnO4 ning parchalanish reaktsiyasi yorug`lik ta`sirida tezlashadi.
4KMnO4 + 2H2O = 4 MnO2 + 4KOH + 3O2 Yuqorida bayon etilganlarni nazarda tutib KMnO4 eritmasini quyidagicha tayyorlash kerak. KMnO4 ning 0,1 n eritmasidan 1l tayyorlash uchun kerak bo`lgan miqdordagi KMnO4 ni texnik torozida tortib oling. Bu miqdor 0,1:31,61 g, yani 3,161 g ga yaqin bo`ladi. So`ngra tortib olingan KMnO4 kristallari juda sekin eriydi. Shuning uchun o`lchab olingan suvning bir qismini qaynaguncha qizdiring va uni oz-ozdan kolba yoki stakandagi KMnO4 ustiga quyib chayqating. Vaqti-vaqti bilan kristallar ustidagi suyuqlikni boshqa idishga yana issiq suv quyib eritishni davom ettiring. Tortib olingan KMnO4 ning xammasi erib bo`lib, eritma sovigandan so`ng, uni 1l li ulchov kolbasiga quyib, unga chizig`iga yetguncha distillangan suv quying. So`ngra eritmani 7-10 kun quyib qo`ying va shundan sung eritma titrini aniqlang.
KMnO4 eritmasini titrini aniqlash uchun ko`pchilik xollarda Na2S2O4*2H2O, Na2S2O4 eritmalaridan foydalanish taklif etilgan.
Analitik torozida 0,02*67,01:0,25=0,335 grammga yaqin Na2C2O4 yoki 0,02*63,04:0,25=0,315 grammga yaqin Na2C2O4*2H2O ni aniq tortib oling va uni to`kmasdan extiyotlik bilan 250 ml xajmli ulchov kolbasiga soling, ini distillangan sovuq suvda eritib, kolbaning belgisiga qadar suv bilan suyultiring va yaxshilab aralashtiring. Eritmaning normalligini xisoblab chiqarib, etiketkasiga yozib quying.
Titrlash.Xosil qilingan eritmadan pipetka yordamida ma`lum qism (250 ml) ulchab olib, uning ustiga 2n li sulfat kislota eritmasidan 15 ml kushing va 75-800C gacha qizdiring. Byuretkaning nul belgisiga qadar KMnO4 eritmasi qo`yiladi.
KMnO4 eritmasi dastlabki moddaning issik eritmasiga tomchilatib qo`yiladi. Xar bir tomchi KMnO4 ning rangi uchgandan sunggina keyingi tomchini kuying. Titrlashni bir tomchi permanganat ta`siridan 1-2 minut ichida yukolmaydigan och pushti rang xosil bulguncha davom ettiring. Titrlashni kamida 3 marta takrorlab, ularning urtacha qiymatini oling.
Xisoblashni esa quyidagi formula asosida amalga oshiring.