Natijalarga ishlov berish Tayyorlangan aralashmaning koeffitsienti quyidagi formula orqali aniqlanadi: 0,5 n kislota aralashmasi uchun
K=a/V∙0,0265
0,1 n kislota aralashmasi uchun
K=a/V∙0,0533
bunda a-natriy karbonat bo‘lagi, g;
V-titrlashda ishlatilgan kislotaning miqdori, ml;
0,0265 – 0,5 n 1 ml natriy karbonatga mos keladigan kislota aralashmasi, g;
0,053 – 0,1 n 1 ml natriy karbonatga mos keladigan kislota aralashmasi, g;
Nazorat savollari 1. Neytrallash deganda nimani tushunasiz?
2. Ishchi eritma tayyorlash uchun nimani hisobga olish kerak?
3. Neytrallashda qanday indikatorlar ishlatiladi?
10-Laboratoriya Mavzu: Permanganometriya usulida ishchi eritma tayyorlash va uni konsentrasiyasini aniqlash. Bu usul kislotali muxitda MnO4- ioni bilan oksidlanish reaktsiyalariga asoslanadi. Umuman oksidlanishni kislotali muxitda xam, ishqoriy yoki neytral muxitda xam olib borish mumkin.
Oksidlanish kislotali muxitda olib borilsa, KMnO4 tarkibidagi 7 valentli marganets kaytarilib, natijada reaktsiya uchun olingan kislotaning ikki valentli marganets tuzi xosil bo`ladi. Masalan:
10FeSO4+ 2 KMnO4+8H2SO4 = 5Fe2(SO4)3+ 2MnSO4+K2SO4+ 8H2O
Bu reaktsiyaning ionli tenglamasi kuyidagicha:
5 Fe+2 + MnO4- + 8H+ = 5 Fe+3 + Mn+2 + 4H2O
Marganets oksidlanish darajasining yettidan ikkiga kamayishi KMnO4 molekulasining 5 ta elektron biriktirib olishini kursatadi.
Demak KMnO4 ning bu yerdagi gramm-ekvivalenti quyidagicha:
Agar oksidlanish ishqoriy yoki neytral muxitda olib borilsa, yetti valentli marganets to`rt valentli marganetsga qaytariladi va qo`ngir cho`kma- marganets(IV) oksid MnO2 (aniqrogi uning gidrati MnO(OH)2 ) xosil bo`ladi, masalan:
Cr2(SO4)2 + 2 KMnO4 + 8KOH= 2K2CrO4 + 3K2SO4 + 4 H2O
Demak, KMnO4 bu yerdagi gramm-ekvivalenti kislotali muxitdagiga qaraganda birmuncha boshqacharoq bo`ladi:
Shuni ta`kidlash kerakki, kislotali muxitda titrlash natijasida eritmada qoladigan rangsiz Mn+2 ionlari xosil bo`ladi, lekin neytral yoki ishqoriy muxitda to`qqo`ng`ir cho`kma xosil bo`ladi. Bu cho`kma ekvivalent nuqtani topishga xalaqit beradi.shu sababli xajmiy analizda ko`pincha permanganat bilan oksidlanish kislotali muxitda olib boriladi.