12-Laboratoriya ishi
Mavzu : Yodometriya usulida ishchi eritmani konsentrasiyasini aniqlash va shuusul bilan ishlash: eritmadagi misning miqdorini aniqlash.
Ishning maqsadi: Ishdan maqsad: mis va misning tuzlarini har xil kislotalarda eruvchanlik darajasini kuzatish hamda hosil bo‘lgan moddalarning xossalarini o‘rganish.
Kerakli asbob va uskunalar:
1. Probirkalar.
2. Kerakli reaktivlar.
3. O‘lchov silindiri.
4. Distillangan suv.
Nazariy qism
Mis guruhidagi metallar atomlarining tashqi qavatidan oldingi qavatida 18 ta (S2, P6, d10) elektron bo‘ladi. Lekin bu qavat yetarli darajada mustahkam emas, shuning uchun mis va mis guruhidagi ba’zi metallar o‘zgaruvchan valentli bo‘ladi. Masalan, mis o‘z birikmalarida, asosan, bir va ikki valentli bo‘ladi, lekin ikki valentli mis birikmalari ko‘proq barqarordir. Kumush o‘zining deyarli hamma birikmalarida bir valentli bo‘ladi.
Mis bilan kumush kimyoviy jihatdan passiv elementlardir: ular qiyin oksidlanadi va aksincha, ular ionlarni oson qaytaradi. Mis bilan kumush isitilganda konsentrlangan sulfat kislotada eriydi. Bunda SO2 ajralib chiqadi. Shuningdek, nitrat kislotada ham eriydi
hamda NO va NO2 ajralib chiqadi, bunda ajralib chiqqan NO yoki NO2 kislotaning konsentratsiyasiga bog‘liq.
Mis gidrooksidlari CuOH va Cu(OH)2 isitilganda oson parchalanib, oksid va suv qoladi. Kumush gidrooksidi esa beqaror moddadir, shuning uchun kumush tuzi eritmasiga ishqor ta’sir ettirilganda AgOH o‘rniga qora rangli kumush oksid cho‘kmaga tushadi (Ag2O).
Mis (II) gidrooksidda asosli xossalar bilan bir qatorda biroz kislota xossalari ham bor, shuningdek, u ishqorlarning konsentrlangan eritmasida erib, kupritlar (masalan, Na2CuO2) hosil qiladi. Mis ikki xil tuz hosil qiladi. Misning ikki valentli tuzlari eritmasida gidratlangan ionlar bo‘lgani uchun ko‘k rangli bo‘ladi.
Mis gruppachasidagi elementlar kompleks birikmalar hosil qilish qobiliyatiga ega. Bir valentli mis, oltin va kumushning koordinatsion soni ikkiga teng. Ikki va uch valentli oltinning koordinatsion soni esa to‘rtga teng.
Dostları ilə paylaş: |